Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi. - Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi. - Soʻfizoda Muhammadsharif
Muhammadsharif Soʻfizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tugʻildi. - Tavallo
Toʻlagan Xoʻjamyorov Tavallo 1883 yili Koʻkcha dahasida dunyoga keldi. „Beklarbegi“ madrasasida, rus-tuzem maktabida oʻqidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsatadi. - Hoji Muin
Hoji Muin milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon. Sidqiy Hondayliqiy - Sidqiy Hondayliqiy
Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tugʻildi. 1903 yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi. - Abdurauf Fitrat
Fitrat Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi oʻzbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. - Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim. - Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon. - Saidahmad Vasliy Samarqandiy
Saidahmad Vasliy Samarqandiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. - Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon
Oʻzbek yangi sheʼriyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon. Jadidlarning birinchi gazetasi «Taraqqiy» (1906 yil boshlaridan 1907 yil o‘rgalarigacha nashr qilingan. Muharriri Ismoil Obidiy bo‘lgan) millat manfaatlari yo‘lida vatandoshlarni birlashishga da’vat etdi, «Xurshid» nomli gazeta 1906 yilning sentyabridan noyabrigacha chiqqan bo‘lib, unga Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan. - Jadidlarning birinchi gazetasi «Taraqqiy» (1906 yil boshlaridan 1907 yil o‘rgalarigacha nashr qilingan. Muharriri Ismoil Obidiy bo‘lgan) millat manfaatlari yo‘lida vatandoshlarni birlashishga da’vat etdi, «Xurshid» nomli gazeta 1906 yilning sentyabridan noyabrigacha chiqqan bo‘lib, unga Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan.
- Bu gazeta ham qaysi guruh yoxud partiyaga mansub emasligini e’lon qilsa-da, yerli bo‘lmagan sarmoyadorlarni tanqid ostiga olgani, millatni uyg‘otish yo‘lida harakkat qilgani uchun yopildi. Jadidlar millatni ma’rifat orqati ozodlikka chiqarsa bo‘ladi deb bilishardi. «Turon» gazetasida Mirmuhsin Shermuhamedovning «Tarixiy ikki voqea» (1917) maqolasi e’lon qilinib, muallif unda ma’rifat dushmanlarini qattiq tanqid qildi, hatto Buxorodagi bunday kishilarni «Buxoro mikroblari» deb atadi. Bu maqolani e’lon qilgan «Turon» gazetasi yopib qo‘yildi, muallifi esa dinsizlikda ayblanib, sazoyi qilindi.
- Umuman olganda, jadidchilik harakati Turkistonning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidchilik harakatining natijasi o‘laroq Turkiston hayotida jiddiy ilg‘or madaniy jarayonlar kechdi. O’lkada teatr vujudga keldi, fan-texnikaga qiziqish kuchaydi, milliy til qadriga ahamiyat ortdi, tor biqiqlikdan chiqib, farzandlarni jahon ma’naviyatiga, ma’rifatiga oshno qilish tamoyili mustahkamlandi, uy-joy tutish, muomala-munosabat, kiyim-kechak, tabobat, me’morchilik, matbaa, aloqa masalalarida jahonning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish boshlandi, ommaviy kutubxonalar ochildi va hok.
Do'stlaringiz bilan baham: |