Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi
Download 112.07 Kb.
|
Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 Surxandaryo ayyolar libosi 3 ta model eskizi
Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNALOGIYA INSTITUTI “DIZAYN” kafedrasi “XX ASR BOSHLARIDA SURXONDARYO KASTYUMI” Mavzusida tayyorlagan BAJARDI: 2b-21-guruh talabasi Mirzayo’ldoshova S QABUL QILDI: To’laboyeva Sh KAFEDRA MUDIRI: Soliyev A NAMANGAN 2022 REJA
KIRISH Kostyum – bu insonning individualligini yoki ijtimoiy guruhni ifodalovchi muayyan obrazli badiiy sistema. Yelka va bel kiyim, bosh kiyim, bezaklar, grim, soch turmagi, tanani bo‘yash, uning shaklini o‘zgartirish-bularning barchasi birgalikda kostyumni tashkil etadi.Libos — insonni nafaqat muhit ta’siridan himoya qilish, balki muayyan etnosga xos bo‘lgan belgili tushunchalar majmuini o‘ziga singdirgan estetik ma’lumotni yaratishga mo‘ljallangan kiyimlarning tarkibiy qismlari va buyumlar tizimidan tarkib topgan uyg‘unlikdir. Libos bir paytda kiyiladigan ustki va ichki kiyim, bosh kiyimi va belbog‘, shuningdek, soch turmagi va zeb-ziynatlarni o‘zida birlashtiradi. Faqat shundagina uyg‘un libos haqida fikr yuritish mumkin. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, an’anaviy liboslar, ularning tarixi va bezaklariga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda ibratli an’ana va qadriyatlarimizni asrab avaylash, madaniyatimiz va san’atimizni tobora rivojlantirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning badiiy did va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qiladi. Rеspublikamizda badiiy ta’lim islohotlarini yanada chuqurlashtirish, sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash borasida, ularning kasbiy xususiyatlarini rivojlantiruvchi, shuningdеk, iqtidorli, ijodkor mutaxassis ko‘nikmalarini o‘zida namoyon etuvchi va sohaga qiziqish uyg‘ota oluvchi, o‘z yo‘nalishi va uslubini topishda, ayniqsa badiiy loyihani yеchimi, kostyum kompozitsiyasini mazmun va mohiyati jihatidan mukammalligi uchun muhim bo‘lib, ijodiy tasavvurni, obrazli- konstruktiv tafakkur va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini aniqlashda, hamda malakali dizaynеrlar tayyorlash uchun “Kompozitsiya” fan sifatida zaruriyati juda katta. “Dizayn kostyum” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihon dasturi o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlaridagi dizayn fani dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, abituriyentlarning amaliy ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kostyumni yaratish – bu kiyimning xilma-xil shakl va konstruksiyalarini doimo izlash jarayonidir, libos, eskiz elementlarini ishlash hamda loyihani matеrialda bajarishgacha bo‘lgan bir nеcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Kompozitsiya – barcha san’at turlarini asosiy tushunchasi bo‘lgani uchun talabalar ushbu tushunchaga oid qoidalarni bilishi kеrak.Kompozitsiya kursi talabalarda obrazli o‘ylashni, fantaziyani, didning takomillashuvini hamda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi, dizaynеrlik faoliyatimobaynida korxonalarda liboslarni, badiiy loyihalash, milliy moda va uslub yaratishda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi. Kiyim kiyish — bu faqat inson, aksariyat insoniyat jamiyatlariga xos xususiyatdir. Odamlar qachon kiyim kiyishni boshlagani nomaʼlum, ammo antropologlarning fikriga koʻra, hayvonlarning terilari va oʻsimliklari sovuqdan, yomgʻirdan va quyoshdan himoya sifatida ishlatilgan, ayniqsa odamlar yangi iqlimga moslasha boshlaganda bu hodisa tez rivojlanadi. Kiyim va toʻqimachilik insoniyat tarixining muhim qismidir. Ular turli davrlarda sivilizatsiyalar uchun qanday materiallar mavjud boʻlganligini va ushbu materiallarni qayta ishlash jarayonida qanday texnologiyalardan foydalanilganligini koʻrsatadi. Tayyor mahsulotning ijtimoiy ahamiyati u ishlab chiqarilgan jamoa madaniyatini aks ettiradi. Kiyim va toʻqimachilikni oʻrganish uchun arxeologlar tomonidan topilgan moddiy qoldiqlardan foydalaniladi. Toʻqimachilik ishlab chiqarish jarayoni sanʼatda keng tasvirlangan, bu vosita ham oʻrganishga katta yordam beradi. Toʻqimachilik, asbob-uskunalar va tayyor kiyimlarni ishlab chiqarish, ishlatish va sotishga oid hujjatlar mavjud. Toʻqimachilik tarixini, ayniqsa uning dastlabki bosqichlarini oʻrganish moddiy madaniyatni tadqiq etishning bir qismidir. Ayrim hollarda „tarixiy libos“ va „anʼanaviy kiyim“ tushunchalarini farqlash oson emas. Etnografik elementlar tarixiy material bilan chambarchas bogʻliq, shuning uchun, qoida tariqasida, kostyumning tarixiy va anʼanaviy tarkibiy qismlarini farqlash qiyin. Moda tizimida anʼanaviyning oʻrnini aniqlash oson emas. Muhokama qilingan masalalardan biri — anʼanaviy kostyum moda tendensiyalariga boʻysunadimi va moda anʼanaviy kostyum elementlarini qanday moslashtirishi hisoblanadi. Baʼzi tadqiqotchilar moda tamoyilini anʼanaviy kostyumda aniqlash mumkin deb hisoblashadi, yaʼni modani anʼanaviy uslubga moslashtiriladi. Ehtimol, moda va anʼanaviy kostyum bir xil tamoyillarga amal qilar va yana ular shu bilan birga, bir-biriga qarama-qarshi tizimlar sifatida ham qaraladi. "Moda — eski uslubni yengish bilan insonlarni oʻziga jalb etadi. Download 112.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling