Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi
Aholisi va ma’muriy-hududiy bo‘linishi
Download 112.07 Kb.
|
Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy zaxiralari
Aholisi va ma’muriy-hududiy bo‘linishi. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda aholisi zich joylashgan respublika bo‘lib, unda 32,1 mln dan ortiq kishi yashaydi. Uning aholisi Shveysariya aholisidan 4 marta, Qozog‘iston aholisidan 2 marta, Turkmaniston aholisidan 6,5 marta ko‘pdir. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,7 foiz atrofida bo‘lib, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga o‘sib bormoqda. O‘zbekiston aholisining 51 foizi shaharlarda, 49 foizi esa qishloqlarda yashaydi.
O‘zbekiston aholisining asosiy qismi o‘zbeklar bo‘lib, ulardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq, koreys, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, turk, yahudiy va boshqa millatlar yashaydi. O‘zbekiston 1924-yilda sobiq Ittifoq tarkibiga kiruvchi respublika tarzida tashkil topgan. 1991-yil 31-avgustda mustaqil deb e’lon qilindi va O‘zbekiston Respublikasi deb nomlana boshlandi. Hozir poytaxtimiz Toshkent shahrida 2 mln 400 ming dan ortiq aholi yashaydi. O‘zbekiston ma’muriy-hududiy jihatidan 12 viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Iqlimi: O’zbekiston iqlimi keskin o’zgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Yanvar oyi o’rtacha harorati -6 0 gacha tushadi, iyul oyida o’rtacha havo harorati +32 0 gacha ko’tariladi. Pasttekislik hududlarida yillik yog’ingarchilik miqdori -120-200 mm., cho’l hududlarida -1000 mm. gacha etadi. Yog’ingarchilik miqdori kam bo’lgani sababli, qishloq xo’jaligi sun’iy sug’orish tizimiga bog’liqdir. Relefi: O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos pasttekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi. O’zbekiston hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog’ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. O’zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho’llaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi. Tabiiy zaxiralari: O’zbekiston Respublikasi ulkan sanoat va mineral xom ashyo, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zaxiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega. Er osti zaxiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zaxiralari, turli organik yoqilg’i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qo’ng’ir va yarim koksga oid ko’mir, slanes yoqilg’isi, uran va ko’pgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni o’zlashtirish bilan bog’liqdir. O’zbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni o’z ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xo’jaligida allaqachon foydalanilayotgan ko’pgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan. O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi bo’yicha nafaqat MDH davlatlari o’rtasida, balki butun dunyoda etakchi o’rin egallashi tasdiqlangan. Jumladan oltin zahirasi bo’yicha dunyoda to’rtinchi, uni qazib olish bo’yicha ettinchi, mis zaxirasi bo’yicha o’ninchi-o’n birinchi o’rinlarni, uran zahirasi bo’yicha ettinchi-sakkizinchi, qazib olishda o’n birinchi-o’n ikkinchi o’rinlarni egallashi qayd etilgan. Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zaxiralari nafaqat mavjud tog’-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qo’rg’oshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xo’jaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Download 112.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling