Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi


Download 112.07 Kb.
bet4/10
Sana11.11.2023
Hajmi112.07 Kb.
#1765823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi-fayllar.org

Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6 martda tashkil etilgan 1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan. 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" fors-tojik: "qizil" daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2612,4 ming kishi 2019-yil, 1-oktabr holatiga koʻra. Tarkibida 14 tuman Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon, 8 shahar Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi — Termiz shahri. Surxondaryo viloyati relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shimoliy, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi eng baland joyi 4643 m va uning tarmoqlari Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ bilan oʻralgan.

1- rasm.Surxandayo O’zbekistonning janubida joylashgan


2-rasm.Surxandaryo geografik joylashuvi




Surxondaryo viloyati


viloyat


Maʼmuriy markazi


Termiz


Yirik shahari

Termiz




Download 112.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling