Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi


Surxandaryoning milliy liboslari, naqshlari va bezaklari haqida


Download 112.07 Kb.
bet8/10
Sana11.11.2023
Hajmi112.07 Kb.
#1765823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi-fayllar.org

5.Surxandaryoning milliy liboslari, naqshlari va bezaklari haqida.
Xalq turmushining boshqa sohalari singari milliy liboslarni o’rganish har bir xalqning etnik tarixi va madaniyatini, uning boshqa xalqlar bilan o’zaro aloqalarini tatbiq etish bilan chambarchas bog’liqdir. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarini ko’rsatuvchi mezon ham hisoblanadi. Shu ma’noda libos tarixini o’rganish yer kurrasida mana necha ming yillardan beri yashab kelayotgan xalqalr boy madaniy merosi, shu bilan birga ularning an’analari, yashash tarzi haqida kattagina ma’lumot ham beradi.
Liboslar nafaqat insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga ularda har bir millatning urfodatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o’z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotiyigi, quvonchli yoxud qayg’uli voqealar namoyon bo’ladi. Kiyimlaming yorqin ochiq bo‘yoqlari, erkin bichimi va noyob, turli-tuman kashtalari kishilaming yuqori dididan dalolat beradi. Surxondaryo vohasida asrlar osha turli etnik guruhlar yashab kelmoqda, u yerda o‘ziga xos tarixiy-madaniy etnografik voha vujudga kelgan bo`lib, an’anaviy madaniyatning yuragi hisoblanadi.
Kiyimlarda ajdodlarning ko‘p asrlik an’anaviy va badiiy yaratuvchanlik g‘oyalari yaqqol ifodalangan. Ularda boshqa elementlarga nisbatan xalqning milliy xarakteri, etnik tarixi ildizlariga borib taqaladigan an’analari, ijtimoiy munosabatlari va mafkura, e’tiqodning ayrim elementlari ko‘proq ifodalangan.Surxondaryoning ayollari qizil, olcha ranglami juda yaxshi ko‘rganlar. Kiyim uchun yo‘l-yo‘l, sidirg‘a va yirik gulli abrli gazlamalami tanlaganlar. Kiyimlarga kashtalar nafaqat go‘zallik va estetik did berish uchun tikilgan, shuningdek ular diniy asoslarga ham ega bo‘lgan. Xususan bunday bezaklar ayollar, bolalar va kelinchaklami yomon ko‘zdan asraydi, deb hisoblangan. Surxondaryo ayollari zargarlik buyumlarini juda sevganlar va ko‘plab taqib yurganlar
. Qashqadaryo va Surxondaryo aholisi milliy kiyimlarining noyob namunalari aholining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan holda taqdim etilgan: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari; yosh ayollar, o‘rta yoshdagi erkaklar va ayollar, keksalar kiyimlari.
6. Surxandaryo ayyolar libosi 3 ta model eskizi.

7. Tanlangan model eskiziga tasnif.




Download 112.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling