Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi
-rasm.boysun bahori milliy bayrami
Download 112.07 Kb.
|
Xx asr boshlarida surxondaryo kastyumi-fayllar.org
3-rasm.boysun bahori milliy bayramiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-yanvardagi “Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan festival betakror va boy madaniy merosga ega vohaning xushmanzara tog‘lari qo‘ynida o‘tkazilayotganida chuqur ma’no mujassam. Teshiktosh g‘ori insoniyat madaniyatining o‘tmishdagi qadimgi o‘chog‘i, ming yillar avval yaratilgan “Alpomish” dostoni xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi sifatida dunyo olimlarida alohida qiziqish uyg‘otib kelmoqda.Mustaqillik yillari milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xalq amaliy san’ati va xalq og‘zaki ijodi kabi nomoddiy madaniy meros durdonalariga jahon ahli qiziqishini yanada oshirdi. YUNЕSKO tomonidan 2001-yil “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari” sifatida e’tirof etilgan Boysun 2008-yilda Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani buning yorqin dalilidir. 4.Surxandaryo vohasining matolari haqida ma’lumot. Surxon vohasining qarluq, qatag‘on, turk, qipchoq, mog‘yoni, urguti va kam sonli etnik guruhlari paxtadan turli xildagi matolar to‘qigan. Denov, Qorluq, Mirshodi, Batosh, Jindibuloq, Karsagan, Sariosiyo kabi hududlarida go‘zak yetishtirilgan. Shuningdek, paxtani Sherobod bozoriga Buxorodan kelgan savdo karvonlaridan sotib olganlar. XX asr boshlarida Sariosiyo tumani sug‘oriladigan yerlarning 8%ga, Denov tumani esa 13,3%ga paxta yetishtirgan. Chorvachilik bilan shug‘ullangan do‘rmon, yuz, qo‘ng‘irot va shu boshqa voha urug‘ aholisi ko‘proq jundan mato to‘qiganlar. Paxta va jundan mato to‘qishda vohaning tog‘li hududlari bo‘lgan Vaxshivor, Sangardak, Sina, Xonjiza kabi tog‘ qishloqlari hamda Denov, Yurchi, Qorluq, Mirshodi, Sariosiyo ancha taraqqiy etgan. Chunki bu jarayon Surxon vohasining hamma hududida bir xil tartibda emas edi. Surxon vohasining Denov, Yurchi hamda Sariosiyo bozorlari vohaning boshqa hududlaridagi bozorlaridan mahsulot turining ko‘pligi jihatidan farq qilgan. Kiyim-kechak tayyorlash uchun zarur bo‘lgan paxta, jun hamda mol terilari ushbu bozorlarda sotilgan. Yuqorida taʼkidlab o‘tilgan tog‘li hudud aholisi paxtani asosan shu bozorlardan xarid qilganlar. Sariosiyo va Uzun tumanlari hududida joylashgan Debodom, Desurx, Xujaasmin, Chosh, Pastikalon, Por, Pushtivaraq, Xufar, Maland, Kishtut kabi tog‘ qishloq aholisi tog‘ yo‘li orqali Shahrisabz va Samarqand bozorlaridan kiyim-kechak hamda boshqa mahsulotlarni xarid qilganlar. Vohada paxta yetishtirish va undan mato tayyorlash juda qadim tarixga borib taqaladi. Uy sharoitida paxtadan mato tayyorlash uchun paxta chigiti maxsus asbob xalaji (chig‘irik) yordamida ajratib olingan. Shundan so‘ng paxta savagichlar orqali savalangan va urchuqda yigirilgan. Urchuqning o‘ndan ortiq turi mavjud bo‘lib, B. X. Karmisheva tadqiqotlarida uning 8 ta turi ko‘rsatib o‘tilgan. Yigirilib olingan kalava ipga to‘qishdan avval turli xil rang berilgan, ipni bo‘yashda ishlatiladigan bo‘yoqlar ham asosan mahalliy sharoitda tayyorlangan. Jumladan, o‘simlik barglari, ildizlari va po‘stlog‘lari yangilib, qaynatilgan va turli ranglar olingan. Chunonchi, ruyanda qizil isparadan och qizil, yoki sariq, yong‘oq po‘stidan qora, anor po‘chog‘idan sariq va hokazo ranglar tayyorlangan. Iplarga rang berib bo‘lingach, ishqorli suvda yuvib olingan, shundan so‘ng to‘qimachilik dastgohi orqali to‘qilgan. To‘qimachilik dastgohi do‘kon deb atalgan. Do‘konning ichi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, eni 3 — 4 metr, bo‘yi 4 — 5 metr, balandligi 2 — 2,5 metr bo‘lgan. Do‘konda to‘qiladigan matolarning uzun tortilgan iplari „tanda“ yoki „o‘rim“ deb atalgan. Ko‘ndalang tortilgan iplar esa „arqoq“ deb nomlangan. Mato to‘qish jarayonida moki tanda orasidan o‘tkazilib, do‘kon dastasi bilan har safar urib jipslashtirilgan. Do‘kondan ikki marta olingan mato bir kiyimlik bo‘lgan. Voha aholisi paxtadan bo‘z, olacha, qalami, karbos, susi, xosa va chit kabi gazlamalar to‘qishgan. Hozirgi kunda bu kabi dastgohlarni vohada kamdan-kam ko‘rish mumkin. Chunki paxtani urchuqda ip holiga keltirib, rangga bo‘yab, do‘konda gilam to‘qish ko‘p vaqt talab qiladi. Zamonaviy gilamlar deyarli butun voha aholisining asosiy foydalanadigan gilamlari qatoriga o‘tib bo‘lgan. Voha aholisi qadimdan paxta matolar bilan birga jundan chakman, po‘stin, tuya junidan ham chakmon tayyorlagan. Chorva mollaridan qirqib olingan junlar yuvilib tozalangach, jun taroqda taralgan, so‘ngra savalib, urchuqda yigirilib, ip holatiga keltirilgan. Junni yigirishda saboq, chillak va iltav singari qo‘l asboblaridan foydalanishgan. Yigirilib kalava qilingan jun ip bo‘yoqlar orqali bo‘yab olingan, shundan so‘ng esa o‘rmak qurilib to‘qilgan. Voha aholisi qadimdan olacha, bo‘z, shoyi, xonatlas, banoras, beqasam, adras kabi matolardan kiyim tikishgan. Aholi orasida keng qo‘llanilgan matolardan biri bo‘zdir. Bo‘zning sarg‘ish, tabiiy oq, malla rangli turlari bo‘lib, oq bo‘zdan keksa yoshli erkaklarga ko‘ylak, ishton, qizil, rangli bo‘zdan ayollar kiyimi tikilgan. Olacha ham voha ahli orasida keng tarqalgan mato bo‘lib, bu matodan turli yoshli aholi uchun kundalik kiyimlar to‘qilgan. Olacha asosan yo‘l-yo‘l ranglar berib to‘qilgan, jumladan, qadimdan Boysun, Mirshodi, Sangardak va Yurchi olachalari xalq orasida ancha mashhur bo‘lgan. Beqasam ham mahalliy aholi sevib kiyadigan mato hisoblangan. Voha aholisi beqasamdan chopon, kamzul, kurta va ko‘rpachalar tayyorlashgan. Aholi paxtadan to‘qilgan qalami matosidan erkaklar uchun kiyim tayyorlagan, qalami dag‘alroq mato ko‘rinishida bo‘lgan. Ayollar va bolalar kiyimligi uchun esa dag‘alroq to‘qilgan so‘sidan ham foydalanishgan. Bundan tashqari baxmal va adras matolari ham ancha qadimiy matolar bo‘lib, asosan uy sharoitida to‘qilgan. Baxmaldan ayollar va bolalar kiyimi, do‘ppi, ko‘rpa va yostiq tikilgan. Voha aholisi qadimdanoq, ipak qurti boqish va pilladan ipak olishni ancha yaxshi bilishgan. Vohaning Boysun, Sariosiyo va Sherobod hududlarida ipakchilik ancha murakkab jarayon sanalgan. Ipakdan sallaboshlar chetiga jiyak, chiroz, soch popuklari va jamalaklar tayyorlashda foydalanishgan. Shuningdek, vohaning yuz, qatag‘on va toqchi urug‘lariga mansub ayollari yarim shoyi matodan to‘qilgan kiyimlar ham kiyishgan. Banoras, shoyi, atlas, adras va parpasha shoyi erkak va ayollar uchun bayram liboslari tayyorlashda ishlatilgan matolar sirasiga kiradi. O’zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip-gazlama, ipak, jun va gazlamalar kiradi. Ip-gazlama matolarining turlari va navlari juda ham ko’p. Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash O’zbekistonda juda qadimdan mavjud bo’lgan. Ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish qisman cheklangan edi. Bu soha asosan ma’lum hududlarda to’plangan bo’lib, ipakli va yarim ipakli matolardan yuqori sinf vakillarigina foydalanishgan. Chunonchi, ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari markazlarida, ularga qarashli yirik shahar va qishloqlarda yo’lga qo’yilgan edi. Oddiy mehnatkashlar esa asosan ip - gazlama matolardan foydalangan. Oddiy matolar kundalik yurish - turish uchun, ipakli va yarim ipakli matolardan esa to’y - tantana, bayramlarda kiyish uchun kiyimlar tikilgan. O’tmishda o’lkamizdagi butun shaharlar faqat ma’lum bir nav va ranglardagi gazlamani to’qishga ixtisoslashgan edi. Badiiy to’quvchilikning mahalliy maktablari mavjud edi. Bularning bari matolarni bo’yash san’atining yuksakligi, mahalliy gazlama to’qish uslublari, ular qo’lidan chiqadigan matolar rang-bo’yog’i va gullarning bir-biriga o’xshashligi, nafisligi bilan ajralib turgan. Quyida manashu matolarning ayrimlariga bir-ikki og’iz ta’rif berib o‘tamiz: Beqasam - yo’l-yo’l gazmol bo’lib undan erkak va ayol bolalar uchun kundalik kiyiladigan to’nlar, ko’rpa-ko’rpachalar tikilgan . Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqalanib, undan ayollarning ustki kiyimi bo’lmish paranji tikilgan. Adras - abr iplari bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Guli ikki tomonlama bo’lganligi uchun ayrim joylarda duro’ya deb ataladi. Arqoq ipi yo’g’onroq bo’lganligi uchun gazlama yuzasida ko’ndalang chiviqlar hosil bo’ladi. Gullari abr usulida bo’lib sariq, ko’k, pushti, qizil ranglar qo’llanilgan. Atlas - tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to’qiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abr bandi usulida bo’yab bezatiladi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi, shunga ko’ra u tovlanib turadi. Download 112.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling