Xx asr boshlarida turkistonda jadid matbuoti
Turkistonda jadidchilik harakatining matbuot va adabiyot sohalaridagi amalga oshirgan islohotlari
Download 1.17 Mb.
|
JADID MATBUOTI
1.2 Turkistonda jadidchilik harakatining matbuot va adabiyot sohalaridagi amalga oshirgan islohotlari.
Jadidchilik harakatining yana bir muhim tomoni bu milliy matbuot va jurnalistikasiga asos solinishi edi. Turkiston jadidlari rus demokratik va inqilobiy harakatining yutuqlaridan ham samarali foydalandilar. Turkiston matbuoti 1905-yil Manifestidan ilhom va madad olib, qisqa muddatda katta bosqichni bosib o'tdi va turkiy dunyoning e’tiborli davralari nazariga tushdi. Ularni ilk martaba jamlab fikr bildirgan Cho’lpon bo'ldi2. Abdulla Avloniy «Burungi o'zbek vaqtli matbuotning tarixi» maqolasida 1905—1991- yillar oralig'ida o'lkada o'zbek tilida 22 gazeta, 8 jurnal nashr etilganini xabar beradi. 1992-yilda «O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870—1927)» tadqiqotini chop ettirgan Ziyo Saidning aniqlashicha, o'tgan oraliq davrda 45 gazeta, 36 jurnal dunyo yuzini ko'rgan. Bular haqida matbuotshunoslik bilan bog'liq ishlarda oz-ko‘p ma’lumotlar berilgan. Jadid matbuotiga shunchaki bir ko’z tashlash quyidagi xulosalarga olib keladi: 1. Jadid matbuotchiligi XX asr boshidagi Turkistonning ijtim oiy-m a’naviy hayotidagi yangilanishning o ‘ziga xos bir ko‘- rinishi sifatida namoyon bo'ldi va m illatning uyg‘onishida m uhim rol o'ynadi. 2. Jadid matbuotining maydonga kelishida yoshlarning xizmati katta bo‘ldi. O 'lkada chuqur tom ir otgan bosh-boshdoqlik, urug'-aym oqchilik, isrof, xurofot, mutaassiblik kabi chirkin odatlarga barham berish, keng xalqni milliy birlik, mustaqillik, m a’rifat va adolat bayrog‘i ostida birlashtirish taraqqiyparvar jadid yoshlari intilishlarining m aqsad-m azm unini tashkil qildi. 3. Turkiston matbuot vositasida qardosh, tildosh, millatdosh, dindosh turk olamiga chiqdi. U lar bilan o ‘z taqdirini bir ko‘rdi, o ’tmishning achchiq tajribalaridan saboq chiqarishga, kelajak uchun bir jon, bir tan bo'lib, kurashish zaruriyatiga ishonch hosil qildi. «Tarjimon», «Vaqt», «Sho'ro». «Ong» kabi Kavkaz va Volgabo'yida chiqib turgan, chor hukumatining mustamlakachilik tuzum iga qarshi kurashda katta tajribaga ega bo'lgan gazeta-jurnallar Turkiston jadid matbuotining oyoqqa turib olishida ham kor va ham dast bo'ldilar. 4. O'zbek jadid m atbuoti yangi o'zbek adabiyotining shakllanib taraqqiy topishida oltin beshik vazifasini o'tadi. Behbudiydan Cho'lpongacha bo'lgan jadid adabiyotining barcha vakillari fikrlarini ham. qalamlarini ham mana shu ilk gazetajurnallarim izda charxladilar. 5. Jadid m atbuotining eng m uhim xizniati millatni uyg'otish va uni mustaqillik uchun tayyorlash edi. M atbuot buni sharaf bilan bajardi. Bugina emas, zam on aylanib, totalitar tuzumga qaytganida ham uning yonida turdi. Akademik A. N. Samoylovich jadid adabiyotini o‘rganib, 1916 yilda “Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan xol edi” deb yozgan edi. Darhaqiqat, olim uchun kutilgan “Yangi adabiyot”-jadid adabiyoti bo‘ldi. Bu adabiyot o‘z mazmun va mohiyati hamda janrlariga ko‘ra, ming yillar davomida shakllanib rivojlangan mumtoz adabiyotimizdan tubdan farqlanuvchi yangi adabiyot bo‘ldi. 1. Agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo‘lgan bo‘lsa, jadid adabiyotida bularning o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni diniy-dunyoviylik qaror topdi. 2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g‘arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she’riyat (poetika) kabi badiiy janrlar ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Proza va publitsistika paydo bo‘ldi. 3. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma’rifatchilik mafkurasi, milliyozodlik xususiyatiga ega bo‘ldi. Unda mazlum xalq hayoti bevosita o‘z ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi. 4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o‘zgardi. U endi an’anaviy oshiq yohud ma’rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o‘z ijtimoiysiyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo‘lgan shaxsdir. Jadidchilik oqim emas, harakatchilik. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakatchilik. Yaqingacha ham u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Bu ongli suratda qilingan edi. Maqsad jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa jadidchilik: 1) jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg'onish mafkurasi bo'lib xizmat qildi; 2) mustaqillik uchun kurash olib bordi. Jadidlar g'ayrati va tashabbusi bilan dunyo ko'rgan Turkiston muxtoriyati bu yo'ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi; 3) maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. «Jadid» atamasining Turkistonda ilk bor kim tomonidan qachon va qayerda qo'llanganini belgilash qiyin.3 Lekin taxmin qilish mumkinki, bu atama garchi Ismoilbek tomonidan 1884-yildan iste’molga kiritilgan va «Taijimon» gazetasi orqali Sharqu G ‘arbning juda ko‘p o'lkalariga yoyila boshlagan bo‘lsada, bizga, asosan, 90-yiIlarda kirib keldi. 1891 -yili Rusiya ichki ishlar vazirligining maxsus ishlar bilan shug‘ullanuvchi Vashkevich degan xodimi Qrimga borib, Gasprinskiy maktabini tekshirib kelgan. Shu munosabat bilan mashhur islohotchi Qrimdagi musulmon maktablarini isloh qilish zaruratini va bu islohotning mazmun-mundarijasini asoslab ko'rsatib, huijat tayyorlagan edi. 1892-yilda Gasprinskiy shu hujjatni yanada mukammallashtirib, Turkiston general-gubematori Rozenbaxga yuboradi va undan bu yerlarda ham maktab islohini o'tkazishga ruxsat va yordam so'raydi. Rozenbax fikr so'rab materiallarini Turkiston o'qituvchilari seminariyasining direktori N.P.Ostroumov va taniqli etnograf V.P.Nalivkinga yuboradi. Ularning har ikkalasi ham Gasprinskiy taklifini rad etadilar. Rozenbax Gasprinskiy materiallari ustiga «Javobsiz qoldirilsin!» deb imzo chekadi.4 Rasmiy murojaatdan biror natija chiqmagach, Ismoilbekning o'zi Turkistonga otlanadi. Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo'ladi. Uning tashabbusi bilan ushbu shaharlarda, so'ngroq Farg'ona vodiysida «usuli jadid» maktablari tashkil topib5, ovozasi butun Turkistonga yoyiladi. Tezkorlik bilan uning uchun darsliklar tuzila boshlaydi33. Jadidshunoslik bosib o'tgan yo'lni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: 1) 1900-1925; 2) 1925-1938; 3) 1938-1956; 4) 1956-1985; 5) 1985-1991; 6 ) 1991 dan keyingi davr. 1900—1925-yillar «jadidchilik» tushunchasining paydo bo'lishi va uning o'z davrining eng peshqadam hodisasi sifatida baholangan davridir. Shu yillardagi mashhur adabiyotshunos olimimiz yozadi: “Jadid adabiyoti o'zbek burjuaziyasi adabiyotidir. Jadid adabiyoti o'zbek burjuaziyasining fikrini va uning boshdan kechirgan holatlarini aks ettiradir, uning uchun ishlaydir, kuyadir, yig‘laydir”6. Notiq jadidchilikning shakllanishi va taraqqiyotini an’anaviy 1905—1917-yillar qilib belgilab, u bosib o‘tgan yo'lni 1917-yil Oktabr bilan ajratib, ikkiga bo'ldi. 1917-yilgacha qismini progressiv, undan keyingisini reaksion deb baholadi. Yo'nalishni esa ma’rifatchilik deb belgiladi. Uni siyosiy masalalardan uzoq tutdi. Tabiiyki, anjuman qatnashchilarining ko’pchiligi bu fikrlarga e’tiroz bildirdilar. Lekin ustoz adabiyotshunosning jadidchilik o'zbek adabiyoti parvozi uchun juda katta g'oyaviy omil bo‘lgani, uni atroflicha o'rganish va xolis baholash bugungi ilmfanning kechiktirib bo'lmaydigan vazifasi ekanligi xususidagi mulohazalari barcha qatnashchilar tomonidan qo'llab-quwatlandi. Yig'inga boshqalarga qaraganda tojikistonlik vakillar jiddiy tayyorgarlik bilan kelganlari ma’lum bo‘ldi. G.Ashurov jadidchilikning bosib o‘tgan yo'lini uch davrga bo'ldi: 1. Shakllanish (1905-yilgacha). 2. Taraqqiyot (1905—1917). 3. Bo‘linish (1917—1920). Anjuman jadidshunoslarni bir joyga to'pladi/ Fikr almashildi, hamkorlik yo'lga qo'yildi. Respublikamizning mustaqillikni qo'lga kiritishi, ijtimoiy-siyosiy sohada bo'lganidek, ma’naviy-madaniy hayotimizda ham butunlay yangi sahifa ochdi. Biz o'z aqlimizga, o'z mulkimizga, o'z mehnatimizga o'zimiz ega bo'ldik. Tariximizga tegishli fakt hamda hodisalarni, katta-kichik shaxsiyatlarni o'zgalarning ko'zi va aqli bilan baholash barham topa boshladi. Millat va Vatan manfaati harnma narsadan muqaddas tutildi. Shu asnoda «Turkiston (Qo'qon) muxtoriyati» nomi bilan tarixga kirgan, jadidlarimizning siyosiy mustaqillik uchun olib borgan kurashlarining ilk namunasi bo'lgan, lekin sho'rolar tomonidan xoinona qonga botirilgan hodisani, «bosmachilik» nomi bilan badnom qilingan, aslida xalqimizning o‘z erki, ma’naviyati yo'lidagi kurashi — milliy ozodlik harkatlarini qayta baholash boshlandi. Jadidchilik faylasuflar, huquqshunoslami ham jalb etdi47. Uni har tomonlama o'rganish imkoni tug'ildi.7 Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling