Xx asr boshlarida turkistonda jadid matbuoti


Download 1.17 Mb.
bet2/7
Sana28.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1305018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JADID MATBUOTI

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishini yoritish;
Turkistondagi jadidchilik harakati vakillari faoliyatini keng va har tomonlama yoritish;
- Jadidchilik harakatining asosiy g‘oya va maqsadlarini, ularning davrlar bo‘yicha faoliyatini bosqichma-bosqich o‘rganish;
- Respublikada jadidchilikning maorif va matbuot sohasida olib borayotgan ishlarini o‘rganish va xabardor qilish;
-jadidlar tuzgan tashkilotlar faoliyatini axborot bilan ta’minlash va tahlil qilish;
- Turkistondagi jadidchilik harakatining milliy davlatchilik qurilishidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish;
- tegishli manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, amaliy taklif va tavsiyalar berish.
Kursning amaliy ahamiyati. Kursda Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va ularning matbuot, maorif va adabiyot sohalaridagi faoliyati o‘rganiladi. Jadidlarning milliy davlat qurish, ya’ni Turkiston Muxtoriyatini barpo etish yo‘lidagi harakatlari ham sovetlar tomonidan tugatilishi zarur bo‘lgan adabiyotlar asosida ochib berildi.
Darhaqiqat, jadidlar yuqorida tilga olingan va kuchli musulmon mutaassibligiga qaramay, jamiyatda tub madaniy-ijtimoiy burilish yasashga erishdilar. Turkistonda milliy tafakkur o‘zgardi, millat ijtimoiy uyqudan uyg‘ondi, siyosiy va ma’rifatli bo‘ldi. Xalq adabiyoti yangilandi, milliy teatr, maorif va maktablar, matbuot, madaniy-ma’rifiy birlashma (jamiyat), siyosiy partiyalar vujudga keldi. Natijada mutlaqo yangi, zamonaviy madaniyat vujudga keldi. Bu madaniyat zamonaviy madaniyatimizning tamal toshiga aylandi.
I.BOB. JADIDCHILIK TARIXIGA BIR NAZAR.
1.1 Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va jadidlarning faoliyati.
Jadidchilik Turkistonda XIX asrning oxirlarida maydonga kelgan, XX asr boshlarida shakllanib, qisqa muddatda o'zining haddi a’losiga ko'tarilgan, 1917-yil bolsheviklar to'ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o'rnatilgunga qadar o'z mavqe va yo'nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatchilik. U ijtimoiy turmushning barcha jabhalarini qamrab olgan edi.
Mubolag'asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo'qki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda qolgan bo'lsin. Jadidchilik g'oyalari erta bahorning shiddatli shamollari singari po'panak bosib, biljirab ketgan o'rta asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashladi. Momaguldirak bo'lib, Millat va Vatanning hayot-mamot masalasi kun tartibiga qo'yilgani haqida bong urdi. Chaqmoq chaqib, uning bag'ridagi jarohatlarini yoritdi. Obirahmat bo'lib, ona Turkiston ko'ksidagi maorif, matbuot, teatr nihollariga hayot baxsh etdi. Bu g'oyalarning asosida milliy uyg'onish, milliy mustaqillik uchun kurash yotar edi. Jadidchilikning mohiyatini Millat va Vatanni anglashdan ular manfaati uchun kurashishgacha bo'lgan qizg'in va hayajonli jarayon tashkil qildi. Ayni paytda, bu harakat millatni ham tarbiyalab bordi. Uni o'z boshiga yog'ilgan har bir ofatni taqdir deb ta’bir etishdan tahlil qilib, chorasini izlay olish darajasigacha ko'tardi. Xususan, jadidlarimiz millatning yashamog'i, taraqqiy topmog'i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustaqil bo'lmog'i lozimligini anglab yetdilar va keng xalqni uyg'otishga alohida e’tibor berdilar. Xalq esa, Po'latxon va Dukchi Eshon voqealaridan «Turkiston (Qo'qon) muxtoriyati» mohiyatini anglash va qo'llashgacha bo'lgan masofani bosib o‘tdi. Jadidlarimiz siyosiy ishlar— haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan muntazam shug'ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif isloh qilina boshladi. Milliy matbuot yo'lga qo'yildi. Teatr paydo bo'ldi. Yangi adabiyot shakllandi va h.k. Bir so'z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu millatning o'zligini anglash va mustaqillik mafkurasi edi. Bu hoi, shubhasiz, millatning keyingi 3-4 asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko'rilmagan hoi edi. Uning hayotida uzoq turg'unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi. Jadidchilikning mohiyati shunda.

«Jadidchilik»ning asosida «jadid» so'zi yotadi. «Jadid»ning ma’nosi «yangi» demakdir. U shunchaki «yangi» yo bo'lmasa, «yangilik tarafdori» degani emas. Balki «yangi tafakkur», «yangi inson», «yangi avlod» singari keng ma’nolami o'zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog'liq. U yozadi: «...1884-sanasi Boqchasaroyda bir maktabni «usuli jadid»ga qo'ymish edim»1


Jadidchilik harkatida faol ish olib borganlarning aksariyati shoiru yozuvchilar edi. Ular o‘z asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyotda ma’rifat va ozodlik g‘oyalari markaziy mavzuiga aylanib, davr voqealari o‘z aksini topdi. Adabiyotga «millat» va «vatan» tushunchalari kirib keldi. Milliy she’rlarga e’tibor va rag‘bat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik maydonga keldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Mirmuhsin) rivojlandi, realistik proza shakllandi.
Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g‘oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining ta’sir ko‘rsatishi kuchli bo‘ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o‘z ijodiy – amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog‘liq holda olib bordilar.
Jadidlar o‘zbek xalqi hayotiga tom ma’nodagi milliy teatrni olib kirdi. O‘zbek milliy teatrini shakllantirishda Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmatlari nihoyatda kattadir. 1912 yilda yozilib, 1913 yilda bosilgan «Padarkush» dramasi Behbudiyga juda katta shuhrat keltirdi. Garchi birinchi o‘zbek dramasi («Mahramlar») xronologiyaga ko‘ra bir yilcha oldin Namanganda Abdulrauf Shahidiy tomonidan e’lon qilingan bo‘lsada, bu sohada ham karvonboshi bo‘lib Behbudiy tarixga kiradi. Asar 1914 yilning 15 yanvarida Samarqand havaskorlari tomonidan sahnaga qo‘yiladi.
Jadidlar xorijga qilgan safarlari asosida olingan bilimlari ta’sirida, o‘zbek an’anaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga, ya’ni Yevropa ko‘p – ovozli musiqa san’atining yutuqlaridan unumli foydalanishga da’vat etishgan. 1919 yilda 17 Toshkentning Eski shahar qismida jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) bo‘limi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar san’at vositasi bilan millat qadrini ko‘tarish, san’atning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling