Xx asr boshlarida turkistonda jadid matbuoti
Download 1.17 Mb.
|
JADID MATBUOTI
Behbudiy va matbuot. 1913-yidan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug'ullanadi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqaradi. G azeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so'ng to 'rt sahifada chop etilgan. 45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishi to'xtagan. O 'sha yilning 20-avgustidan u «Oyna» jurnalini chiqara boshlaydi. Bu suratli haftalik majalla asosan o'zbek tilida bo'lib, unda ixcham forsiy she’rlar, maqolalar, ruscha e’lonlar ham berib borilardi... «Boshda haftada bir marta va ikkinchi yildan e ’tiboran 15 kunda bir qatla chiqib, yigirma oy cham asi davom qildi... Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, H indiston va Turkiyagacha tarqalar edi... Jadidlaming sevikli jum allari edi. Shuning uchun ular tom onidan hurm atlandi, sevilib o'qildi»286, deb yozgan edi Ziyo Said. Jurnal redaksiyasi m uharrirning yangi shahardagi uyida (Reshetnikov/Z ; hozir M irsaid Baraka, I ) joylashgan. Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg‘in shug'ullandi. «Nashriyoti Behbudiya» nom i bilan o ‘z xususiy nashriyotini ochdi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi» asarini 1913-yilda ruschaga taijim a qildirib, nashr etdi287. Turkiston xaritasini tuzib bosm adan chiqardi. Kutubxonani yo‘lga qo‘ydi. O'sha davr vaqtli m atbuotida «Behbudiy kutubxonasi»haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelasiz. 1914-yilning 29-m ayida Behbudiy ikkinchi bor arab m am lakatlariga sayohatga otlanadi. M uallif sayohati arafasidagi kayfiyatni shunday ifodalaydi. «7 sanadan beri ikki d a fa Buxoro va bir d a fa Farg'onani ziyoratidan boshqa safarga chiqqanim yo‘q edi. Azbaski, tiriklik kasalig‘a mubtalolik, ro‘zg‘or qaydig‘a giriftorlik sayohat ne’matidan m ahrum etar. Yetti yillik xonanishinlik, digar tarafdan aloyiqi ro'zg'or, tijorat va 7—8 risolalar tahrir va nashri, dorulqazo ishlari, xususan, bir sanadan beri sobiq «Samarqand» jaridasi va hozirgi «Oyna» idorasining ishlari ruhan va jisman zaif etdi. A’zou havoslarg‘a kasolat paydo bo'ldi. Singir (asab)... Qayri m untazam ishlaydur. Atibbo istirohat va sayohatg'a mashvarat berarlar. Tabiat u qadar noqobil va buzuqki, sayohatdan ham nafrat etar, istamaz». Shunga qaram asdan, safarga chiqm asa, bo'lmaydi. Aw alo, «Kutubxonai Behbudiya» uchun Istanbul, Misr, Qrim, Kavkaz, Qozon, Rusiya va xorijiyaning m anzaralari, imoratlari, kishilarning suratlari, turli-tum an qolip (klishe)lar va yana boshqa juda ko'p narsalar kerak. Xullas, bormasa bo'lm aydi. Marshrut: Kavkaz, Qrim, Istanbul, Y unoniston, Bayrut, Misr Qohirasi va yana orqaga-lstanbulga qaytib, tem ir yo'l bilan Bulg‘oriston, Avstriya va Berlin orqali Rusiyaga, undan Turkistonga kelish. M uddati ikki oy. Birinchi iyunga qolmay yo'Iga tushish kerak. Behbudiy Peterburgda bo'ladigan Milliy majlis maslahatiga taklif qilingan edi. Savollarga javobini yozib yuboradi, uzrini aytadi. Xullas, 29-mayda yo'Iga tushadi. Poezdga o ‘tirib Bayramali orqali Ashxobodga o ‘tadi. Krasnovodskdan paroxod bilan Bokuga boradi. 2-iyunda M ineralnie Vodi-Kislovodsk-Pyatigorsk, Jeleznovodsk -Rostov-Odessani kezib, 8-iyunda Istanbulga kirib keladi. U ndan Adimaga sayohat qiladi. Yana Istanbulga qaytib, 21-iyunda suv yo‘li bilan Quddusga yo‘l oladi. Bayrut, Yofa, Xalil arRahm on, Port Said, Shorn shaharlarini tom osha qiladi. Sayohat iyulning boshlarida ham davom etadi... Sayohat xotiralari har jihatdan g‘oyat m uhim bo‘lib, Behbudiy ularni o'z jurnali «Oyna»ning 1914-yil sonlarida m azkur nom ostida peshma-pesh berib boradi (hozircha 18-sonda uchratdik)288. «Sayohat xotiralari»ning birinchi qismi jurnalning 14-iyun 34-sonidan chop etilgan. M uallif unga «31-may, Bahri Hazar, M ahmudxo'ja» deb imzo chekadi. Raqamlash va sana hamda yozilgan joyini ko'rsatishga birinchi olti sonidagina rioya qilingan. Bu «Xotiralar» ham m a’rifiy, ham adabiy-estetik jihatdan nihoyat muhim. U lar adabiyotimizdagi an’anaviy tarixiy-m em uar janrining XX asr boshidagi o'ziga xos namunasidir. M uallif bu m em uarlarda yo'l taassurotlariga, m ashhur yoxud oddiy kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng o'rin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida m a’lum otlar to'playdi, turli-tum an millatlar, ularning urf-udumlari, turm ush m adaniyati bilan qiziqadi. Qishloqlardagi dehqonchilikdan tortib, shaharlardagi eskalator («osonsur») gacha uning e ’tiboridan chetda qolmaydi. Ayniqsa, din, e’tiqod masalalariga katta ahamiyat beradi. Qadimiy m uqaddas obidalar, Rasululloh poyqadami tekkan qutlug' dargohlar, xususan, Quddusi sharifdagi m ashhur M asjid-al-Aqso ziyoratidan nihoyasiz zavq-shavqqa to iad i. Sajdaga bosh qo'yarkan, dilining tub-tubidan Alloh ishtiyoqi qalqib chiqadi. «Oh, na ruhoniy holatlar, na laziz vajdangiz ubudiyatlari, na ashkrez noz-niyozlar... Nuroniy, fusunkor, porloq moziykim, aning asari qudsiyat samari ming bu qadar sana so‘ngra bizni mahviyat darajasinda kelturar», — deb yozadi u. Behbudiy adabiy-tanqidga katta e’tibor berdi. Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan so'ng bu sohaning xos xususiyatlarini tayin etib, adabiyotda uning tenghuquqligi masalasini o'rtaga qo'ydi. «Tanqid saralamoqdur» (1914-y., 27-son) deb nom langan edi uning ushbu mavzuga bag'ishlangan jiddiy m aqolalaridan biri. Turkiston zabt etilgach, ruslar m ahalliy xalqqa «sartlar» deb nom berdilar. N.Ostroumovning bir kitobi xuddi shunday nomlanganligi ham m aga m a’lum. Bu so'z, aslida turli vaqtda turli etnik qatlam ga, goho sotsial qatlamga nisbatan aytilgan. Adibning barcha tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari singari bu ham o'tm ishga kamoli ehtirom va e ’tiqod bilan yozilgan. «Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «qul»-»marquq« derlar (1914-yil 23-son, 340-bet) deb yozadi u. Bu so'z Ch.Aytm atov tufayli «manqurt» shakli bilan yangi um - rini boshladi. Behbudiy, millat o'zini anglagandagina ijtimoiysiyosiy masalalarga boshqalar bilan teng aralasha oladi, degan fikrda bo'ldi. Shuning uchun ham tarixga alohida e ’tibor berdi. «Hayot va m am ot masalalari qadar muhim bo'lgan necha masalalar ko'zim iz oldig'a turgan holda alarni ehmol etub, faqat sart so'zi ila shug'ullanib, fursatlami bo'shqa o'tkarm oqlik yaxshi emas», deb yozadi u. «Lekin, — davom etadi, — yovrupolilar qoshida milliyat masalasi muhim va muqaddas tutilgan bir zam onda bizlar ham milliyat masalasidan sanalgan «sart» haqida goh-goh bahs etub, milliyatimizni xotirlab turganda, zarar ko‘rmasmiz». U m um an, Behbudiyning publitsist sifatidagi faoliyati adib iste’dodining juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U o 'z umri davomida yuzlab maqolalar yozdi. 0 ‘zining M illat va Vatan, jam iyat va axloq haqidagi fikrlarini ko‘proq m aqola va chiqishlarida ifoda etdi. Ba’zilar uning maqolalari adadini 200, boshqalar 500 deb belgilaydilar. Uning barcha yozganlari hisoblab chiqilmagan, hatto aniqlanmaganlari qancha. M ualliflar o ‘zlarining ismi-shariflarini o'z gazeta-jurnallarida ko‘p-da qo'yavermaganlar. H ar qanday holda ham Behbudiy g'oyat sermahsul qalamkash edi. M uhimi shundaki, u XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi. Uning Millat va Vatan taqdiri haqidagi barcha qarashlari, aw alo, m ana shu m aqolalarida aks etgan edi. Bu jihatdan unrng 1906-yil 10-oktabrda «Xurshid» gazetasida (6-son) bosilgan «Xayrul um uri avsatuho» (Ishlarning yaxshisi o'rtachasidur) maqolasi xarakterli. Bu maqola uzoq yillar Sovet tarix fani nuqtai nazaridan baholanib, Behbudiyni qoralash uchun nishon bo'lib keldi. Gap shundaki, Behbudiy o'sha 1906-yildayoq sotsialistik ta’lim otni va uni Rusiyada amalga oshirishga bel bog'lagan Lenin partiyasini keskin rad etgan Rusiya musulmonlari ittifoqi289 «Ittifoqi muslimin»ni, qarashlarida m a’lum yaqinlik bo'lgan K adetlar partiyasini qo'llaydi290. Uning bu xususdagi flkrlari ustozi Ismoilbek Gasprinskiyning «Mazhabi ishtirokiyun»ni qattiq tanqid qilgan «Ovrupo madaniyatiga bir nazari muvozana» risolasi va «Dorul rohat musulmonlari» romanidagi mulohazalarga tayanar edi.
XULOSA Jadid adabiyoti, jadid teatri san`atinnig azaliy va abadiy vazifasi bo`lgan inson ruhiyatining teran badiiy tadqiqini bosh maqsadi qilib belgilamaydi. CHunki ruhiyat tasviri uchun avvalo millat g`aflat uyqusidan uyg`onmog`i kerak edi. Jadidlar aynan xalqni uyg`otish, uni mutelik, qullik xayolidan qutqarish tilagi bilan tarix sahnasiga chiqdilar. Millatni ma`rifat nuri bilan qayta jonlantirib, ilm-u urfon orqali istiqbolga, istiqlolga yetishishni ko`zladilar. Bu yo`lda maktab, maorif, xayriya jamiyatlari, teatr kabilar tashkil etib, bulardan foydalandilar. Bular orasida, albatta, teatrning o`rni beqiyos bo`ldi. Xulosa qilib aytganda, jadid dramaturgiyasida estetik ideal va komil inson masalasi qo`yilar ekan, bundan ijodkorlar bir necha badiiy maqsadlarni ko`zlashgan. Bularning eng yuqori pog`onasiga milliy istiqlol, erk va ozodlik masalasini qo`yadigan bo`lsak, ikkinchi o`rinda xalq farovonligi, uning ziyoli bo`lishiga intilish masalasi yotar edi. Mavzuni yoritish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi: 1911-1917-yillar mobaynida yaratilgan dramatik asarlarda xudi she`riyatda bo`lgani kabi ilm-ma`rifat tushunchasi targ`ib qilindi. «Padarkush» (Domulla, Ziyoli)_, «Yangi maktab, eski maktab» (Komilboy, jadid muallimi) kabi dramalarda asosan ma`rifatli shaxs – yozuvchi estetik idealini belgilagani ma`lum bo`ldi. Maktablarni isloh qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni teng egallagan ochiq fikrli yoshlarni tarbiyalash; va buning uchun ota-onalarning ham zamon yangiliklaridan xabardor bo`lishi lozimligi ham aks etdi. «Baxtsiz kuyov» (Abdulla Qodiriy), «Biz va Siz» (Abdulla Avloniy), «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» (Hamza Hakimzoda Niyoziy), «Mazluma xotun», «To`y» (Hoji Muin) kabi dramalarda yozuvchi esteitk ideali maishiy turmush va qahramonlar fojiasi fonida tasirlandi. Fojiaga duch bo`lgan har bir qahramon aslida millat va jamiyatning biron bir illatini, kamchiligini o`zida ifodaladi. aksariyat dramalar yakunida bir xillik, ya`ni fojiaviy yakun ko`zga tashlanadi. Davrning og`irligini, mutaassiblikning avj olganini yaqqol ko`rsatish uchun to`g`ri usul tanlangan edi. ijodkornning ijtimoiy, estetik, axloqiy ideali kulgi vositasida anglashiladigan dramalar adadi ham kengayib bordi. Dramalarda asosan qahramonlar o`z-o`zini fosh etdi. Kulgili vaziyatlar va shaxslar tasviri ortida aslida, yon-atorfdagi ayanchli manzara turganini ijodkorlar mahorat bilan tasivrlay oldi. Ifodalanayotgan johillar, ko`knorixo`rlar, bangilar yozuvchi idealidagi ma`rifatparvar, ziyoli qahramonlarni tasavvur etish vositasi ekanligi aniqlandi. davr dramaturgiyasida ma`rifatli inson asosiy estetik ideal sifatida ifodalandi. CHorasizlikdan qutilish, oilaviy tavomilga erishish, alaloqibat millat va jamiyatni yuqori ko`tarish yozuvchilarning mushtarak estetik idealiga aylandi. Milliy uyg`onish davri o`zbek dramaturgiyasining 1917- yildan keyingi takomili milliy ozodlik mavzusi bilan yo`g`rilgan holda taraqqiy topdi. darv dramaturgiyasining yorqin namunalari «Hind ixtilolchilari», «CHin sevish», «Portugaliya inqilobi» dramalarida milliy ozodlik kurashchisi ijodkor estetik idealidagi obraz sifatida talqin qilindi. juda ko`plab damalarda ayollar obrazi yetakchi planga chiqarildi va bu ayollar oddiy, ijtimoiy turmush ikir-chikirlariga sho`ng`igan ayollar emas, balki isyonkor, ziyoli, kurashchan ayollar timsollari edi. Xulllas, davr dramaturgiyasi ijtimoiy asoslarga ega bo`lgan san`at namunalari sifatida e`tiborni tortadi. Milliy uyg‘onish, millatning o`zligini anglash jarayoni jadid adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Milliy uyg‘onish birgina adabiyot doirasida qolgani yo`q, ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini qamrab oldi, mustaqilchilik uchun kurashga kelib bog‘landi. Jadid ma`rifatparvar adbilari o`z dramatik asarlarida jaholatga qarshi kurash, ilm-ma`rifatni ulalish, yaxshilik, ezgulik oliyjanoblik saxovat kabi fazilatlarni yuksak badiiy joziba bilan ifoda etdilar. Xulosa qilib aytish mumkinki, asrimiz boshlarida tug`ilgan yozma milliy dramaturgiya o`zining ibtido, tanazzul va taraqqiyot tarixiga ega bo`lib hisoblanadi. Bu tarixni esa ijtimoiy-siyosiy voqelik tarixidan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Binobarin, jadid adabiyoti, teatri va uning estetikasi ijtimoiy g`oya taqozosi va talabi bilan vujudga keldi hamda rivojlandi, ana shu g`oyaning qaror topmog`i uchun kurashdi, shu yo`lda xizmat qildi. Shu boisdan ham uning mavzu va g`oyaviy maqsadlarida, masallarining qo`yilishi va yechimida jadid ziyolilarining shu davrdagi maqsad va intilishlari to`la mujassamini topgan. Jadidlarnnig ko`zda tutgan konkret islohotchilik poziyalari, ijtimoiy munosabatlarni o`zgartirib, taraqqiy etgan jamiyat barpo etish va milliy ongni taraqqiy ettirish, natijada mustaqil davlat uchun kurash masalasi ular yaratgan sahna asarlari mavzu doirasini tashkil etadi. Demak, jadid dramaturgiyasining shakllanishi va taraqqiyoti, tadriji, rivojlanish bosqichlari ijtimoiy-tarixiy jarayon bilan baravar takomil xususiyatlarini kasb etdi. Milliy uyg‘onish, millatning o`zligini anglash jarayoni jadid adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Milliy uyg‘onish birgina adabiyot doirasida qolgani yo`q, ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini qamrab oldi, mustaqilchilik uchun kurashga kelib bog‘landi. Jadid ma`rifatparvarlari teatrni ibodatxona, deb qaradilar. SHu sababli sahna asarlariga alohida bir mehr, e`tibor bilan qaradilar. CHunki buni teatr arboblarimiz estetik prinsip darajasiga ko`targan edilar. Balki shuning uchundir, xalqimiz teatrni muqaddas dargoh deb biladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling