Xxi asr ko‘nikmasi 4K – bu nima? 4K


Download 39.5 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1261433
Bog'liq
4K haqida


XXI asr ko‘nikmasi 4K – bu nima?
4K – bu XXI asrning eng muhim ko‘nikmalari bo‘lgan, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash (Critical thinking), kommunikatsiya va kollabratsiya (hamkorlik) so‘zlarining bosh harflari yig‘indisi hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlash (Critical thinking) ko‘nikmasi - narsalar va hodisalarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilish uchun asosli xulosalar ishlab chiqishda qo‘llaniladigan va oqilona baholash, izohlash, shuningdek natijalarni vaziyat va muammolarga to‘g‘ri qo‘llash imkonini beradigan hukm tizimidir. Bu axborot oqimini boshqarish, sabab-oqibat munosabatlarini ko‘rish, keraksizlarni filtrlash va xulosalar chiqarish qobiliyati. Tanqidiy fikrlash - bu aniq hukm yoki fikrni yaratish uchun faktlarni obyektiv tahlil qilish va aks ettirish qobiliyatidir. Bu atamaning turli xil ta’riflari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi tanqidiy fikrlash qobiliyatining asosiy tarkibiy qismi sifatida haqiqatni oqilona tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Fikrlashning bunday usuli tug‘ilish bilan avtomatik ravishda rivojlanmaydi, lekin undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun uni mashq qilish kerak. Tanqidiy fikrlashdan foydalanayotgan kishi shoshilib xulosa qilmaydi yoki qaror qabul qilishda hissiyotlariga tayanmaydi. Aksincha, u vaziyatni to‘liq tushunish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab, so‘ngra eng mantiqiy xulosani chiqarish uchun tahlil qiladi. Shu sababli, dalillarga emas, balki his-tuyg‘ularga yoki fikrlarga asoslangan har qanday mulohazalarni tanqidiy fikrlash deb hisoblash mumkin emas.
Kreativ fikrlash ko‘nikmasi - inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Kreativ fikrlashda muammolar yoki vaziyatlarning yangicha nuqtai nazaridan noodatiy yechimlariga ijodiy yondashiladi. Albert Eynshteyn aytganidek, “Tasavvur - bilimdan muhim”dir. Ijodiy fikrlash faqat “ijodkor odam” uchun xos bo‘lgan xususiyat emas. Faqatgina ijodkor daholargina innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lmaydilar. Ijodiy fikrlash o‘z mohiyatiga ko‘ra mavjud ma’lumotlar orqali yangi tushunchalar va turli g‘oyalarga ega bo‘lish jarayonidir. Ko‘pincha ijodiy fikrlash turli xil fikrlash usullarini qo‘llashni va yangilik yaratish uchun turli nuqtai nazarlardan ma’lumotlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Har bir inson o‘zida ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin! O‘quvchilarda kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ularning nuqtai nazarini, dunyoqarashini o‘zgartirishdan boshlanadi. Yangi va turli xil fikrlash usullarini o‘rganish kuchli g‘oyalarni yaratishga yordam beradi.
Kreativ fikrlash - bu asl muammoga g‘ayrioddiy va yaxshi yechimlarni yaratishdir. Ushbu ta’rif ijodiy fikrlash jarayonini ikki bosqichga ajratadi:

  • Noodatiy yechimlarni yaratish

  • Muammoni hal qilish uchun yetarlicha yaxshi yechimlarni tanlash.

Hamkorlik (Kollabratsiya so‘zi fransuzcha “birgalikda ishlash” degan ma’noni bildiradi) - bu umumiy maqsadlarga erishish uchun ikki yoki undan ortiq odamlar yoki tashkilotlarning har qanday sohada birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, unda o‘rganish, bilim almashish, umumiy maqsadlarga erishishda namoyon bo‘ladigan qo‘shma faoliyat orqali hal qilish tushuniladi. 
Kommunikativ ko‘nikma - bu murakkab muloqot ko‘nikmalari va qobiliyatlariga ega bo‘lish, yangi ijtimoiy tuzilmalarda adekvat ko‘nikmalarni shakllantirish, muloqotda madaniy me’yorlar va cheklovlarni bilish, urf-odatlar, muloqot sohasidagi odob-axloq qoidalarini bilish va ularga rioya qilish.
Kommunikativ ko‘nikma - bu aloqa qobiliyatlari, bilimlari, ko‘nikmalari, hissiy va ijtimoiy tajribalarini o‘z ichiga olgan shaxsning umumlashtiruvchi kommunikativ xususiyati.
Kommunikativ ko‘nikma - bu umumiy madaniyatni va uning kasbiy faoliyatdagi o‘ziga xos ko‘rinishlarini sintez qiladigan yaxlit sifatdir. Kommunikatsiya (muloqot) - bu g‘oyalar, tushunchalar, konstruksiyalarni keng muhokama qilish, resurslar va vositalarni tanlash bo‘yicha so‘rovlarni to‘g‘ri taqdim etish, ularni birgalikda muhokama qilish, ushbu g‘oyalar haqida fikr almashish qobiliyati.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling