Xxi-xviii asrlar Ma’ruza rejasi
Download 333.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5316699935083596002
Qadimgi Misr ustunlari:
a) gatoriy –
ma’buda Xator kо‘rinishidagi kapitel, qadimgi Misr ibodatxonalarida XVIII sulola davridan (mil. av. XVI-XV asrlar) paydo bо‘lgan; b) papirussimon (papirus о‘rami kо‘rinishidagi kapitel); c) nilufarsimon (nilufar guli yoki g‘unchasi kо‘rinishidagi kapitel) Shahar hayot tarzining о‘sishi, qо‘shni mamlakatlardan oltin, fil suyagi va qimmatbaho yog‘och navlarining kirib kelishi natijasida О‘rta podsholik davrida badiiy xunarmandchilik keng rivojlanadi. Ustalar avvalgi davr yutuqlariga bir qator yangiliklar kiritadilar. Fayans texnikasining takomillashuvi buyumdagi surat va
1 Pilon —kesilgan piramida shaklidagi tosh qurilma
bezaklarning usti sirlanishiga, turli ranglardagi idishlarni yaratishga imkoniyat berdi. Ularda turli gammadagi yorqin kо‘k va feruza ranglar ustunlik qiladi. Yuqori ifodaviylikka ega bо‘lgan gippopotamlarning fayans haykalchalari bunga misoldir. Bu davrda metallga ishlov berish yanada rivojlandi, yangi shakl va bezaklardagi bronza buyumlar paydo bо‘ldi. Zargarlar yangi texnika – dona-dona terishni kashf etishi oqibatida, zargarlik yana bir bosqichga kо‘tarildi. Gulchambar kо‘rinishidagi diadema, marjon shodasi, taqinchoq, uzukkabi saqlanib qolgan buyumlar rang-barang shakliy kо‘rinishi, nozik ish jarayoni, bezaklarni did bilan tanlanishi va joylashuvi bilan ajralib turadi. Hattoki avvalgi kompozitsiyalardagi qaytariluvchi bezaklar ham (xususan saroy ayoni anjomlaridagi) rangli tosh va bо‘yoqlar qо‘llash yordamida jonlantiriladi. Bezaklarda asosan nilufar, papirus va tо‘pbargul kо‘rinishidagi naqshlar keng tarqaladi. Saroy zargarlik san’ati Senusert III davrida gullab yashnaydi. Fir’avnning qizi dahmasidan zargarlik buyumlarining eng ajoyib namunalari topilgan. Eben daraxtidan yasalib, pushti rang serdolik va fil suyagi bilan bezatilgan tо‘g‘ri burchak qutida tilla suvi yuritilgan bronza kо‘zgu, muattar mushklar uchun turli idishlar, kumush buyumlar о‘rin olgan edi. Marxum kо‘kragiga qо‘yilishi shart bо‘lgan, tо‘g‘ri burchak plastina shaklidagi pektoral eng nafis ishlangan zargarlik buyumlaridan biridir. Aksariyat hollarda pektorallar qо‘ng‘iz-skarabey (quyosh hamda marxumlarning qayta tirilishi ramzi) va turli ma’budlarning tasviri bilan bezatilgan. Xususan, Senusert IIIning pektorali qadimgi Misr zargarligidan bizga qadar yetib kelgan eng nodir namuna sanaladi. Pektoral oltin plastinkadan yasalib, feruza, lazurit va serdolik toshlari bilan bezatilgan.
Download 333.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling