Xxi-xviii asrlar Ma’ruza rejasi
Download 333.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5316699935083596002
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yovvoyi mushuk. Beni-Hasandagi nomarx Xnumxotep II maqbarasi Hosil yig‘imi. Beni-Hasandagi nomarx Xnumxotep II maqbarasi. Mil. av. XXI asr
1.
2. 3. 4. «Semitlar karvoni» freskasi lavhasi. Beni-Hasandagi nomarx Xnumxotep II maqbarasi. XII sulola. Yovvoyi mushuk. Beni-Hasandagi nomarx Xnumxotep II maqbarasi Hosil yig‘imi. Beni-Hasandagi nomarx Xnumxotep II maqbarasi. Mil. av. XXI asr Syujetlarning yanada haqqoniy talqinini Xnumxotep II maqbrasidagi devoriy suratlarda uchratish mumkin. Ularda oddiy xalqning kundalik hayot tarzi, tabiat va hayvonot olamini ifodalagan rassom an’anaviy badiiy kanonlardan chetga chiqqan holda yangi syujetlar yaratgan. Ayniqsa kо‘chmanchi semitlarning kirib kelishiga bag‘ishlangan syujetlarning о‘xshashi yо‘qdir. Zamonaviy Beni-Hasan xududida saqlanib qolgan nomarx maqbaralari noyob devoriy suratlar xazinasiga aylangan. Tabiatning yangicha talqini – uchayotgan va daraxtlarga qо‘ngan qushlar, ov qilayotgan yovvoyi mushuklar, baliq ovlari turfa xil jonli vaziyatlarda, rang tuslari boyligida namoyon bо‘ladi. Mahalliy nomlardagi ustalarning erishgan yutuqlari о‘zgarayotgan hayot talablariga shu darajada javob berardiki, u asta-sekin rasmiy san’at tomonidan qabul qilindi. Fivalik fir’avnlar о‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ibodatxonalar qurilishiga katta e’tibor berdilar. Endilikda ular о‘z tasvirlarini nafaqat ibodatxonalarning ichki qismida, shuningdek tashqi qismida ham imkon qadar kо‘proq bо‘lishiga intildilar. Bu kabi haykallar mamlakat xukmdori shuhrati va qudratini ulug‘lashi, xalq ongida ularning qiyofasi chizgilarini saqlab qolishi kerak edi. Bu haykal-yodgorliklar portret о‘xshashlikni saqlagan holda, ba’zida ulkan о‘lchamlar kasb etardi. Mil. av. XIX asrda yaratilgan Senusert III va Amenemxet III ning portret haykallari yangi rasmiy san’atning nodir durdonalari sanaladi. Ularning qiyofasidagi qat’iylik, keskinlik maqsadga intiluvchan irodali shaxs, shu bilan birga qahri qattiq va о‘ziga bino qо‘ygan inson taassurotini beradi. Yuz ifodasidagi har bir qism, suyak, mushaklar, teri taxlamlari alohida ishlab chiqilgan. Endi kо‘zlar avvalgidek tekis yuzda emas, balki orbitada chuqur joylashgan. Nur va soyalarning keskin о‘yini haykalga yanada ifodaviylik bag‘ishlab, yangi portret uslubini belgilovchi omil bо‘lib xizmat qilmoqda. Senusert III xukmronlik qilgan yillarda mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat yaxshilandi. U nomarxlarni о‘ziga bо‘ysundirishga erishdi va ularga davlatdagi yuqori mansablarni berdi. Endilikda nomarxlar saroyga yaqinlashishga intila boshladilar. Bu vaziyat о‘z о‘rnida badiiy maktablarga ham ta’sir kо‘rsatdi. Saroy ustaxonalariga eng mahoratli ustalar tо‘planishi natijasida rasmiy san’at yana rivojlandi. Mahalliy san’at esa о‘zining avvalgi yetakchilik ahamiyatini yо‘qotib, an’analarga qaytgan holda saroy san’atiga taqlid qila boshlaydi. Iqtisodiy vaziyatning mustahkamlanishi me’morlik sohasida ham muxim о‘zgarishlarga sabab bо‘ldi. Shoh maqbaralarini mahobatli о‘lchamlarda yaratishga intilish Xavaradagi Amenemxet III majmuasi qurilishi bilan yakunlandi. Xususan, majmuadagi ibodatxona mashhur bо‘lib, Gerodot, Strabon, Diodor Sitsiliyskiy kabi tarixchilar unga hayrat bilan ta’rif berishgan. Ibodatxona bir-biriga ulanib ketgan murakkab tarxga ega kо‘plab xonalardan iborat, 72000 kv. m. maydonni egallagan. Bino kolonnada bilan о‘rab olingan turli zal, tilovatxona, koridor va xazina xonalardan tashkil topgan. Kolonnadalar inshoot qurilishi va bezagida alohida о‘rin egallab, uning о‘ziga xosligini belgilaydi. Ibodatxona zallari uch nefli kompozitsiyada qad kо‘tarib, yon tomondagi neflarga nisbatan markaziy nef baland bо‘lgan. Xonalar bо‘rtma tasvirlar va haykallar bilan bezatilgan. Bugungi kunga qadar bu qadar ulkan va mahobatli ibodatxona qurilishining maqsadi aniqlanmagan. Ibodatxona yaqinida sariq rangdagi yaltiroq kvarsitdan bunyod etilgan, pyedestali bilan 18 m balandlikka ega Amenemxet III ning ikkita kolosi (ulkan haykal) majmuaning fir’avn xokimiyatini namoyon etganidan darak beradi. О‘rta podsholik davri me’morchiligida kо‘p sonli va turfa xil ustunlar qatori ibodatxonalarning о‘ziga xos kо‘rinishini belgilovchi omil sanaladi. Avvalroq vujudga kelgan kanelyurali ustunlar qatoriga kapitel qismi ma’buda Xator boshi bо‘rtmasi bilan bezatilgan kolonnalar qо‘shildi. Kirish darvozalarida ikkita minorali pilonlarning 1 paydo bо‘lishi ham ibodaxona qurilishida yangilik edi. Download 333.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling