Xxi-xviii asrlar Ma’ruza rejasi
Deyr el Baxridagi Mentuxoteplar maqbarasi. Rekonstruksiya
Download 333.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5316699935083596002
Deyr el Baxridagi Mentuxoteplar maqbarasi. Rekonstruksiya
Deyr el Baxridagi Mentuxoteplar maqbarasi. XI sulola Amenemxet I xukmdorlik qilgan davr О‘rta podsholik tarixida alohida о‘ringa ega. Amenemxet I va uning avlodlari murakkab siyosiy holatga qaramay, mamlakatning yagonaligini saqlab qoldilar hamda ichki va tashqi vaziyatlarni mustahkamladilar. Misr iqtisodi asosi bо‘lgan sug‘orish tizimi tubdan yaxshilandi (Fayumda irrigatsion inshoootlar qurildi). Bir qator shaharlarning gullab- yashnashi, xom-ashyo va molalmashinuvi, madaniyat rivojiga ta’sir kо‘rsatdi, adabiyot va tasviriy san’at taraqqiy etdi. Amenemxet I ham nomarx, ham fir’avn sifatidagi siyosiy kurashda san’atning ta’sir kuchidan foydalanishni afzal bildi. U Qadimgi podsholikning buyuk xukmdorlari yaratgan me’moriy inshootlarga taqlid qilgan holda, birinchilardan bо‘lib piramidalar qurilishiga qayta qо‘l urdi. Haqiqatdan ham XII sulola vakillari qurdirgan piramida va ibodatxonalar tarxi V – VI sulola fir’avnlari ehromlari majmuasiga mosdir: avvalgidek, ehromning sharqiy qismida maqbara ibodatxonasi joylashgan; undan vodiyga olib chiquvchi mahobatli darvozaga о‘tilgan; piramida atrofida saroy ayonlarining mastabalari о‘rin olgan. Biroq, iqtisodiy vaziyat ulkan toshlardan mahobatli ehromlar qurilishiga imkon bermas va ular asosan xom g‘ishtdan, nisbatan kichik о‘lchamlarda bunyod etilardi. Masalan, Senusert I ehromi asos uzunligi 107 m, balandligi 61 m edi. Devorlarning orasi tosh siniqlari, g‘isht va qum bilan tо‘ldirilgan. Piramida bir-biriga yog‘och bilan mustahkamlangan ohaktosh plitalar bilan qoplangan. Aynan mazkur qoplam О‘rta
podsholik davri ehromlarini ushlab turgan. Bugungi kunda ularning aksariyat qismi vayronaga aylangan. Qadimgi an’analarga murojat nafaqat me’morlikda, shuningdek rasmiy haykaltaroshlik, devoriy va bо‘rtma tasvirlarda ham kuzatiladi. Masalan, Senusert I ning haykalida fir’avn Xafra haykaliga taqlidni kо‘rish mumkin. Haykalda ideallashtirilgan shoh-ma’bud obrazidagi shohning portreti yanada hissiz, sovuqqon ifodaga ega. Bu ayniqsa Osiris obrazidagi Senusert I ning haykalida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Hattoki devoriy suratlarda ham Qadimgi podsholik san’atiga ochiq oydin murojaat aks etgan. Fivadagi Antefoker amaldori rafiqasining maqbara ibodatxonasi va fir’avn Saxura (V sulola) ibodatxonasidagi bо‘rtmalar orasida yetti yuz yillik masofa bо‘lsada, ularning о‘zaro о‘xshashligi hayratga soladi. Ov sahnasi, figuralarning kompozitsiyasi, hattoki detallar ham о‘zaro о‘xshashdir: nayzalar bilan yaralanib, yiqilayotgan buqa, old panjasiga tekkan nayzani g‘ajib tashlayotgan sirtlon
Mil. av. XX asr boshlaridagi tarixiy vaziyat san’atga yangi vazifalarni qо‘yardi. Adabiy
yodgorliklar diniy
tasavvurlarga ishonchsizlik uyg‘onayotganligidan dalolat beradi: “Quvonchli kunni bayram bilan nishonla va g‘am chekma, zero hech kim ezgulikni о‘zi bilan olib keta olmaydi, va u yerga ketganlardan hali hech kim orta qaytmadi!” (“Arfist qо‘shig‘i”). Tabiiyki bularning barchasi misrliklarning dunyoqarashiga ta’sir kо‘rsatdi, aniq fanlarga qiziqish matematika va tibbiyot sohalarida yutuqlarga sabab bо‘ldi, adabiyot va san’atda realistik tendensiyalar о‘sdi. Nom xukmdorlari saroyida aks etgan devoriy suratlar О‘rta podsholik davri san’atidagi yetakchi yо‘nalishlar va yutuqlarini о‘zida aks ettirdi. Ustalar qadimgi a’analarni о‘zlashtirgan holda, ularga qayta ishlov berib, mazkur davr san’atida alohida о‘ringa ega bо‘lgan yangi yо‘nalishdagi yodgorliklarni yaratishga muvaffaq bо‘ldilar. Nomarx Senbi va nomarx Txutixotep maqbaralaridagi bо‘rtma va devoriy suratlarda kompozitsiyaning qurilishi avvalgidek saqlangan, hayvonlar tasviri о‘zining timsoliy obraziga ega bо‘lsada, umumiy tasvir haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Hayvonlar sahrodagi qum barxanlari fonida turli balandlik darajalarida joylashtirilgan. Fir’avn Senbi ham tabiiy, hayotiy holatda tо‘xtab qolgan. U chap oyog‘iga tayangan holda, ovlayotgan hayvonini diqqat bilan mо‘ljalga olmoqda. Xukmdorning yо‘ldoshi an’analarga zid holda u bilan bir xil о‘lchamda, har ikkisi ham ovchi-jangchilar libosida. Txutixotep maqbarasidagi ov sahnasi ham о‘ziga xosdir. Unda keksayib qolgan nomarx hassasiga tayangan holda о‘g‘illarining qanday ov qilayotganligini tomosha qilayotgan holati aks etgan. |
ma'muriyatiga murojaat qiling