IV BO‘LIM. OLINADIGAN SChYoTLAR - JORIY QISMI
Olinadigan schyotlarning (4000) bog‘lanishi
Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan olinadigan schyotlarning (4100) bog‘lanishi
Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi
schyotlarning (4200) bog‘lanishi
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlarning (4300) bog‘lanishi
Byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga
oluvchi schyotlarning (4400) bog‘lanishi
Maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlarning (4500) bog‘lanishi
Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzini
hisobga oluvchi schyotlarning (4600) bog‘lanishi
Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzini
hisobga oluvchi schyotlarning (4700) bog‘lanishi
Turli debitorlar qarzlarini hisobga
oluvchi schyotlarning (4800) bog‘lanishi
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervni hisobga
oluvchi schyotlarning (4900) bog‘lanishi
IV bo‘limga taalluqli schyotlar qaytarish muddati 12 oydan oshmagan debitorlik qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Joriy debitorlik qarzining tarkibi: xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari; olingan veksellar bo‘yicha qarz; ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzlari; mol yetkazib beruvchilarning turli yuridik va jismoniy shaxslarga bergan bo‘naklari bo‘yicha qarzlari; byudjetning bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha qarzi; ta’sischilarning qarzlari; xodimlarning berilgan bo‘naklar va boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlari, shuningdek turli debitorlarning qarzlaridan iborat.
Olinadigan schyotlarning (4000) bog‘lanishi
Olinadigan schyotlar tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzi bo‘yicha xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular quyidagi schyotlardan iborat:
4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
4020 "Olingan veksellar".
Ushbu schyotlarning debeti bo‘yicha asosiy (operatsion) faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bog‘langan holda xaridorlar (buyurtmachilar)ga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha summalar aks ettiriladi.
Ushbu schyotlarning krediti bo‘yicha esa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda kelib tushgan to‘lovlar, olingan bo‘naklar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar hisobiga umidsiz debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish summalari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |