Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


T/r Xo‘jalik operatsiyasining


Download 0.89 Mb.
bet43/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schyotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha tayyor mahsulot sotilishi aks ettirilgan



4010

9010

Yukxat, hisobvaraq-faktura



2

Xaridorlarga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha QQS summasi aks ettirilgan



4010

6410

Yukxat, hisobvaraq-faktura



3

Xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha tovarlar sotilishi aks ettirilgan



4010

9020

Yukxat, hisobvaraq-faktura



4

Xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha tovarlar, ish va xizmatlar sotilishi aks ettirilgan



4010

9030

Yukxat, hisobvaraq-faktura, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi



5

Asosiy vositalar sotilishi munosabati bilan xaridorlarning qarz summalari aks ettirilgan



4010

9210

Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



6

Xaridorlar va buyurtmachilarga boshqa aktivlar sotilishi munosabati bilan ularning qarz summasi aks ettirilgan



4010

9220

Qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, yukxat



7

Kurs farqlarini jamg‘arish usulida olinadigan schyotlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



4010

6230

Kurs farqining hisob-kitobi



8

Kurs farqlarini to‘g‘ri hisobdan chiqarish usulida olinadigan schyotlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



4010

9540

Kurs farqining hisob-kitobi



9

Olinadigan veksellar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan:









Kurs farqining hisob-kitobi






- to‘g‘ri hisobdan chiqarish usuli bo‘yicha



4020

9540







- jamg‘arish usuli bo‘yicha



4020

6230




10

Mol yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro qarzlarning hisob-kitobi aks ettirilgan



6010, 6020

4010

Ayirboshlash (barter) kontrakti



11

Korxona bilan ajratilgan bo‘linma o‘rtasidagi qarzlarning o‘zaro hisob-kitobi aks ettirilgan



6110, 6120

4010

Ayirboshlash (barter) kontrakti



12

Xaridorlar va buyurtmachilardan kassaga summalarning kelib tushishi aks ettirilgan



5010

4010

Kirim kassa orderi



13

Xaridorlarga va buyurtmachilarga sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ulardan hisob-kitob schyotiga to‘lovlar kelib tushgan



5110

4010

Hisob-kitob schyotidan bank ko‘chirmasi



14

Xaridorlarga va buyurtmachilarga sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ulardan valyuta schyotiga to‘lovlar kelib tushgan



5210

4010

Valyuta schyotidan bank ko‘chirmasi



15

Xaridorlarga va buyurtmachilarga sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ulardan bankdagi maxsus schyotga to‘lovlar kelib tushgan



5530

4010

Maxsus schyotdan bank ko‘chirmasi



16

Yuklab jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlarga da’volar taqdim etilgan



4860

4010

Mol yetkazib berish shartnomasi, yukxat, dalolatnoma



17

Xaridorlarga schyotlar taqdim etilganda, ularga yetkazib berilgan tayyor mahsulot, tovarlar va bajarilgan ishlar uchun oldindan olingan bo‘naklarning o‘zaro hisob-kitob qoplangan summalari aks ettirilgan



6310

4010

Kontrakt, buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



18

Xaridorlar va buyurtmachilarning qoplanmaydigan qarzlari zararga hisobdan chiqarilgan



9430

4010

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



19

Jamg‘arish usulida olinadigan schyotlar va veksellar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

4010, 4020

Kurs farqining hisob-kitobi



20

To‘g‘ri hisobdan chiqarish usulida olinadigan schyotlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



9620

4010

Kurs farqining hisob-kitobi

21

Olinadigan veksellar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan:









Kurs farqining hisob-kitobi






- to‘g‘ri hisobdan chiqarish usuli bo‘yicha



9620

4020







- jamg‘arish usuli bo‘yicha



3290

4020




22

Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilgan



4910

4010

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



23

Debitorlik qarzi hisobiga veksel olingan



4020

4010

Shartnoma, veksel



24

Qoplash davomida foizlar nazarda tutilgan olingan veksellar bo‘yicha qarz qoplangan



5110, 5210

4020

Bank ko‘chirmasi



25

Olingan veksellar bo‘yicha qarzlar dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobiga qoplangan



4910

4020

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



26

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan veksellar bo‘yicha qoplanmaydigan qarzlar zararga hisobdan chiqarilgan



9430

4020

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



27

Tovarlar va tayyor mahsulotlar uchun olingan veksellarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o‘tkazish aks ettirilgan



4020

0910

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan olinadigan schyotlarning
(4100) bog‘lanishi

Mazkur guruh schyotlari ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar va boshqalar), shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining yuklab jo‘natilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek sotilgan asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlar bo‘yicha barcha turdagi debitorlik qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular quyidagi schyotlardan iborat:


4110 "Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar";
4120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar".
Bosh tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan korxona shu’ba korxonasi deb ataladi, ya’ni bosh tashkilot shu’ba korxonasining ustav kapitalida 50 %dan ko‘p bo‘lgan miqdordagi ulushga ega.
Agar jamiyatning ovoz berish huquqiga ega aksiyalarining 20 %idan ko‘prog‘i boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan taqdirda, ushbu jamiyat qaram xo‘jalik jamiyati deb e’tirof etiladi.
Korxonalar ushbu guruhdagi schyotlarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha debitorlik qarzini ham hisobga olishi mumkin. Buning uchun korxona 4130 "Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha olinadigan schyotlar"ni ochishi mumkin.

T/r


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling