Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga


Download 0.89 Mb.
bet47/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga
oluvchi schyotlarning (4400) bog‘lanishi

Byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar korxonalar tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Korxonalar soliqlar va yig‘imlarning turlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga olish uchun quyidagi alohida schyotlarni ochishlari mumkin:


4410 "Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari";
4411 "Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari";
4412 "Mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari";
4413 "Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" va boshqalar.
Mazkur schyotlarning debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar krediti bilan bog‘langan holda, bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar summasi, jumladan xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob-kitob hujjatlarida ajratilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobga olinadi.
Kredit bo‘yicha 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti bilan bog‘langan holda soliqlar summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schyotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘naklar o‘tkazilgan



4410

5110

Buxgalteriya hisob-kitoblari, bank schyotlaridan ko‘chirmalar



2

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari o‘tkazilgan



4411

5110

Buxgalteriya hisob-kitoblari, bank schyotlaridan ko‘chirmalar



3

Mulk solig‘i bo‘yicha bo‘naklar o‘tkazilgan



4412

5110

Buxgalteriya hisob-kitoblari, bank schyotlaridan ko‘chirmalar



4

Xarid qilingan moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha QQS summasi aks ettirilgan



4413

6010, 6990

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar



5

Xarid qilingan moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha QQS summasi o‘zaro hisoblashish deb qabul qilingan



6410

4410

Buxgalteriya hisob-kitoblari, QQS hisob-kitobi



6

Byudjetga bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha umidsiz debitorlik qarzi dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobiga hisobdan chiqarilgan



4910

4410

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori



7

Byudjetga bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha umidsiz debitorlik qarzi zararga hisobdan chiqarilgan



9430

4410

Solishtirma dalolatnoma, Xo‘jalik sudining qarori




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling