Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi


Download 260.64 Kb.
bet12/22
Sana02.12.2023
Hajmi260.64 Kb.
#1779741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish

Nayza ushlash. Nayza ushlashning asosan ikki usuli bor. Birinchi usulda nayza o‘ramasi o‘rta va bosh barmoq bilan mahkam tutamlab ushlanadi. O‘rta barmoq nayzani ko‘ndalang siqib, o‘ramaning keyingi qismiga tiralib turadi (92-rasm). Bosh barmoq yuz tomoni bilan o‘ramga yoki uning orqasiga yopishib turadi, erkin cho‘zilgan ko‘rsatkich barmoq nayzaning ikkinchi tomonidan qiyaroq ushlab turadi. Nomsiz barmoq va jimjiloq esa o‘ram ustida erkin, uncha yopishmagan holda yotadi.

Nayza bosh va o‘rta barmoqdan chiqarib yuboriladi, shuning uchun ham bu barmoqlar nayzani mahkam ushlab turishi kerak. Qolgan barmoqlar nayzani uzoqlashtirish va uloqtirishda uni kerakli yo‘nalishga qaratib ushlashga yordam beradilar.


Ikkinchi usulda nayza o‘rami bosh va ko‘rsatkich barmoq bilan tutamlab ushlanadi. Oldingi usulda o‘rta barmoq nimani bajargan bo‘lsa, bu usulda ko‘rsatkich barmoq shu ishni qiladi. Qolgan barmoqlar mahkam ushlamagan holda o‘ramda erkin yotadi. Ba’zi uloqtiruvchilar nomsiz barmoqni nayza ostida bukib tutadilar, lekin bu uloqtirishda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Nayzani birinchi usulda ushlash, ayniqsa, ilgari boshqa usullardan foydalanmaganlar uchun ancha durust hisoblanadi. CHunki o‘rta barmoq ko‘rsatkich barmoqqa nisbatan faqat uzungina bo‘lmay, ancha kuchli hamdir. Buni dinamometrik o‘lchashlar aniqlab bergan.
YUgurib kelish vaqtida nayzani “elka ustida” va “elka ostida” usullari bilan ko‘tarib yugurish mumkin. Turli variantli “elka ustida” ko‘tarib yugurish usuli ancha qulay bo‘lib, barcha malakali nayza uloqtiruvchilar shu usuldan foydalanadilar. Ikkinchi “elka ostida” usuli esa hozir qo‘lla-nilmaydi.
YUgurib kelishning dastlabki qismi. Uloqtiruvchi yugurishdan oldin nayza uloqtiriladigan tomoniga erkin holatda qarab turadi. Nayzani elka ustida ko‘tarib yugurganda uloqtiruvchi qo‘li bukilgan bo‘lib, nayzani elka bo‘g‘imi ustida tutadi; tirsak oldinga yo‘naltirilib, panja taxminan quloq balandligida bo‘ladi. Nayza erkin ushlanadi, shuning uchun ham uning oldingi qismi bir oz quyi tushgan yoki gorizontal holatda bo‘ladi. YUgurish borgan sari tezlashib, erkin bajariladi. Uloqtiruvchi birinchi qadamdan boshlab gavdasini oldinga tashlaydi, keyin dastlabki yugurib kelish qismi davomida uni birmuncha tiklaydi. Eng kuchli nayza uloqtiruvchilarda yugurish tezligi 8 m/sek gacha etadi. Nayza uloqtirishga yaqin qolganda yugurish tezligini oshirishga intilmaslik kerak, chunki bu holda muskullar ortiqcha taranglashib ketishi mumkin.

Download 260.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling