Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi


Download 260.64 Kb.
bet9/22
Sana02.12.2023
Hajmi260.64 Kb.
#1779741
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish

Oxirgi kuch berish. Uloqtiruvchi yuqorida tasvirlangan holatdan so‘ng aylangach, o‘ng oyog‘ini erga qo‘yib oxirgi kuch berishni bajarishga kirishadi. Bu paytda chap oyoq erga qo‘yishga tayyor turishi kerak. O‘ng oyoq erga tushishi bilanoq uning ham tezda erga qo‘yilgani yaxshi, chunki oxirgi kuch berishning faol qismini qo‘sh tayanchli vaziyatdagina boshlash mumkin. Bu paytda disk uloqtirilish nuqtasidan maksimal uzoqlashadi. Bunday shartlarga amal qilish diskka mumkin qadar uzoqroq yo‘l orqali kuch .ta’sirini o‘tkazish imkonini beradi. CHap oyoq tagining oldingi qismi doiraning ichkari tomonidan chambarakning oldingi qismiga yaqin qo‘yiladi. Depsinganda o‘ng oyoq burilib uloqtirish yo‘nalishigacha etadi. Bu paytda uloqtiruvchi qorin mushaklarini tarang torttirib, gavdasini orqaga egmasligi kerak. Uloqti-ruvchilar orasida keng tarqalgan xatolardan biri – erga o‘ng oyoq bilan tayanish vaqtida uning shoshilinch va haddan ziyod aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
O‘ng oyoq ta’siri ostida chap oyoq qo‘yilishi bilan gavdaning o‘z o‘qi atrofida aylanishi boshlanadi. U uloqtirish tomonidan teskari tomonga engashgan bo‘lib, chap oyoq ustidan o‘tadi va ayni vaqtda uloqtirish tomoniga intiluvchi ba’zi bir boshqa harakatlar ham bo‘ladi. Disk ushlagan qo‘lning yoy bo‘ylab harakati sezilarli darajada oshadi. Itqitish harakatini bajara turib, uloqtiruvchi elka kamarini bir zumlik harakat bilan buradi. Diskni chiqarib yuborish vaqtida elka chizig‘i tos suyagi bilan teng tekislikda turadi. O‘z navbatida diskni ushlagan orqadagi qo‘l bu paytda elka chizig‘iga tenglashadi. Diskni chiqarib yuborish elka kamarining chapga burilishi tamom bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Tirsak bo‘g‘imidan sal bukilgan chap qo‘l elka kamarining harakatiga qarab yoy bo‘ylab chapga olib boriladi. Uloqtiruvchi chap qo‘lini olib borishi elka kamari aylanishining tezlashuviga ko‘maklashuvchi oxirgi kuch berish boshlanishida mushaklar tarangligini oshiradi.
Boshning chap tomonga keskin burilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu, odatda, elka kamarining shoshilinch burilishiga va o‘ng qo‘lning oxirgi kuch berish oxirida faol harakat qilmay, sudralib qolishiga olib keladi.
Diskning oxirgi kuch berishdagi yo‘li katta radiusdagi yoy bo‘yicha o‘tishi kerak. Disk oyoqlar depsinishi tugashi bilanoq uloqtiriladi. O‘ng oyoq depsinib turib, bevosita diskning uchib chiqishidan oldin erdan ko‘tariladi va oldinga chap oyoq o‘rniga qo‘yiladi.
Sal bukilgan chap oyoq burilishdan keyin erga uchidan boshlab qo‘yiladi. Dastlab unga bo‘lgan bosim kuchining ortishi natijasida u anchagina bukiladi, keyin esa o‘ng oyoq bilan birga gavda og‘irligini ko‘tarib tezgina tiklanadi. Tezroq depsinishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan oyoqlarning tez almashinishi natijasida chap oyoq disk uchib chiqishi bilan bir vaqtda erdan ko‘tariladi. O‘ng qo‘l bilan diskni uloqtirish vaqtida uloqtiruvchining diskka ta’sir kuchi yo‘nalishi o‘zgarishi sababli disk o‘z o‘qi atrofida chapdan oldinga-o‘ngga chizig‘i bo‘yicha harakat qiladi

Download 260.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling