Yadro massasini o’lchash usullari’’ mavzusida tayorlagan kurs ishi topshirdi Saydillayev Otabek Kurs ishi raxbari Namangan – 2022


Yadrolarning o'lchami va zichligi


Download 123.1 Kb.
bet5/11
Sana24.12.2022
Hajmi123.1 Kb.
#1061874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
atom yadrosi 7

2. Yadrolarning o'lchami va zichligi
Yadro o'lchami - yadroning mavjudlik sohasi yoki yadro kuchlarning ta'sir sferasidir.
Yadroning o'1chami (radiusi) R~ lO-15m bo'lib, atom radiusidan 105 marotaba kichikdir.
Yadro o'lchamini tajribada aniqlashning ko'pgina usullari bor. Masalan, elektron va neytronlarning atom yadrosidan sochilishiga ko'ra, undan tashqari yadro radiusini «ko'zgu» yadrolarga, protonlarning elektrostatik ta'sir energiyasini o'rganish, µ-mezonlar rentgen nurlanishni o'rganish va alfa radioaktiv yadrolaming yemirilish qonunini o'rganish yo'li bilan ham aniqlash mumkin. Yuqorida sanab o'tilgan usullar yadroviy kuchning o'zaro ta'sir sohasini yoki elektromagnit o'zaro ta'sir sohasini aniqlashga asoslangan. Turli usullar yadro taxminan shar shaklida ekanligi va aniq chegaraga ega ekanligini hamda radiusi
R=R0A1/3 (11)
massa soniga bog'liq ravishda otrib borishligini ko'rsatadi. Bu yerda Ro - doimiy kattalik. Uning qiymati yadro radiusini turli usullarda aniqlashga ko'ra, Ro=(1,2÷1,4)F ga teng. (1 fermi =10 -13sm)
3.1 Yadroning bog’lanish energiyasi
Yadrodagi nuklonlarning o‘zaro ta’sir qonuniyati hanuzgacha noma’lum bo'lsa ham, istalgan yadroning bog’lanish energiyasi, yadro massasini aniq o'lchash, energiyaning saqlanish qonuni va nisbiylik nazariyasi asosida yetarii darajada aniq hisoblash mumkin. Odatda elementlar davriy sistemasida yadro massasi Mya emas, balki atom massasi Mat berilgan bo’ladi
Massa soni massa atom birligida hisoblangan yadro massasidan -1 % gacha farq qilishi mumkin. yadro massasi unda mujassamlangan energiyaning bevosita o’lchamidir. Maʼlum sondagi proton va neytronlarni o’z ichiga olgan yadro, yoki nuklid ZAXN ko’rinishida belgilanadi, bu yerda X — elementning kimyoviy belgisi, Z — protonlar soni, N — neytronlar soni, А — yadroning massa soni. Yadro atom kabi turli energiyaviy ) holatlarda bo’lishi mumkin. Eng past energiyali xolat yadroning asosiy xolati, boshqalari esa, uygongan xolatlari deyiladi. Xar bir yadroviy xolat uygonish massasi yoki energiyasi bilan xarakterlanadi.
Yadroning massa va zaryadi proton massasi va zaryadiga butun karrali bo’lganligidan xamma yadrolar protonlardan tuzilgan deb taxmin qilish mumkin. Lekin yadro massa soni А (А — atom og’irligiga yaqin bo’lgan butun son) xamma izotoplarda ularning atom nomerlari 2 dan taxminan 1,5 marta, davriy sistema oxirida esa undan xam ko’p marta kattadir. Faqat vodoroddagina 2 = A. Shuning uchun А massa sonli va atom nomerli yadro А ta protondan tashqari yana (A— Z ) ta elektronga xam ega bo’ladi va ular amalda massani o’zgartirmagan xolda uning musbat zaryadini 2 miqdorgacha kamaytiradi. Bu gipotezaga asosan azot yadrosi (A == 14, Z = 7) 14 proton va 7 elektrondan, uran yadrosi esa (A = 238, Z = 92) 238 proton va 146 elektrondan tashkil topishi kerak. zamonaviy tasavvurlarga ko’ra, atom yadrosi tarkibiga proton va neytronlar kiradi. Shuning uchun bu zarralar nuklonlar degan umumiy nomda yuritiladi («nuklon» lotincha so’z bo’lib, yadro, magiz maʼnosini anglatadi).


Download 123.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling