Yadro quroli portlaganda tasir etuvchi omillar


Olimlarning aytishicha, inson har kuni turli xil radiatsiyaga uchraydi. Masalan, rentgen yoki quyosh nurlariga. Hattoki, banandan ham nurlanish mumkin ekan


Download 0.68 Mb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1040793
1   2   3
Bog'liq
TOSHKENT DAVLAT-W

Olimlarning aytishicha, inson har kuni turli xil radiatsiyaga uchraydi. Masalan, rentgen yoki quyosh nurlariga. Hattoki, banandan ham nurlanish mumkin ekan.
Yadro xavfi haqida so'z borganda odatda eski filmlardagi qo'ziqorinsimon ulkan tutun ko'z oldimizga keladi. Ko'plar Sovuq urush davridagi qurollanish poygasini eslab, yadroviy oxiratni xayoliga keltiradi. 66 yil avval AQSh janubi-g'arbidagi cho'lda dunyoda ilk bor sinalgan atom bombasi videotasvirga tushiriladi. So'ng Amerika tomonidan tashlangan ikki atom bombasi Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarini kul qilib, Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaydi.

Yadro qurolini shikastlovchi omillari.
YAdro qurolini shikastlovchi omillari quyidagilardan iborat:
portlash to'lqini yoki zarba to'lqini;
yorug'likning nurlanishi;
yorib kiruvchi radiatsiya;
joylarni zararlaydigan radioaktiv moddalar; elektromagnit impuls.
1. 3arba (portlash) to'lqini portlash markazidan hamma tomonga tovush tezligidan ham katta tezliqla tarqaladigan, juda katta bosimda siqilgan havo zonasidan iborat. Siqilgan havo zonasining oldingi chegarasi zarba to'lqini fronti deb ataladi.
Zarba to'lqini o'tib ketgandan so'ng, bosim tezda pasaya boshlaydi va bir necha vaqtdan so'ng atmosfera bosimidan ham pasayib ketadi. Vaqt o'tishi bilan oldingi holatiga qaytadi, ya'ni atmosfera bosimi tiklanadi. 3arba to'lqini natijasida paydo bo'lgan bosim atmosfera bosimiga qaraganda uzoqroq tursa zichlanish fazasini, atmosfera bosimidan kamroq vaqt tursa siyraklangan fazani tashkil qiladi.
3arba to'lqini oldingi 1000 metrni 2 sekundda, 2000 metrni 5 sekundda, 3000 metrni 8 sekundda o'tadi, shu vaqt orasida kishi osmonda yorug' shu'lani ko'rishi bilan yashirinishga ulguradi va zarba to'lqini shikastlashidan saqlanib qoladi.

Zarba to'lqini yadro portlashi vaqtidagi asosiy shikastlovchi omil bo'lib hisoblanadi va jami portlash energiyasining taxminan 50% i shu omilga to'g'ri keladi.
Zarba to'lqini odamlarni, harbiy texnika vositalari, qurollarni, fortifikatsion inshootlar, mol-mulklarni shikastlaydi va ko'p vayronagarchiliklarni keltirib chiqaradi. Kishilar zarba to'lqinidan bevosita yoki bilvosita imoratlardan tushgan narsalar, daraxtlarning sinib yoki ag'anab tushishi va boshqalardan zarar ko'rishi mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling