Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish va milliy tarmoq resurslaridan foydalanish reja
Download 46.49 Kb.
|
Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish va milliy tarmoq resurslaridan foydalanish REJA: Yagona identifikatsiya tizimi haqida. Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish. Milliy tarmoq resurslaridan foydalanish. Yagona identifikatsiya tizimi — har xil hukumat agentliklariga va fuqarolik vebsaytlariga kirish imkoniyatini beradigan yagona akkount bilan taʼminlaydi. Foydalanuvchilar turli xil veb saytlar uchun turli xil akkountlar yaratishiga toʻgri kelmaydi va ular oʻzlarining elektron raqamli imzo orqali YIT ga javobgar idoralarga tashrif buyurmasdan roʻyhatga kirishlari mumkin. Foydalanuvchi YIT ga kirgandan soʻng, u YITga bogʻlangan veb saytlarga qaytadan kirishiga oʻrin qolmaydi. Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat tizimlariga E-hukumat tizimlari bilan Yagona Identifikatsiya Tizimi integratsiya boʻlgani sababli, barcha tegishli resurslarga kirish uchun bir akkaunt bilan foydalanish imkonini beradi. Yagona Identifikatsiya Tizimi akkaunti yordamida barcha xizmatlar bilan foydalanishingiz mumkin. Xavfsizlik va asillik Foydalanuvchi Yagona Identifikatsiya Tizimida shaxsiy maʼlumotlari haqiqiyligini tasdiqlash uchun Elektron Raqamli Imzo taqdim etishi kerak. Bu esa internetdagi foydalanuvchining haqiqiy odamligini taʼminlaydi. Bu eng ilgʻor onlayn davlat hizmatlarini taqdim etishni taminlaydi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar markaziy bazasi bilan integratsiya orqali, barcha shaxsiy maʼlumotlarni toʻldirish uchun hech qanday ehtiyoj yoʻq — sana axborot avtomatik ravishda oʻz vaqtida yuklanadi va yangilanadi (Masalan, ism yoki yashash manzili oʻzgarishi) Boshqa saytlar bilan integratsiya Agar siz veb-sayt egasi boʻlsangiz va foydalanuchni identifikatsiya qilmoqchi boʻlsangiz, har qanday xizmatlar (bank xizmatlari, elektron tijorat va boshqalar) bilan taʼminlash uchun — Yagona Identifikatsiya Tizimi qonuniy va qulay yoʻl. Yagona Identifikatsiya Tizimi qonun bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 dekabr 2015 yil 365 sonli tasdiqlangan foydalanuvchilarni aniqlash Yagona Identifikatsiya Tizimi elektron hukumat haqidagi nizomga muvofiq, Yagona Identifikatsiya Tizimi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiy deb qabul qilish lozim. Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish Agar siz tashkilot (kompaniya) rahbari boʻlib jismoniy shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, oʻz kabinetingizda tashkilot qoʻshishingiz mumkin. Buning uchun, siz Yagona Identifikatsiya Tizimi shaxsiy kabinetingizda, tashkilot rahbari nomidan olingan Elektron Raqamli Imzo taqdim etishingiz kerak. Yuridik shaxs qoʻshib siz tashkilot nomidan davlat xizmatlarini foydalanish uchun boshqa foydalanuvchilarga (sizning xodimlaringiz) oʻz vakolatlaringizni topshirish mumkin boʻladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish uchun foydalanuvchi ID.UZ Yagona identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tishi lozim bo'ladi. Buning uchun eslatmada ko'rsatilagan havola bo'yicha o'tish (“Ro'yxatdan o'tish” tugmasi bosilganda), yoki Yagona identifikatsiya tizimi manzili - www.id.uz ni kiritish kerak. Foydalanuvchi barcha kataklarga tegishli ma'lumotlarni kiritishi va “Jo'natish” tugmasini bosishi kerak. Agar foydalanuvchi uMail.uz pochta qutisini ro'yxatdan o'tkazishni istasa, tegishli chek-boksga belgini qo'yishi kerak. Natijada login@umail.uz pochta qutisi ochilgan bo'ladi; uMail.uz pochta qutisidan farq qiluvchi boshqa pochta qutilaridan foydalangan holda ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar, akkuant ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi ma'lumotni olishlari lozim bo'ladi. Foydalanuvchi ro’yxatdan muvafaqqiyatli o`tganidan so`ng «Shaxsiy ma’lumotlar» sahifasida ma’lumotlarni kiritish zarur. Endi, foydalanuvchi qaytadan Yagona portal manziliga kirishi va “ID.UZ yordamida kirish” tugmasini bosishi lozim. Natijada foydalanuvchi Yagona portalda avtorizatsiya qilingan bo'ladi va bemalol murojaat yuborishi yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin. Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun Siz quyidagi ro`yxatdan o`tish usullaridan birini tanlashingiz mumkin: SMS-tasdiqlash orqali. Aktivatsiya kodini mobil telefonga SMS-xabar orqali olish mumkin. ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi yordamida. Elektron raqamli imzo yordamida. UzCard yordamida. Ro`yxatdan o`tish usullaridan birini tanlashdan oldin Yagona portal xizmatlaridan foydalanish qoidalari (shartlari) bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz. Yagona portal Sizga davlat tashkilotiga tashrif buyurishdan yoki qog`oz tarzda xat yuborishdan qulayroq bo`lgan davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo’ymoqchimiz. Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unitmasligingizni so`raymiz: "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, o`zi to`g`risida xato ma'lumotni bergan yoki murojaatning mohiyatini ko`rsatmagan foydalanuvchilarning murojaatlari ko`rib chiqilmaydi. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi, O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 40 - 41-moddalari,O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139 - 140 va 237-moddalariga muvofiq murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq bila turib yolg`on ma'lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko’rib chiqishda davlat organi tomonidan qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko’ra undirib olinishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, agar davlat organi Sizga masalangiz bilan bog`liq bo`lmagan javobni yo`llaganida, qonunchilikda belgilangan muddatlarni buzganida, Sizning murojaatingiz bo`yicha asossiz yoki qonunga zid bo`lgan qaror qabul qilganida, yoki boshqa yo`l bilan Sizning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risidagi qonunchilikda belgilangan huquqlaringizni buzganida va boshqa shu kabi holatlarda Siz yuqori turuvchi tashkilot, yoki sudga bunday xatti-harakatlar ustidan shikoyat bilan murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to`g`risida Nizomiga asosan davlat organlari fuqaro murojaatlarini rad etishlari mumkinligini eslatib o`tamiz. Quyidagilar foydalanuvchining shaxsiy kabinet orqali tushgan murojaatini ko`rib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanadi: odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yohud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma'nosi bo`lmagan takliflar va shunga o`xshash murojaatlar); murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo`lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo`lmagan murojaatlar. Tashkilot tomonidan murojaatni ko`rib chiqish rad etilganida bir ish kuni mobaynida murojaatni ko`rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari ko`rsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish to`g`risida xabarnoma yuboriladi. Davlat organi bitta va aynan o`sha foydalanuvchining bir necha bor ushbu masala bo`yicha javob bergan murojaatini, agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo`lsa, ko`rib chiqilmaydi. Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko‘rsatilgan. Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: - Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; - Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar; - Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari; - Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar; - Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari; - Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar; - Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar; - Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar; - Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar; - Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar. Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, ma’lumotlar omborini taqdim etish – bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’zida jamlagan. Bozordagi vaziyat dasturiy – texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning birinchi ehtiyoji – ishlab chiqarish xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing axborotlarini rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni ta’minlamoqda: · katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash; · axborotlarni tezkor izlab topish; · uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati; · bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash; · bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish; · faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma'lumotlar omborining paydo bo’lishi. Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o’tishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko’maklashmoqda. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy – matematik usullar va modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi. Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi. Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar – pul munosabatlarining yuzaga kelishi hamda hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib boshqaruv ierarxiyasining, tovar – pul munosabatlarining, hisoblash mashinalarining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi. Bundan tashqari axborot strategik resursga aylanmoqda, axborot resurslari esa uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini belgilab beradi deyishga asos bor. Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot industriyasi mamlakatning rivojlanishini, tarmoqlar va tashkilotlar yuksalinishini belgilab beradi. Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi: · barcha axborot tashuvchilardagi oldin yaratilgan va joriy vaqtda tanlangan birlamchi hujjatlar; · to’liq matnli ma’lumotlar ombori; · kutubxonalar, axborot markazlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yig’iladigan, chop etilgan va chop etilmagan birlamchi hujjatlar; · yaratilgan bibliografik mahsulotlar; · faktografik ma’lumotlar ombori; · tahliliy mahsulotlar; · axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar; · kompyuter tarmoqlari aloqalari; · axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish vositalari; · axborot mahsulotlarini yaratuvchi, saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar. Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manbalari. Har qanday tashkilot u yoki bu tashqi muhitda faoliyat ko’rsatadi hamda ichki muhitni yuzaga keltiradi. Ichki muhit tashkilotning tuzilmaviy bo’linmalari va u yerda ishlovchi xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida shakllanadi. Yuzaga kelish manbaiga bog’liq holda tashkilot doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar muhitlari mavjud. Ichki muhit axboroti odatda aniq bo’lib, xo’jalikning moliyaviy holatini to’liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko’pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi. · Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan – texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborotli jarayonlar ko’p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborotlashgan jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Xulosa Ushbu mavzudan mening qilgan umumiy xulosam shundan iborat bo’ldiki Yagona identifikatsiya tizimi — har xil hukumat agentliklariga va fuqarolik vebsaytlariga kirish imkoniyatini beradigan yagona akkount bilan taʼminlaydi. Foydalanuvchilar turli xil veb saytlar uchun turli xil akkountlar yaratishiga toʻgri kelmaydi va ular oʻzlarining elektron raqamli imzo orqali YIT ga javobgar idoralarga tashrif buyurmasdan roʻyhatga kirishlari mumkin. Foydalanuvchi YIT ga kirgandan soʻng, u YITga bogʻlangan veb saytlarga qaytadan kirishiga oʻrin qolmaydi. Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat tizimlariga E-hukumat tizimlari bilan Yagona Identifikatsiya Tizimi integratsiya boʻlgani sababli, barcha tegishli resurslarga kirish uchun bir akkaunt bilan foydalanish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati .1.S.Rahmonqulov “IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash”, Т.: “Sharq”, 1998. 2. A. Axmedov N. Taylaqov “Informatika”, Toshkent “O’zbekiston”, 2001. 3. A. Abduqodirov va boshqalar “Informatika”, Т.: “Me’ros”. 2002. 4. A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent «O’qituvchi», 2002. 5. http://www.microsoft.com/ 6. http://www.ziyonet.uz/ 7.http://www.ref.uz/ 8.Lokal tarmoqqa xizmat ko`rsatish diplom ish Download 46.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling