Yakka tadbirkorlik va qonuniy jixatlari


Download 406.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi406.39 Kb.
#1250617
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznes jarayonlarni boshqarish Topshiriq SAX-011 Xujamuratov Abbos



1. Yakka tadbirkorlikning o‘z-o‘zini band qilishdan farqi va qonuniy jixatlari. 
2. Dvizional tashkiliy tuzilmani chizing. 
3. Reklama to‘g‘risidagi qonun va noto‘g‘ri reklamalardan 3 ta misol va uning 
izohini keltiring. 
Yakka tadbirkorlik va qonuniy jixatlari
Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat 
xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki elektron 
shakldagi 
interaktiv xizmatlar
 yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. 
«Endilikda tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun ortiqcha hech qanday 
hujjatlar talab etilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini yarim soat yoki uzog‘i bilan bir 
soat muddatda ro‘yxatdan o‘tkazib tadbirkorlik guvohnomasi olish mumkin», – 
dedi Po‘lat Davlatov. 
Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markaziga 
boradigan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji 
to‘lashi, agar tadbirkor elektron shaklda mustaqil 
ro‘yxatdan o‘tmoqchi
 bo‘lsa, 
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilangan. 
Yakka tartibdagi tadbirkor(YaTT)lar qanday tartibda soliq to‘laydi? 
I. Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha 
bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. 
II. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 
milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan 
olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi. 
III. Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan 
oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan 
tartibda to‘lashga o‘tkaziladi. 


Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent 
shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun 
alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat'iy belgilangan soliq 
stavkasi belgilangan. 
YaTT lar uchun qanday imtiyozlar berilgan? 
Mutaxassisning xabar berishicha, YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy 
davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan 
YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi. 
Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda 
ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida 
belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir 
barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan. 
YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash 
imkoniyatiga egaligi, ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 
nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 
nafargacha ishchi yollashi mumkin. 
Mutaxassisning ta'kidlashicha, 2021 yildan boshlab kiritilgan o‘zgarishlarga asosan 
yakka tartibdagi tadbirkordan soliq agenti sifatida yollangan xodimlari uchun 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (daromadning 12 foizi miqdorida) 
undiriladi. 
Ma'lumot uchun, hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi 
mumkin. 2011 yil 6 yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining 
qarorida
 yakka 
tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan. 
Avvalroq, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida 
davlat organlari tomonidan tadbirkorlarni nazorat qilishning aniq 4 xil shakllari 
belgilab berilishi,bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini nazorat qiluvchi organlar 
va ularning nazorat funksiyalari ro‘yxati shakllantirilishi 
ma'lum qilingandi



Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha yagona Tadbirkorlik kodeksi ishlab 
chiqilishi va kodeksda tadbirkorlikka oid litsenziyalash, ruxsatnoma berish, yer 
ajratishga doir masalalar ham aniq tartibda belgilanishi haqida 
ma'lumot 
berilgandi


Download 406.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling