Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya


Download 161.13 Kb.
bet4/11
Sana19.06.2023
Hajmi161.13 Kb.
#1624145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Korxonalar va ularning turlari

Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir
Fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlar mahalliy kengashlar tomonidan meros qoldirish huquqi bilan 50 yilgacha muddatga ijaraga beriladi. Fermer xo‘jaligi ham mehnatga layoqatli yoshdagi oila a’zolaridan, ham yollanma ishchilardan foydalanishi mumkin. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tovar shaklida, ya’ni, asosan, bozorda sotish uchun ishlab chiqaradi.

AGROFIRMALAR
Agar siz nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki ularni qayta ishlash orqali ham o‘z tadbirkorlik daromadingizni oshirishni istasangiz, u holda agrofirma faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Agrofirma – fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona.

Oilaviy tadbirkorlik



Siz yakka tartibdagi tadbirkorlikning ayrim kamchiliklarini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali hal etishingiz mumkin. oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat oilaviy tadbirkorlik deyiladi.
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni ko‘p kvartirali uyning turarjoylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi
oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan va yuridik shaxs tashkil etgan holda yo‘lga qo‘yish mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy tadbirkor (oT), yuridik shaxs tashkil etgan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy korxona (oK) deb nomlanadi.

Download 161.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling