Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya


OILAVIY TADBIRKORLIKNINGAFZALLIKLARI


Download 161.13 Kb.
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi161.13 Kb.
#1624145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Korxonalar va ularning turlari

OILAVIY TADBIRKORLIKNINGAFZALLIKLARI

Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamkorlikdagi faoliyatning yuqori samaradorligini ta’minlaydi

Har bir oila a’zosining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilish samarali mehnat taqsimotidan foydalanishga zamin yaratadi

Tadbirkorlik faoliyatida oiladagi mavjud qo‘shimcha resurs va imkoniyatlardan foydalanish natijaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Oiladagi yoshlarning tadbirkorlik sirlarini o‘rganib borishiga imkon yaratadi

Oilaviy tadbirkorlikni meros qoldirish imkoniyati orqali avlodlarning kelajagini ta’minlaydi

OILAVIY TADBIRKORLIKNING KAMCHILIKLARI

Oilaviy munosabatlarning ish bilan bog‘liq munosabatlarga salbiy ta’sirining mavjudligi

Ayrim hollarda oila a’zolarining mutaxassis sifatidagi malaka va
ko‘nikmalarining yetarli bo‘lmas ligi

Oilaviy tadbirkorlikni yirik korxona shaklida tashkil etish imkoniyatining cheklanganligi 

Oilaviy korxona – yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik shakli. Oilaviy korxona ishtirokchilarining soni ikki kishidan kam bo‘lmay, ular korxona faoliyatini yuritishda shaxsiy mehnatlari bilan qatnashishlari shart.
Oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i, bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxonaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Oilaviy korxonaning ta’sis hujjati bo‘lib ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Oilaviy korxona ustav fondining minimal miqdori eng kam ish haqining o‘n barobaridan kam bo‘lishi mumkin emas.

Download 161.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling