Yakubjonova zarnigor mavzu: nomlovchi birliklar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana10.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1675222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
nomlovchi birliklar

Tarjimasi: 
Bu ayshu ishrat ichinda,
Bo‗z qo‗chqorday tog‗ ichinda,
Bir bulbulsan bog‗ ichinda,
So‗z ochmayin ovozingdan. 
5. Kommunikativ semantika. Bu soha o‗z navbatida struktural semantika, interpretatsion 
semantika, konseptual semantika singari yo‗nalishlarni umumlashtirish, yaxlit g‗oya sifatida 
tasavvur etish imkonini beradi. Tilshunoslik taraqqiyotining hozirgi bosqichida kommunikativ 
sementika muammolariga alohida e‘tibor berilmoqda. 
Semantik tadqiqot va uning metodlari.Ma‘lumki an‘anaviy tilshunoslik lisoniy birliklarni 
faqat shakliy tomonini o‗rganishga katta e‘tibor qaratgan edi. Bunday qarash, tilga semiotik 
1
Жабборов Х. Ўзбек тилида сув лексемасининг луғавий-маъновий хусусиятлари. – Қарши, ―Насаф‖ 
нашриѐти, 2005. -152 б. 


nuqtai nazardan yondashish, belgini faqat shakldan iborat deb hisoblash natijasida yanada 
kuchaydi. 
Til har biri yopiq tizim sifatida qaraladigan leksika, grammatika, fonetika kabi qat‘iy 
sathlarga ajratildi. Til birliklarini o‗zi ifodalayotgan obyektiv borliq bilan munosabati 
tadqiqotchilar e‘tiboridan chetda qoldi. Keyinchalik tilni, uning birliklarini bunday o‗rganish bir 
yoqlama ekanligi, shaklni ma‘nodan uzib bo‗lmasligi aytib o‗tildi. Natijada til birliklarining 
ma‘no tomoniga, mazmun planiga e‘tibor kuchaydi. Bu esa o‗z navbatida tilshunoslikda 
semantik tadqiqotlar semantikasini takomillashtirishga olib keldi. Hozirgi vaqtda tilshunoslikda 
qo‗llanilayotgan semantik tadqiqot metodlari juda xilma xildir. 
Tilshunoslikda semantik tadqiqotlarning kuchayishi natijasida shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, 
til birliklarining shakl va mazmun tomonidan tavsifi ham tilni to‗liq izohlash uchun yetarli 
emas. Til birliklarini matn (kontekst), nutq vaziyati bilan bog‗lab o‗rganishgina ularning 
ma‘nosini to‗g‗ri tushunishda katta imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bu esa til birliklarining 
pragmatik tomoniga qiziqishni kuchaytiradi. 
Axborotning to‗g‗ri tushunilishi uchun so‗zlashuvchilarning til haqidagi bilimidan 
tashqari, tinglovchining olam haqidagi bilimi, o‗sha gap qo‗llanayotgan paytdagi ijtimoiy holat 
haqidagi bilimi, so‗zlash jarayonida so‗zlashuvchilar ruhiy holati haqidagi bilimi va boshqa 
bilimlarni ham qo‗shish kerak. Bunday bilimlarni aniqlash uchun esa, xilma xil usul va 
metodlardan foydalaniladi. Axborotni tushunish jarayonida yuqoridagi bilimlarning barchasi 
teng ishtirok etadi. Shuning uchun faqat bu bilimlarning o‗zaro munosabatini hisobga 
olgandagina biz nutqiy jarayonning semantik mohiyatini anglashga erishgan bo‗lamiz. Ana shu 
amaliy ehtiyoj natijasida tilshunoslikda semantika va pragmatika vujudga keldi. 
Semiotikaning asoschilaridan biri bo‗lgan Ch.Morris bu fanni uchga bo‗lib o‗rgangan edi: 
1. Semantika – belgining, jumladan, NBlarning borliq ob‘ekti bilan munosabati haqidagi 
ta‘limot; 
2. Sintaktika belgining belgi bilan munosabati haqidagi ta‘limot;
3. Pragmatika – belgining so‗zlovchi bilan munosabati haqidagi ta‘limot1. 
Pragmatikaga semantika masalalarini o‗rganish kuchaygan bir paytda e‘tibor berilishi bejiz 
emas, chunki semantikaning tekshirish ko‗lami hozirgi davrga kelib g‗oyat kengayib ketganligi 
sababli uni biroz yengilllatishga ma‘noning matn (kontekst) bilan borliq qismidan xalos qilishga 
to‗g‗ri keldi. Natijada tilshunoslikda pragmatika semantikadan ajralib chiqib, o‗ziga xos 
tadqiqot metodlariga ega bo‗ldi, shu asosda lingvopragmatika sohasi vujudga keldi. 
1
Нурмонов А., Маҳмудов Н. ва бошқ. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. Тошкент,


Shunday qilib, lingvistik semantikada bir qancha usul va metodlardan foydalaniladi. Bu 
metodlar oddiy, intuitiv kuzatish usulidan tortib introspektiv, matematik metodlargacha bo‗lgan 
juda katta oraliqni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda tilshunoslikda olib berilayotgan semantik 
tadqiqotlarning asosiy vazifasi til birliklarining, jumladan NBlarning barcha imkoniyatdagi 
aloqadorligini, har xil semantik maydonlar, JICG (leksik-semantik guruhlar) tarkibi va 
struktkurasini chuqur va asosli o‗rganishdan iboratdir. Semantik tadqiqotlarda keng tarqalgan 
semantik maydon nazariyasini o‗rganishda oppozitiv, komponent va kontekstologik tahlil 
usullaridan foydalanish yaxshi natijalarga olib kelmoqda. Bu metodlarning har biri o‗z 
xususiyatlariga ega bo‗lib, ulardan oqilona va unumli foydalanish semantik tadqiqotlarning 
muhim jihatlarini aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari semantik tadqiqotlarda, ayniqsa, 
NBlarning ma‘no tarkibini tahlil qilishda transformatsion, psixolingvistik matematik tahlil, 
bevosita ishtirokchilarga ajratish singari metodlardan ham foydalanish mumkin.
Sistem tahlilda til birliklari tushunchasi bilan birga munosabat tushunchasi ham juda katta 
ahamiyatga ega. Chunki har qanday tizimda har bir birlikning mohiyati shu birliklarning o‗zida 
emas, balki bu birliklar orasidagi munosabatlar orqali aniqlanadi. Til birliklari, jumladan, NBlar 
orasida asosan o‗xshashlik (paradigmatik), pog‗onali (iyerarxik) va qo‗shnichilik (sintagmatik) 
munosabatlar o‗zaro farqlanishi tilshunoslikda aniq isbotini topgan. 
NBlar orasida quyidagi ziddiyat (oppozitsiya)lar ham o‗zaro farqlanadi: a) teng qiymatli 
(ekvipolent) ziddiyatlar: kitob-daftar, ota-ona, qiz-o‗g‗il, ona-bola kabi NLlar orasida o‗zaro 
qarama-qarshi quyilgan, teng qiymatli ziddiyatlar mavjud; b) mutanosib (proporsional) 
ziddiyatlar: ―erkaklik‖ va ―urg‗ochilik‖ belgisiga ko‗ra qiz-yitit, er-xotin, ona-ota, kampir-chol, 
opa-aka, megajin-qoban, sigir-xo‗kiz, baytal-ayg‗ir kabi NLlar o‗zaro mutanosibdir, chunki 
bunday ziddiyatlar ayni shu belgi (―erkaklik‖ va ―urg‗ochilik‖ belgisi) asosida tashkil topgandir; 
v) darajali (gradual) ziddiyat kamida uchta NBlar orasida bo‗ladi va ular muayyan bir belgi – 
xususiyatning darajasiga – oz-ko‗pligiga ko‗ra o‗zaro qarama-qarshi qo‗yiladi: xujra-kulba-uy-
hovli-qasr-koshona; ko‗chat-nihol-daraxt kabilar; g) noto‗liq (privativ) ziddiyatlarda bir belgi 
doimiy, o‗zgarmas bo‗lsa, qolgani o‗zgaruvchi, noto‗liq xususiyatga ega bo‗ladi: so‗z-qo‗shma 
so‗z-ibora (frazeologizm); unli tovush-sonor undosh tovush-shovqinli undosh tovush kabi 
atamalar orasida shunday noto‗liq ziddiyatlar ko‗zga tashlanadi. 
Shuni unutmaslik zarurki, NBlar orasidagi noto‗liq ziddiyatlar mohiyatini mantiqiy va 
falsafiy jihatdan ochishda an‘anaviy mantiq (formal logika) ning uchinchisi istisno qonuniga 
emas, balki-dialektik mantiqning oraliq uchinchi qonuniga amal qiladi, chunki oraliq uchinchi 
qonunida o‗zaro qarama-qarshi qo‗yilgan hodisalar birlashadi. Shunga ko‗ra, til birliklari, 


jumladan, NBlar orasidagi bog‗lanishni, davomiylikni ta‘minlashda noto‗liq (privativ
ziddiyatlar va oraliq uchinchilarning ahamiyati juda kattadir. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling