Yakuniy nazorat ishi!
O’quvchining FISH-----------------------------------------------------------------------------
1. Konda neft va gazni tayyorlash jarayoniga qaysi jarayonlar kiradi?
A) mahsulot zichligini o‘lchash
B) mahsulotning qovushqoqligini o‘lchash
S) mahsulotni yig‘ish, o‘lchash, ajratish, neftni suvsizlantirish, tuzsizlantirish, stabillashtirish va mexanik zarrachalardan ajratish
D) bosimni va haroratni o‘lchash
2. Suyuqlik yoki gazlarning bir bo‘lagini ikkinchi bo‘lagiga nisbatan siljishda ko‘rsatgan qarshiligi nima deb aytiladi?
A) portlovchanlik B) zichlik
S) qovushqoqlik D) elektrlanish
3. Neft, gaz va suvni yig‘ish va tayyorlash texnologiyasi nechta jarayonni o‘z ichiga oladi?
A) ikkita B) uchta S) to‘rtta D) beshta
4. Neft tarkibidagi suv miqdori qanday asbob yordamida o‘lchanadi?
A)Dina-Stark apparati B) Viskozimetr apparati
S) Rubin-2 apparati D) Sputnik-A apparati
5. Quvur devorida parafin cho‘kishini oldini olish va hosil bo‘lgan parafinni yo‘qotish uchun sirt faol moddalar ko‘proq qanday miqdorda qo‘llaniladi?
A) 15-20 g/tonna B) 50g/tonna
S) 100 g/tonna D) 10-12 g/tonna
6. Gaz tarkibidagi namliklar nimalarni hosil qiladi?
A) parafinlarni B) gidratlarni
S) karbonsuvchillarni D) kondensatni
7. Gaz tarkibidan bir yoki bir necha qo‘shimcha komponentlarni qattiq yutuvchilar bilan tozalash jarayoni qanday ataladi?
A) adsorbsiya B) absorbsiya
S) disorbsiya D) stabilizatsiya
8. Gazni hidlantirish jarayonida unga qancha etilmerkaptan qo‘shiladi?
A) 1000 m3 gazga 32gr B) 1000 m3 gazga 50 gr
S) 1000 m3 gazga 20gr D) 1000 m3 gazga 16 gr
9.Geometrik shakliga ko‘ra ajratgichlar qanday shakllarda bo‘ladi?
A) silindrik, sharsimon B) to‘rtburchak
S) uchburchak D) ko‘pburchak
Do'stlaringiz bilan baham: |