17) Sistema bloki tarkibiy qismini ayting?
1. Sistema bloki
1.1. Asosiy plata
1.1.1. Mikroprotsessorli tuplam
1.1.2. Shinalar
1.1.3. Operativ xotira
1.1.4. Doimiy xotira
1.1.5. CMOS xotira
1.1.5. Videokarta
1.1.6. Ovoz kartasi
1.1.7. Vintelyator
1.1.8. Kabellar
1.1.9. Mikrosxemalar
1.1.10. Taktli impulslar generatori
1.1.11. Uzilishlar nazoratchisi
1.1.12. Slotlar
1.2. Diskovod;
1.3. Vinchester;
1.4. CD – ROM/RW/DVD;
1.5. Portlar;
1.6. Tok manbai
18) Qo’shimcha qurilmalar va ularning vazifalarini keltiring?
Sichkoncha
Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va
ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo’yicha farqlanadi.
Printerlar
Ma`lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlarning lazer, matritsali
(ignali) va sepuvchi turlari mavjud. Ular har biri ishlash xolati, tezligi, bosmani sifati
va narxi, hamda ranglar bo’yicha farqlanadi.
Modem
Ma`lumotlar bilan telefon aloqa orqali almashish qismi. Modemlar tezligi
(2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo’yicha farqlanadi. Telefonda
hamma ma`lumotlar tovush holatida bo’ladi, komp'yuterda esa raqamlar holatida.
Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o’tkazadi, ikinchisi esa
tovushlarni raqamlarga o’tkazadi. Bu holat «modelirovanie» va «demodulirovanie»
deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan
Skanerlar
Tasvir va matn ma`lumotlarini komp'yuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli
va rangsiz bo’ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo’yicha farqlanadi.
Aktiv kolonkalar
Musiqa va xar xil tovushlarni chiqarish qurilmasi. Aktiv kolonkalar
dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) buyicha farklanadi
19) Taktli impulslar generatori va uzilishlar nazoratchisi qanday vazifani bajaradi?
Taktli impulslar generatori elektr impulslari ketma-ketligini ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilayotgan impulslarning chastotasi mashinaning taktli chastotasini aniqlaydi.
Uzilishlarning nazoratchisi SHKda muhim rol o’ynaydi.
Uzilish - bir dasturni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa dasturni tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to’xtatilishidir.Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo’ladi, shuni aytish etarliki, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari uzulishlar bilan bajariladi, masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta hosil qilinadi va xizmat ko’rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ularni sezmaydi).
Uzilishlar quyidagilarga bo’linadi:
• kiritish-chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar yoki quyi daraja uzulishlar;
• operacion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja uzulishlari.
Uzilishlar nazoratchisi uzulish jarayonlariga xizmat ko’rsatadi, tashqi qurilmalardan uzulishga so’rovni qabul qiladi, bu so’rovni muhimlilik darajasini aniqlaydi va mikroprossesorga(MP) uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasturning bajarilishini to’xtatadi va tashqi qurilma so’ragan uzulishning maxsus xizmat ko’rsatish dasturini bajarishga o’tadi. Xizmat ko’rsatish dasturi bajarilgandan so’ng uzilgan dasturni bajarilishi qayta tiklanadi. Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |