Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


) Qaysi fayl konfiguratsiya fayli hisoblanadi va AUTOEXEC.BAT faylining vazifasini izohlang?


Download 48.56 Kb.
bet17/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

21) Qaysi fayl konfiguratsiya fayli hisoblanadi va AUTOEXEC.BAT faylining vazifasini izohlang?
Konfiguraciya fayli yordamida operacion tizimni kengaytirish va SHK ba’zi qurilmalarining ishlashiga ta’sir ko’rsatuvchi o’rnatuvchi parametrlarni o’zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish imkoniyatini ta’minlovchi drayverlarni ulash mumkin.
Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
▪ operacion tizimni aniq bir apparat resurslariga moslashtirish;
▪ foydalanuvchining hamjihatlik interfeysini optimallash va yaratish;
▪ DOS va SHK ning ishlash samaradorligini oshirish.
Konfiguraciyalash CONFIG.SYS faylida berilgan ko’rsatmalar (direktivalar) bo’yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar bajarilishi mumkin:
▪ operacion tizimning ish rejimlarini o’rnatish;
▪ yangi tashqi qurilmalarning va qo’shimcha xotiraning drayverlarini ulash;
▪ DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga o’tkazish imkoniyatini ta’minlash;
▪ xotirani strukturlash (masalan, kiritish-chiqarish buferlariuchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u.), utilitalarni sozlash, tizimning sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini o’rnatish;
▪ rezident dasturlarni yuklash;
▪ kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikaciyalash. CONFIG.SYS fayli SHK ning barcha resurslarini (dasturli va apparatli) ma’lum chegaralarda o’zgartirish va shakllantirish imkomini beruvchi maxsus buyruqlarni o’z ichiga oladi.
22) Operacion tizimni yuklash ketma – ketligini ayting?
Operacion tizimni yuklash deganda uni operativ xotiraga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.
SHK ulanganda doimiy eslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o’qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layoqatliligini va uning o’zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga ega bo’lgan disketani yoki
yuklovchi dasturiga ega bo’lgan vinchesterni (Boot Record) o’qish bajariladi, ularning yordamida keyin operativ xotiraga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bo’yicha qo’shimcha
drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.
Keyin mashinani boshqarishni o’ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi operativ xotiradan o’chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displey ekranida ishga taklif etish paydo bo’ladi (C:>, A:> yoki
boshqa variantlar) SHK ishga tayyor.

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling