Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


) Microprocessorlarning tiplarini sanab o’ting?


Download 48.56 Kb.
bet19/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

26) Microprocessorlarning tiplarini sanab o’ting?
Barcha mikroprocessorlarni 3 ta guruhga bo’lish mumkin:
- CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to’liq to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;
- RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;
- MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to’plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi).
27) Buyruqlarning konveyerli bajarilishi deganda nima tushniladi?
Buyruqlarning konveyerli bajarilishi - bu natijalarni MP ning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MP ni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHK ning tezkorlilik bo’yicha samaradorligini 2-3 marta ortgiradi;Zamonaviy mikroprocessorlar ikkita ish rejimiga ega:
• haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bittp dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga esa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;
• himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHK da bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi;Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operacion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MP da guyo, parallel ishlaydigan va turli xil operaciey tizimlarga ega bo’lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.
28) RISC tipidagi mikroprocessorni imkoniyatlari va kamchiligini ayting?
RISC tipidagi mikroprocessorlar oddiy, dasturlarda eng ko’p uchraydigan buyruqlarni o’z ichiga oladi. Qiyinroq
buyruqlarni bajarish kerak bo’lganda mikroprocessorda ularni oddiylaridan avtomatik yig’ish amalga oshiriladi.
Bu MP larda har bir oddiy buyruqni bajarishga, ularni yozib quyilganligi va parallel bajarilishi hisobiga 1 mashina takti sarflanadi (CISC tizimidagi xatto eng qisqa buyruqni bajarishga ham odatda 4 takt sarflanadi).
RISC tipidagi birinchi MP lardan - ARM (uning asosida IBM PC RT SHK yaratilgan) 118 ta turli xil buyruqlarga ega bo’lgan 32-razryadli MP. Zamonaviy RISC MP lari (80860, 80960, 80870, Power PC) 150 mln. amal/sekund tezkorli, 64-razryadlidir. Power PC mikroprocessorlari (Perfomance Optimized With Enhanced RISC PC) juda istiqbollidir va hozirning o’zidayoq mashina-serverlarda va Macintosh tipidagi SHK larda keng qo’llanilmoqda. Power PC mikroprocessorlari 300 MGc gacha taktli chastotaga ega.RISC tipidagi mikroprocessorlar juda yuqori tezkorlikka ega, lekin dastur jihatdan CISC-processorlar bilan moslashgan - IBM PC SHK lari uchun ishlab
chiqilgan dasturlarni bajarishda, ular CISC tipidagi MP larni dasturli darajada, faqat emulyaciya (modellashtirish, initaciya qilish) qilishi mumkin, bu esa ular samarali unumdorligini keskin pasayishiga olib keladi.Barcha yangi MP lar 0,35 mkm va undan kichik tartibli chiziqli o’lchamli elementlarning shakllanishini ta’minlovchi texnologiya asosida yaratiladi (an’anaviy 80486 va Pentium MP larida 0,8 mikronli elementlarni ishlatilgan).
Elementlar o’lchamlarining kichiklashishi quyidagilarga imkon beradi:
▪ MP taktli chastotasini 100 MGc gacha va undan yuqorigacha oshirish, chunki tezkorlikni oshirishdagi to’siq «yorug’likning» etarli bo’lmagan tarqalish tezligidir (300 000 km/s);
▪ pasaytirilgan manba kuchlanishi 3,3 ni V ni ishlatish imkoniyati (standart 5 V o’rniga) hisobiga MP qizib ketishini kamaytirish.MP funkcional jihatdan ikki qismdan iborat:
▪ amalli, u o’z ichiga boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik-mantikiy qurilma (AMK) va mikroprocessorli xotirani (MPX) oladi (bir nechta adresli registrlardan tashqari);
interfeysli, ular o’z ichiga MPX ning adresli registrlarini; buyruqlar registrlari blokini - mashinaning yaqin taktlarida bajariladigan buyruqlar kodlarini saqlash uchun xotira registrlarini; shinalarni va portlarni boshqarish sxemasini oladi.Ikkala qims parallel ishlaydi, lekin interfeysli qims amalli qismdan o’zib ketadi, shuning uchun xotiradan navbatdagi buyruqni tanlab olish (uni buyruqlar registri blokiga yozish va oldindan tahlil qilish) amalli qims oldingi buyruqni bajarish vaqtida bajariladi. Zamonaviy mikroprocessorlar interfeysli qismida bir nechta guruh, registrlarga ega, ular turli darajadagi o’zib ketish bilan ishlaydi, bu esa amallarni konveyer usulida bajarish imkonini beradi. MP ning bunday tashkil etilishi uning samarali tezkorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling