32) Tezkor va doimiy xotira farqini ayting?
Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory - DRAM) yoki statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi mikrosxemalarda qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka ega, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning
(MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
33) Kesh xotiraning vazifasi nimadan iborat?
kesh-xotira - nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u AX va MP o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan SHK
larda yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat ega olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
Kesh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida AX dan birmuncha ilgari uqilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish principi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
• «teskari yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari u AX ga yozilishidan
oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu qiymatlarni
mustaqil ravishda AX ga qaytadan ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham AX ga yoziladi.80486 MP laridan boshlab mikroprocessorlar o’zining sozlangan xotirasiga
(yoki 1-darajali kesh-xotiraga) ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprocessorlari qiymatlar uchun alohida va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta emas - 8 Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali kesh-xotiradan tashqari, mikroprocessor platasiga sozlangan va mikroprocessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt bo’lgan 2 -darajali keshxotira ham mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |