Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


) Dasturiy ta’minot nima va BIOS vazifalari nimadan iborat?


Download 48.56 Kb.
bet16/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

20) Dasturiy ta’minot nima va BIOS vazifalari nimadan iborat?
Dastur ta’minoti (DT) - bu doimiy qo’llaniladigan dasturlar to’plani bo’lib, ular foydalanuvchining masalalarini echish uchun zarur va hisoblash texnikasini eng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda eng ko’p qulaylik yaratishni hamda masalalarni va ma’lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarfini ta’minlaydi.
DTni tizimli (bazaviy) va amaliyga bo’lish qabul qilingan. Tizimli dastur ta’minoti (TDT) axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni EHMda qo’llash uchun hamda EHM dan foydalanuvchilarga EHM resurslari bilan ishlash bo’yicha ma’lum xizmatlarni taklif etish uchun mo’ljallangan.
Amaliy dastur ta’minoti (ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki shunday masalalar sinfini echish uchun mo’ljallangan (ADT ni ko’pincha dasturli ilova deb ataladi).
Tizimli dasturli ta’minoti o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Operatsion tizim (OT) - TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo’lib, u SHK ning turli rejimlarda samarali ishlashini ta’ninlaydi, dasturning bajarilishini va foydalanuvchi va EHM tashqi qurilmalarining o’zaro ishini tashkil etadi.
Servisli dasturlar, ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo’shimcha xizmatlar to’plamini taklif etib, DT ning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Instrumentalli (vositali) dasturli vositalar, ular DT ni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo’ljallangan.
Texnik xizmat ko’rsatish tizimi, u diagnostika, jixozlarni tiklash va SHK danuqsonlarni topishni engillashtiradi, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni o’zgartirish jarayonlarining bajarilish aniqligini ta’minlaydi.
4.3. KIRITISH-CHIQARISH BAZAVIY TIZIMI (BIOS)
BIOS, qatiy aytganda, OT ning emas, balki SHK ning komponenta hisoblanadi, negaki SHKda ishlatiladigan OT almashganda o’zgarmaydi (Doimiy eslab qolish qurilmasida joylashganligi uchun).
BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:
mashinani iniciallashtirish, ya’ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning barcha elementlarini boshlang’ich holatga keltirish;
• testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda apparatura va dasturli resurslarning ishga layoqatliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b.);
• operacion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini o’qish;
• xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzulishlarni qayta ishlash;
• SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling