Yakuniy nazоrat savоllari
YЕr tipidagi sayyoralar. (Mеrkuriy. Vеnеra va Mars)ning fizik tabiati
Download 338.44 Kb.
|
1-30 (2)
38. YЕr tipidagi sayyoralar. (Mеrkuriy. Vеnеra va Mars)ning fizik tabiati. Yer tipidagi sayyoralar o'rtacha zichligi va sirtidagi parabolik tezlik miqdori bilan Yerga o'xshashdir. Ular Quyoshga yaqin joylashganliklari bois Quyoshdan ko'p energiya olgani uchun sirt temperaturalari boshqa sayyoralamikidan ancha yuqori bo'ladi. Merkuriy atmosfera hosil qila olmaydi. Merkuriyning sirti Oynikiga o'xshash ko'plab kraterlar bilan qoplangan. Ularning diametri 50 m dan 200 km gacha oraliqqa to'g'ri keladi. Sayyora sirtida (po‘stlog‘ida) uzunligi yuzlab km, kengligi 10 km keladigan yoriqlar ko'rinadi. Kraterlar ichida qotgan vulqoniy modda ko'rinadi. Katta kraterlardan Oydagi singari yorug' nursimon tuzilmalar taraladi. O'q atrofida aylanish davri Quyosh atrofida aylanish davrining 2/3 qismini tashkil etadi. Merkuriyda Quyoshiy kun 176 Yer sutkasi. Bunday uzun kun davomida sayyora sirti 600 К gacha qiziydi, kechasi esa 110 К g ach a soviydi (sayyora sirti ostida 190 K). Merkuriyda magnit maydon Yernikidan 1000 m arta kuchsiz.
d) Venera. Venera-ning asosiy fizik ko'rsatkichlari. Yer magnitosferasi radiatsion belbog‘Iar keltirilgan. Venera ham Merkuriy singari o'z o ‘qi atrofida juda sekin aylanadi (aylanish davri 243 Yer sutkasi). Sayyora atmosferasi asosan CO2 (97%) va azot, kislorod, argon (<2%) lardan tarkib topgan. Ammiak borligi aniqlangan (0.1—0.01 %). Sayyorada CO miqdori Yerdagidek. Suv 100 marta kam. Sayyora hamma vaqt bulut qatlam bilan o‘ralgan . Mars Quyoshdan Yerga qaraganda 1.5 marta uzoqda joylashgan va 2.3 marta kam energiya oladi, o'rtacha tem peratura -13°C ga past, tortishish maydoni 2.5 marta kuchsiz. Mars massasi Yerga nisbatan 10 marta kam va yuzidagi parobolik tezlik 2 martadan kam. Unda 95% CO, 2.5-% azot, 2%-argon, 0.3 % kislorod va 0.1 % gacha suv bug'i borligi aniqlangan. Sayyora yuzi yaqinida atmosfera bosimi Yerdagidan 160 marta kam, ekvatorida tush paytiga yaqin temperatura peregeliyda 298 K, afeliyda 253 K. Kechqurunga yaqin T 183 K, qutblarida qish paytida 148 K, yillik o'rtacha temperatura 213 K. Temperaturaning bu darajada keskin o'zgarishi tufayli sayyora atmosferasida shamollar bo'lib turadi, odatda tj = 10 m/sek va ayrim hollarda г) = (50— 100) m/sek ga yetadi. Bunday to'fonlar mayda qum zarralarini atmosferaga (20 km gacha) ko'tarilib, Mars yuzidagi tuzilmalar ko'rinmay qoladi. Mars atmosferasida quyuq bulutlami ko'rish mumkin. Avtomatik stansiya Viking-2 baland tog' (Olimpiya qorlari) lar cho'qqisi bulut bilan o'ralganini ko'rsatdi. Mars qutblari atrofida oq dog'lami ko'rish mumkin. Qutb qalpoqlari deb ataladigan bu oq dog'lar sayyora yarim sharida qish bo'lganda yaqqol ko'rinadi, bahorda kichraya boshlaydi va yozda ko'zdan g'oyib bo'ladi (shimoliy qalpoq yozda to'la yo'qolmaydi!). Download 338.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling