Yakuniy nazоrat savоllari


Mayda planetalar (asteroidlar)


Download 338.44 Kb.
bet27/30
Sana21.06.2023
Hajmi338.44 Kb.
#1640596
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1-30 (2)

41. Mayda planetalar (asteroidlar)
1596-yili bosilgan «Kosmografiya sirlari» asaridayoq, logann Kepler Mars bilan Yupiterning orasida yana bir planeta bo'lishi kerak degan gumon bilan chiqqan edi. Keplerning bu gipotezasi ikki asrdan so'ng planetalarning Quyoshdan o'rtacha uzoqliklarini ifodalovchi ajoyib empirik (bevosita kuzatishlardan aniqlangan) qonuniyatning ochilishi bilan tasdiqlandi. 1772-уili vittenberglik astronom logann Titsius planetalarning astronomik birliklarda ifodalangan katta yarim o'qlari topilishini aniqladi.
Titsiusning kashfiyotidan xabar topgan berlinlik astronom logann Bode bu empirik munosabatni qayta ko'rib, to'g'riligiga ishonch hosil qildi va uni keng targ'ib qilishda katta xizmat ko'ratdi Shundan so'ng bu qonuniyat Titsius—Bode qonuni nomi bilan dunyoga mashhur bo'ldi. Natijada, bu qonuniyatga ko'ra jylars bilan Yupiterning oralig'ida Quyoshdan o'rtacha 2,8 astronornik birlik masofada yana bir planeta bo'lishiga endi ko'pchilik astronomlar shubha qilmaydigan bo'lishdi.
1804-yil 2-sentabrda Hut yulduz turkumida astronom keyinchalik Yunona deb nomlangan mayda planetani, 1807-yil 29-martda esa Olbers to'rtinchi asteroid Vestani topdi.
Shundan so'ng, Mars bilan Yupiterning oralig'ida qadimda Orna'lum bir planeta halokatga uchragan degan gipotezaga astro-Iomlar yanada ko'proq ishonch hosil qila boshladilar. Bu esa, o'z lavbatida, hali Mars bilan Yupiter oralig'ida «tesha tegmagan» mayda planetalar ko"p degan xulosani berdi. O'nlab astronomiya ishqibozlari tunlarni bedor o'tkazib, mitti planetalarga «qarrnoq tashlashda» davom etdilar. Biroq bu urinishlarning ko'pi befoyda ketdi. Faqat 1845-yilga kelib 15 yillik tinimsiz izlanishlar astronomiya «ishqibozi» - pochta chinovnigi Karl Genkeni yangi asteroid bilan mukofotladi. Beshinchi, bu mayda planeta Astrei deb nomlandi. Bu hodisadan so'ng mitti planetalarning ochilishi tezlashib ketdi. Keyingi o'n yilda ularning soni 36 taga, 1890-yilga kelib esa 302 taga yetdi.
Urush yillarida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan Semeiz (Qrim) observatoriyasi xodimi, professor G.Neuymin topgan asteroidlardan biriga (1351-sonlisiga) «O'zbekistoniya» deb nom bergan.
Mayda planetalarga tegishli yana bir qiziq gap shundaki, ularning ko'pi topilgach, orbitalarini hisoblashga ulgurmay turib yo'qotib qo'yiladi. Shu xilda «yo'qolgan» mitti planetalarning soni mingdan ortiq.



Download 338.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling