Yakuniy nazоrat savоllari
Yulduzlarning tеmpraturasi va yorqinligi
Download 338.44 Kb.
|
1-30 (2)
48. Yulduzlarning tеmpraturasi va yorqinligi.
Yulduz yorqinligi — yulduz nurlanish quvvatini, yaʼni yulduzning birlik fazoviy burchakda nurlayotgan yorugʻlik oqimini ifodalovchi miqdor.[1][2] 3.83×1026 W ga teng boʻlgan Quyosh yorqinligi birligi (L⊙) da ifodalanadi. Yulduz yorqinligi tushunchasi umumiy fotometriyanyant „yorqinlik“ tushunchasi bilan mos kelmaydi. Yulduz yorqinligi yulduz spektrining maʼlum bir qismiga tegishli (vizual, fotografik yulduz yorqinligi va h.k.), yoki yulduzning butun spektri boʻyicha nurlanishiga (bolometrik yulduz yorqinligi) tegishli boʻlishi mumkin. Bular bir-biridan katta farq qilib, bolometrik yorqinligi 5105erg/sek. Quyosh yorqinligiga teng boʻlgan yulduzlar (O spektral sinfiga tegishli boʻlgan oʻta gigant yulduzlar), bolometrik yorqinligi Quyosh yorqinligidan bir necha yuz marta kam boʻlgan yulduzlar mavjud. taxminan yorqinligi bu qiymatdan kam boʻlgan yulduzlar boʻlishi mumkin. Yulduz yorqinligi massa, radius va sirt temperaturasi kattaliklari qatoridagi muhim kattaliklaridan hisoblanadi. Bu kattaliklar orasidagi bogʻlanishlar nazariy astrofizikada oʻrganiladi. Yulduzlarning temperaturasi Yulduzlarni nurlanishi uning atmosfera qatlamlaridan chiqadi va uni o‘lchashga asoslanib topilgan temperatura ana shu atmosfera qatlamlarining temperaturasi bo‘ladi. Yulduzlar temperaturasini o‘lchashning bir necha usullari mavjud, ular yulduz spektrida energiyani taqsimlanishini va yulduz chiziqlar intensivligini yoki to‘la energiyani o‘lchashga asoslangan. Qo‘llanilayotgan usulga ko‘ra hisoblab topilayotgan temperatura har xil nom bilan yuritiladi. Har xil usul bilan o‘lchanayotgan yulduz temperaturasi biroz farq qiladi. Buning sababi ular yulduz nurlanishining har xil sohalarini ifodalaydi. Har xil usullar bilan hisoblab topilgan T lar bir biriga yaqin bu`ladi va yulduz atmosferasining temperaturasini ko‘rsatadi. Yulduzlarning temperaturasi 1000 dan 50 000 K gacha oraliqqa to‘g‘ri keladi, ya’ni yulduzlarni eng past va yuqori T-lari 50 marta farq qiladi, xolos. Bunday usullar bilan o‘lchangan temperatura yulduzning atmosfera qatlamlarining temperaturasiligini unutmaslik kerak. Temperatura yulduzning ichki qatlamlarida bundan yuqori bo‘ladi. Yorqinlik temperatura (T) ning to‘rtinchi darajasiga bog`liqligini xisobga olsak, yuqorida topilgan yulduzlarning yuza temperaturalar farqi ularning yorqinliklarini 2.5105 marta o‘zgarishini ta’minlaydi. Demak L ni o‘zgarish diapazoni (1012)ni qoplash uchun R ni o‘zgarish diapazoni 105 martadan kam bo‘lmasligi zarur. 49. Spеktr – yorqinlik diagrammasi. Download 338.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling