Yakuniy uchun savollar


Download 74.92 Kb.
bet3/9
Sana05.05.2023
Hajmi74.92 Kb.
#1426692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarbiya sessiya

Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan
20. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlari.
Kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali, bo’lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb –hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda individual xusuyatlarni ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to’laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy pedagogic asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o’quv qo’llanmalar, dars ishlanmalari, ko’rgazmali vositalarning kamligi, kasb tanlash mezon va me’yorining belgilanganligi, kasb tanlash bo’yicha tezkor aloqning o’rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan biridir. Kasb tanlash uchun o’quvchi o’z imkonoyatlarini baxolay olish ko’nikmasiga, ya’ni qiziqishi mos kasblar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axbort va yangiliklardan habrdor bo’lishi zarur. Ushbu talablaardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2003 yil 29 oktabrda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb –hunar ta’limiga izgil o’tishni ta’minlashga doir qo’shimcha chora tadbirlari to’grisida” gi 473-sonli hamda Prezidentimiz I.A. Karimovning 2006 yil 27 iyuldagi “Umum ta’lim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishlarini kengaytirish choralari to’grisida”gi PQ-427-sonli qarorlari uzluksiz ta’lim tizimida maktab bitiruvchilarining o’z kasbiy qiziqish va layoqatlari asosida ta’limning keyingi turi va bosqichlariga jalb qilinishi, o’zining tayyorlov yo’nalishlariga to’g’ri va samarali yo’naltirishning muhim masalasi sifatida qabul qilindi.
21. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, M.Qoshg`ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, A.Temur, A.Navoiy kabi buyuk siymolarning tarixiy asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyati
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz 
uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat 
masalasidir!” degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi. 
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, 
jismonan sog’lom, ma’nan etuk shahs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu 
boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik 
dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.

22. Abu Nosir Farobiy asarlarida insonning axloqiy xislatlarini ta`riflanishi


Abu Nasr Forobiy o’rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o’zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog’ – salomat bo’lib, o’z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o’tkir, 5 – o’z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma’rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o’zini tiya oladiga bo’lishi (qimor yoki boshqa o’yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi, 8 – haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yelg’onchilarni yomon ko’radigan, 9 – o’z qadrini biluvchi va oriyatli bo’lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jurhatli, jasur bo’lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko’rishni istaydi.
23. Sharq mutafakkirlarining merosida oilada bolalarni axloqiy tarbiyalash
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan.SHarqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Ali ibn Sino,Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur,Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir.Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogic va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali o’quvchilarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz.
Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan,ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar- halollik, poklik, mardlik, mehribonlik,haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo’ladigan yuksak fazilatlar,avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy- axloqiy,sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.

24. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.


Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.

25. Tarbiyaviy ishlar jarayonida pedagogik mahoratdan


samarali foydalanish
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir
26. Pedagogik mahorat turlari.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
sotsial o'z-co'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
sotsial masuliyat - o’qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.

27. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.


Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogiiq.

28. Pedagogik texnikaning xususiyatlari


29. Pedagogik texnika vositalari haqida tushuncha .
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’limtarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
Birinchi guruh komponentlari ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalari nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish,
Birinchi guruh komponentlari ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalari nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bili shi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi. mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuv chan lik, xayol) egaligi; ta’lim tarbiya jarayonida o‘z xatti harakatlarini boshqarishi, (mi mi ka, pantomimika ); ta’lim tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay oli shi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
Ikkinchi guruh komponentlari ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi: o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini
Ikkinchi guruh komponentlari ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi: o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi. ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommu nika tiv qobiliyatlari; ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning baja rilishini nazorat qilishi;

30. Pedagogik texnika va mahorat.



Download 74.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling