Yakuniy uchun savollar


SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar


Download 74.92 Kb.
bet8/9
Sana05.05.2023
Hajmi74.92 Kb.
#1426692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarbiya sessiya

SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealartabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.

59.Sinf rahbarini o‘quvchilarning axloqiy shakllanish jarayonidagi faoliyati.


Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir.

Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi.

Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lga g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir.

Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. SHu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki

talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak.
60.O‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishishida sinf rahbarning roli
Sinf rahbarining ishi maqsadli, tizimli, rejali faoliyatdir. Men sinf rahbari sifatidagi faoliyatimni ta’lim muassasasining ta’lim dasturi asosida, oldingi faoliyatni, ijtimoiy hayotdagi ijobiy va salbiy tendentsiyalarni tahlil qilish, hozirgi vazifalarni hisobga olgan holda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida quraman. maktabning pedagogik jamoasi oldida turgan, sinf jamoasidagi vaziyat. O'quv faoliyatini rejalashtirishda men o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, ularning hayotining ijtimoiy va moddiy sharoitlarini, oilaviy sharoitlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olaman. Menimcha, ta'lim faqat usullarni qo'llash kombinatsiyasi mavjud bo'lganda samarali bo'ladi: ishontirish, namuna, raqobat, rag'batlantirish. Sinf jamoasining hayotini qanday qilib ijobiy va muvaffaqiyatli qilish muammosi haqida fikr yuritar ekanman, men o'z ta'lim dasturimni yaratish zarurati tug'ildi, bu sinf jamoasining ishini tizimlashtirishga yordam berdi va o'quvchilarning rivojlanishiga yordam berdi.Kattalar ham, bolalar ham kerak. o'z ahamiyatini va muvaffaqiyatini his qilish. Muvaffaqiyat darajasi insonning farovonligini, dunyoga bo'lgan munosabatini, bajarilayotgan ishda ishtirok etish istagini belgilaydi, ijodkorlik va hamkorlikni rag'batlantiradi.Agar o'quvchi umumiy ishga qo'shgan hissasi qadrlanishini ko'rsa, unda u keyingi tadbirlarda yanada faolroq va zavq bilan ishtirok eting. O'quvchilarning muvaffaqiyatini baholash vositasi sinf rahbarining so'zi, uning intonatsiyasi, imo-ishoralari, yuz ifodalari, mukofotlar va mukofotlar tizimi bo'lishi mumkin. Sinf jamoasining rivojlanishi bilan har bir shaxsning rivojlanishi va takomillashuvining muvaffaqiyatini baholash juda muhimdir. Agar ta'lim jarayoni maxsus ishlab chiqilgan hayot dasturi o'z-o'zini rivojlantirish va o'zini o'zi boshqarish imkoniyatlari bilan uyg'unlashgan maqsadli tizim bo'lsa, shaxsiy yondashuv haqiqiy bo'ladi. Bugungi umuminsoniy qadriyatlar va voqeliklardan kelib chiqqan holda, XXI asr insoni jismonan sog‘lom, ma’naviy-axloqiy, intellektual rivojlangan, har tomonlama tafakkuri va tashqi olam bilan faol bog‘langan, ya’ni MUVAFFAQIYATli bo‘lishi kerak.

61. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi.


Tarbiyaning asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: — yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; — o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; — har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash; — insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (birbirini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‘llanishi lozim; — vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat-muloqotni o‘rganish, 147 o‘z xalqi, davlati, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; — qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya; — mustaqil davlatimiz — O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirmoq kerak; — turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish; — sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish; — yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir.
62. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifalari.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.

63. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot berish.


Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, Tarbiyaning asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: — yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; — o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish
64. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.
Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’- naviy-axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq- atvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekiston- ning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatuvchi avlodni tar- biyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda:


  • fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;


  • vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;


  • diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;


  • davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish;


  • o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;


  • yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;


  • maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati;


  • tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati;


  • o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik.


65. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari


\ Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:


Download 74.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling