Yakuniy uchun savollar
Download 74.92 Kb.
|
tarbiya sessiya
Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi. Sinf rahbari majlis oʻtkazish davomida yaxshi oʻqiydigan bolalarni sinfda, yangi jamoa ichida ragʻbatlantirishi kerak. Bunda bolalar bir-biriga doʻstona munosabatda boʻlishadi. Shuning uchun ular bir-biriga intilib, yaxshi oʻqishga harakat qiladi. Yomon oʻqiydigan bolalar yaxshi oʻqiydigan bolalarga intilib ular ham yaxshi oʻqishga kirishadi. Bundan tashqari sinf rahbari oʻquvchilarning bilim darajasini oshirish uchun oʻz sinfida kutubxona tashkil qilishi mumkin. Bu kutubxonadagi kitoblarni oʻquvchilar sinfdan tashqari oʻqish vaqtida yoki darsdan soʻng boʻsh qolgan paytlarida, oʻqib oʻzlariga foydali tomonlarini olishi mumkin 51.Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida Oʻquvchilar oʻrtasida salbiy holatlar roʻy bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak. Buning uchun eng ishonchli usuli - oʻquvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida oʻzaro faol hamkorlik qilish jarayonida kuzatishdan iboratdir. Buning uchun maxsus diagnostik usullar, masalan, anketa tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga kcltirish kabi usullardan foydalish mumkin. Lekin bu usullarni guruhga juda ehtiyotkorlik bilan, katta pedagogik odob bilan qoʻllash lozim . Oʻquvchilarni oʻrganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi oʻqituvchilar uchun qonun boʻlishi kerak. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashda maktab oʻquvchisini oʻz-oʻzini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishga boʻysunmaydigan, tarbiyasi qiyin bolalar bu, albatta, yomon oʻzlashtiruvchilar emas. Sinf rahbari oʻquvchilar yomon xulq-atvorining, past oʻzlashtirishining sabablarini puxta oʻrganadi. Bunda oʻquvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarining ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jamoa munosabatlari - dastavval muayyan maqsadlarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan maqsadlar yoʻnaltirib turadigan oʻzaro mas'uliyatli munosabatlardir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega boʻlish, oʻz malakasini oshirib borish bilan birga ishga ijodiy yondashish talab etiladi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar oʻquvchilarni oʻzaro bogʻlovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, oʻzaro aloqalarining toʻgʻri boʻlishiga ta’sir oʻtkazishi va ayni vaqtda oʻz ining oʻrnini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov boʻladi. Sinf rahbari oʻquvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha gʻamxoʻrlik qilib boradi. 52.O‘quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi . 53.O‘quvchilarni bilimga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish. Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirishlari yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilishi zarur. Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ta’lim metodlarini faollashtirish borasida sermazmun ishlar qilinmoqda. O‘quvchilarni faol va ijodiy bilim olishga o‘rgatish maktab tajribasida muhim masala bo‘lib, bunda sinf rahbarining shaxsiga katta e’tibor berilmoqda. Shu o‘rinda o‘quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifasi nimalardan iborat, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bular: O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lish va unga mas’uliyat bilan yondoshish hissini tarbiyalash. Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg‘otish. O‘quv mehnati madaniyatini oshirish. O‘quvchilarni o‘quv mehnatida muayyan rejaga amal qilishga o‘rgatish. Sinfda o‘qish jarayonida o‘rtoqlariga yordam uyushtirish. Sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik va yaqindan aloqada bo‘lish. 54.Sinfda intizomni mustahkamlash. O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash O`quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg`otish. Bola bilimga qiziqmasdan turib, o`qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o`qiy olmaydi. Bolada o`z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o`qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag`batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o`qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg`otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. 2. O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lish va unga mas`uliyat bilan yondashish. O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lishlik ta`limning ijtimoiy, o`qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o`quvchilarga ularning bosh vazifasi – o`qish ekanligini tushuntirishi kerak. O`qishga mas`uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli – jamoa, o`qituvchilar, ota-onalar va o`z oldidagi mas`uliyat, ularning fikrlari, ma`qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o`quv jamoasida munosib o`rinni egallashga ham tegishlidir. 3. O`quv madaniyatini oshirish. O`zlashtirishning past bo`lishi aksariyat hollarda, o`quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko`nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o`qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o`quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog`liq: Faoliyatni reja asosiga qurish. Qunt bilan ishlash. Pala-partishlikka yo`l qo`ymaslik, saranjomlikka o`rganish. Bilim sifatini oshirish. Qiyinchiliklarni yengish. O`quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu degani o`quv mehnatini o`quvchining dam olishi bilan to`g`ri almashtirib borilishidir. 7. O`qishda o`rtoqlarcha o`zaro yordam uyushtirish. O`rtoqlarcha o`zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinf o`qituvchilari bilan hamkorlik. 55.O‘quvchilarning o‘quv mehnatini tashkil etish usullari. 56.Mehnat tarbiyasini singdirishda sinf rahbarining tutgan o‘rni. Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. 57.O‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnati. Ishga tayyorgarlik mehnat faoliyatining o'zidan ancha oldin boshlanadi. Shaxsning shaxs sifatida shakllanishi, uning o'z taqdirini o'zi belgilashi uning tug'ilishidan boshlab va butun umri davomida atrofdagi dunyoni bosqichma-bosqich bilish bilan uzviy bog'liqdir. Maktab yillari - bu insonning iste'dodlari, qobiliyatlari, ko'nikmalari va qobiliyatlarining ulkan rivojlanishi davri bo'lib, u keyinchalik uni qo'llaydi va tuzatadi. Shuning uchun maktabda mehnatga o'rgatish masalalari hozirgi zamonda ham o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Zamonaviy maktabda shaxsni muvaffaqiyatli shakllantirish faqat ta'lim ishlarini amaliy mehnat faoliyati bilan oqilona tashkillashtirilgan uyg'unlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin. To'g'ri yo'lga qo'yilgan mehnat ta'limi, maktab o'quvchilarining ijtimoiy foydali, samarali mehnatda bevosita ishtirok etishi fuqarolik kamoloti, shaxsning axloqiy va intellektual shakllanishi, jismoniy rivojlanishining samarali omilidir. Maktab bitiruvchilarining kelajakdagi taqdiri qanday rivoj topmasin, ularga har qanday faoliyat sohasida mehnat ko‘nikma va malakalari kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham maktab ta'limida mehnat elementi azaldan juda muhim pedagogik tendentsiya bo'lib kelgan. 58.O‘quvchi shaxsiga ta’sir etuvchi omillar. Download 74.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling