Ялпиздошлар Lamiасeае (Лабгулдошлар-Labiatae)


Download 31.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi31.48 Kb.
#1644568
1   2   3
Bog'liq
Ялпиздошлар

1.Naychasimon gullilar. Bunday gullarni gultojbarglari to‘g‘ri, ikki jinsli, qo‘ng‘iroqsimon, 5tishli 
bo‘ladi. 
2.Tilchasimon gullilar. Bularning gultojbarglari noto‘g‘ri, ikki jinsli, uchi 5 tishli, uzun tilsimon 
plastinkadan iborat. 
3.Soxta tilchasimongullilar. Bu xildagi gullarning gultojbarglari ham noto‘g‘ri tuzilishiga ega. Bunday 
gullar faqat urug‘chidan tashkil topgan. Gultojbarglari 2 labli. Bu ko‘rinishidan tilsimon gullarga o‘xshaydi. Ammo 
undan tishining 3ta bo‘lishi va savatchaning qirg‘og‘ida joylanishi bilan farq qiladi. 
4.Karnaysimon gullilar. Bularning gultojbarglari noto‘g‘ri, tishlari 5ta ular bir tekisda emas, past-baland 
bo‘ladi. Changchisi ham, urug‘chisi ham bo‘lmaydi. Ular savatchaning chetki qismilarida joylashgan bo‘lib, 
hashoratlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan belgilariga asosan oilani ikkita oilachaga bo‘lib o‘rganiladi. 
1.Naychasimonguldoshchalar oilachasi, - Tubiflorae. 
Bu oilacha vakillari savatchalaridagi gullarining hammasi naychasimon, ikki labli yoki har xil. Masalan, 
markazdagilari naychasimon, chetdagilari soxta tilchasimon, yoki varonkasimon bo‘ladi. 
2.Tilchasimonguldoshchalar oilachasi –Liguliflorae.
Bu oilacha o‘simliklarining savatchasidagi barcha gullar tilchasimon, noto‘g‘ri, ikki jinslidir. 
Ahamiyati. Oila vakillari orasida moy beruvchi o‘simliklar ham bo‘lib, ularning urug‘ini tarkibidagi moyi oziq-
ovqatga ishlatiladi. Ba'zi turlari esa bo‘yoq beruvchi, kauchuk, saqlovchi, dorivor va manzarali o‘simliklar bo‘lib 
hisoblanadi. ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariy na'munalaridan foydalanib, oilaning umumiy morfologik tuzilishi bilan tanishing, turkum va 
turlarini aniqlang, ularning tuzilishini tahlil qiling. O‘rganilayotgan o‘simliklarning bargiga, poyasiga, savatcha va 
uning o‘rama barglar soniga, gul o‘rniga, gul tiplarining xillariga va ularning qaysi biri qanday jinsga ega yoki ega 
emasligiga e'tibor bering va farqli tomonlarini qisqacha ta'riflab, rasmlarini chizib oling. 
2.Gul tiplarining formulasini tuzing: 
a) naychasimon gul:

Ca
(5)-0-pap
Co
(5)
A
(5)
G
(2)
b) tilchasimon gul:

Ca
(5)-0-pap
Co
(5)
A
(5)
G
(2)
v) soxta tilchasimon gul: 

Ca
(5)-0-pap
Co
(3)yoki(3-2)
A
(0)
G
(2)
g) karnaysimon gul:

Ca
(5)-0-pap
Co
(5-7)
A
(0)
G
(0) 
Meva kollektsiyalaridan foydalanib, oila vakillari mevasining tuzilishini o‘rganing. Mevada saqlanib 
qolgan ukparini (popuk) rangiga, ba'zan ularning bo‘lish bo‘lmasligiga nazar tashlang va rasmlarini chizib oling. 
Quyidagi oilacha o‘simliklarini lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing. 
A) Naychasimonguldoshchalar; Helianthus annuus-oddiy kungaboqar, Carthamus-mashar. Matricaria-
moychechak, Achillea-bo‘ymadaron, Artemisia -shuvoq, A.absinthum-ermon, A.annua-burgan, Centhaurea-
bo‘tako‘z. Cirsium- latta tikan. Xanthium-qo‘y tikan. Acroptilon-Kakra, Carduus- qush qo‘nmas. 
V).Tilchasimonguldoshchalar, Cichorium- Sachratqi, Tragopogon-echki saqol, Taraxacum- qoqi o‘t. 
Sonchus- bo‘ztikan. Scorzonera-Skorzonera, Lactuca-laktuk,(sut cho‘p). 

Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling