«yalpiznamolar qabilasi»
Download 1.09 Mb.
|
«yalpiznamolar qabilasi»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkum nomi Turlar soni Umumiy tur soni %
3.1. Lamiaceae oilasi o‘simliklari tarkibi
O`zbekistonda tarqalgan Lamiaceae oilasining turkum va turlari 3.1.2-jadval
O`zbekistonda tarqalgan Lamiaceae -Yalpizdoshlar oilasiga mansub turkum va turlar tahlil qilinganda Phlomoides Moench. turkumining 45 turi oilaga mansub turlarning 19 %, Scutellaria L. 38 turi 16%, Salvia L. 21 turi 8,9 %, Nepeta L. 19 turi 8%, Lagochilus Bunge ex Benth. 18 turi 7,5 %, Dracocephalum L. 16 turi 6,7%, Phlomis L. 15 turi 6,3%, Ziziphora L. 8turi 3,3 %, Lophanthus Adans. 6 turi 2,5 %, Otostegia Benth. 5 turi 2,1 %, Leonurus L., Stachys L., Perovskia Kar., Thymus L.turkumlarining 4 tadan turlari 1,7 % dan 6,8% ni, Mentha L. 3 turi 1,3%, Lycopus L., Hypogomphia Bunge, Lamium L., Stachyopsis Popov et Vved. turkumlari 2 tadan turga ega bo`lib 0,8 % dan 3,2% ni, qolgan 20 ta turkum faqat 1 tadan turga ega bo`lib 0,4 % dan 8% ni tashkil qildi. Phlomoides Moench. turkumi vakillari (45) ko`pligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi o`rinda Scutellaria L. (38), uchinchi o`rinda esa Salvia L. turkumi (21) turlari ko`p tarqalishi jihatidan yetakchi o`rinlarda turadi. Lamiaceae oilasining O`zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan 30 tur o`simligidan Farg`ona vodiysi florasida faqat 1 turi ya‘ni, Salvia margaritae Botsch. uchraydi xolos. Yalpizdoshlar oilasiga mansub 238 turdan 144 ta ko`p yillik o`t, 73 ta chala buta, 20 ta bir yillik, faqat 1 ta ikki yillik hayotiy shaklga ekanligi, oilada fanerofitlar uchramasligi aniqlandi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling