Yan amos komenskiyning pedagogik g‘oyalari akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 51.21 Kb. Pdf ko'rish
|
yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 563 Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olish asosiga qurilgan ta’limgina uyg‘un bo‘ladi. Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, “barchani hamma narsaga o‘rgatish” zarurligini, ta’limning umumiy bo‘lishini talab qiladi. Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aql-idroki, axloqi, his-tuyg‘ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta’kidlaydi. Komenskiy inson rivojlantirishini to‘rt bosqichga: go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, yetuklik davrlarga bo‘ladi.Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ularga onalar rahbarligida ta’lim va tarbiya berishni tavsiya etadi. Uning tavsiyasi bo‘yicha, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qish ona tilida olib boriladigan maktabda ta’lim oladilar. Ilm olishga moyilliga sezilgan 12-18 yoshli yigit qizlar shaharda tashkil etiladigan lotin maktabi yoki gimnaziyaga borishlari lozim. Komenskiy olim bo‘lishni xohlagan 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda akademiyalar tashkil etishni taklif qiladi. Komenskiy barcha bosqichlar uchun (akademiyadan tashqari) ta’limning mazmunini ishlab chiqadi. U har bir fanning o‘qitilishini “eng oddiy elimentlardan “boshlab, bolalar bilimi rivojini hisobga olgan holda takomillashtirib borishni tavsiya etadi. Konstantin Dmitriy Ushinskiy Hayoti va pedagogik faoliyati K. D. Ushinskiy 1824-yilda Tula shahrida tug‘ildi. U Novgorod-Severskdagi gimnaziyada o‘rta ma’lumot olgach, 1840-yilda Moskva universitetining adliya (yuridik) fakultetida o‘qidi, mustaqil ravishda rus, nemis, fransuz tillarini o‘rgandi. Universitetni tamom qilgandan keyin Yaroslavldagi adliya litseyida qomus (ensiklopediya), qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor lavozimini bajaruvchi qilib tayinlandi. Ushinskiy bu davrda talabalarda ilm-fanga havas uyg‘otishga, xalqqa muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga e’tibor berdi. Ushinskiy Smol’niy institutida ishlash bilan birga, “Jurnal Ministerstva prosvesheniya”ga muharrarlik qildi, uni nazariy-metodika jurnaliga aylantirdi, butun diqqatini pedagogika, didaktika va psixologiya masalalariga qaratdi. Ushinskiy pedagogikada xalqchillik tarbiyasi g‘oyasi haqida Ushinskiy pedagogika tizimiga xalqchillik prinsipini asos qilib oldi, xalq manfaatlariga muvofiq tuzilgan tarbiya tizimi bolalarda vatanparvarlik va milliy iftixor, mehnatga muhabbat, axloqiy sifatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni isbotladi. Ushinskiy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqida SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling