Yan amos komenskiyning pedagogik g‘oyalari akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 51.21 Kb. Pdf ko'rish
|
yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 564 Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning muhim xususiyati barcha vositalar va usullar yordami bilan bolaga uning kamol topishiga, iroda va xulq atvorning mustahkamlanishiga ta’sir etishidir. Ushinskiy tavsiya etgan tarbiya vazifalari bolaning erkin ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yib berish, shu faoliyatning o‘sib borishi uchun zarur bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy muhitni boshqarib borish, bolaning faoliyatiga shaxsan tarbiyachi rahbarlik qilib turishini, ammo bunda bolaning erkini bo‘g‘ib qo‘ymaslik, bolada foydali odat va axloq masalalarini to‘planib borishiga imkon yaratishdan iborat bo‘ldi. Ushinskiy bola faoliyatida mehnat va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida Ushinskiyning fikricha, mehnat kishining aqliy va jismoniy jihatdan kamol topishi uchun zamin yaratadi. Tarbiya ta’lim bilan bog‘langan taqdirdagina, o‘zining ulug‘ vazifasini bajara oladi; yosh avlodni eng qisqa bir muddat davomida insoniyat erishgan darajaga o‘stirib bora oladi. Shuning uchun ham, Ushinskiy ta’limning umumpedagogik asoslaridan biri-ta’limning tarbiyaviy mohiyatga ega ekanini ta’kidladi. Ushinskiy ta’limni tarbiya bilan bog‘lab borish zarurligini, avvalo, bolalarda bir butun dunyoqarash va mustahkam e’tiqodni tarbiyalash zarurligini uqtirdi. Ushinskiy didaktika o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o‘sha vaqtdagi ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. Uning ta’limotida diqqat, iroda, xotira va xisyutrlarni tarbiyalash to‘g‘risida va bu psixik hodisalar qonug‘iyatlarini ta’limga tadbiq etish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar borligini ko‘ramiz. Ghunonchi, u har qanday ta’lim jarayonida shakllar yo‘li bilan bolalarning faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo‘li bilan o‘quv materiallarini o‘quvchilar ongida mustahkamlashni tavsiya qildi. Ushinskiy iroda va uning ahamiyati izohlab, ta’limni iroda bilan bog‘langan, ixtiyoriy bir jarayon deb ta’riflaydi. Bu jarayonning asosini maqsadga intilish, o‘qishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilish tashkil etadi. Ushinskiy dars va o‘qitish usullari haqida Ushinskiy ta’lim -tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga tayanish kerakligini uqtirar ekan, ta’lim bolalarga mukammal bilim bermog‘i va malakalar hosil qilishi uchun aniq-ravshan, shu bilan birga, tartibli va izchil bo‘lmog‘i lozim, deb ta’kidlaydi. Ushinskiy ta’lim jarayonidagi ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosiga bo‘linishini ta’kidladi. Ushinskiy ko‘rgazmalilik tushunchasiga suratlar, kolleksiyalar, modellar, jadvallar va boshqa ko‘rgazma qurollarini, biz ko‘rib turgan olamdagi buyumlar va hodisalarni, shuningdek, bolaning turmush tajribasini va badiiy asarlardan aniq obrazlar orqali ifodalangan hayotiy voqealarni ham kiritgan. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling