III-BOB. YANGI DAVR PEDAGOGIK FIKRLARINING AMALIYOTGA TADBIQ ETILISHI……………………………………………………………55
3. 1. Yangi davr pedagogik fikrlarini ilmiy-tadqiqot ishlari mazmunini aks etishini tahlil etish……………………………………………………………………….55
3.2. Yangi davr pedagogik fikrlarini ta’lim iste’moliga joriy etish…………….60
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………….. 67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………… 70
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi ishining asoslanishi va uning dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muvaffaqiyati ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko’tarish , har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga ko’p jihatdan bog’liq. Chunki jamiyat taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanganligi shu jamiyatda yashayotgan fuqarolarning intellektual va ma’naviy salohiyati bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir davlatning istiqboli ta’lim va tarbiya tizimiga bevosita bog’liq.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni1 va 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-sonli Farmonlari2, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli Qarori3, O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi4.
Ushbu muammoni o’rtaga qo’yishdan maqsad ta’lim-tarbiyaga bir butun jarayon sifatida qarab, uning mazmuni, shakl va metodlari, usullari, vositalarini belgilashda bir tomondan, ta’lim va uning mavjud holatiga qarab murojaat etilsa, ikkinchi tomondan, ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etishda ta’lim-tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini qaysi darajada samara berishini hisobga olish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |