Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari
VIII. Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi
Download 440.72 Kb.
|
MDI 2023 M.M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Yangi davr pedagogik fikrlarini ta’lim iste’moliga joriy etish.
VIII. Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi:
1. Anomal nuqsonlarga ega bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishda mintaqa xususiyatlarining inobatga olinishi. 2. Anomal nuqsonli bolalarga psixologik ta’sir ko‘rsatishda milliy qadriyatlardan foydalanish va milliy xususiyatlarga tayanish. 3. Maxsus pedagogikani o‘qitish va anomal nuqsonli bolalarni tarbiyalashda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalanish. 68 3.2. Yangi davr pedagogik fikrlarini ta’lim iste’moliga joriy etish. Bugungi kunda ta’lim jarayonida ta’lim muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-metodik adabiyotlar, rasmiy hujjatlar, ilmiy maqolalarda “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya”, “Zamonaviy pedagogik texnologiya” kabi iboralar keng ishlatilmoqda. Bu esa respublikamiz ta’lim tizimida ham muhim izlanishlar, jiddiy islohotlar jarayoni davom etayotganidan dalolatdir. Biroq pedagog olim B.Farbermanning ta’kidlashicha “Pedagogik texnologiya” tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, qomuslarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunining yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun ham bu tushunchaning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina ta’riflari mavjud. Bulardan YuNESKO ta’rifiga binoan: “Pedagogik texnologiya-bu o‘z oldiga ta’lim shakllarining samaradorligini ko‘zlagan, o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnik va inson omillari, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodidir”. Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyalarga berilgan o‘zgacha ta’riflar ham mavjud (V.P.Bespalko, V.A.Slastenin, B.T.Lixachev, I.P.Volkov, M.Choshanov, B.L.Farberman, U.N.Nishonaliуev, A.Kushnir, M.V.Klarin, N.Sayidahmedov, V.V.Yudin, J.G‘.Yuldoshev, O‘.Q.Tolipov va boshqalar). Biroq pedagogik texnologiyaning MDH mamlakatlari va O‘zbekiston ta’lim tizimiga kirib kelishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta’siri ustunroqdir. Zero, pedagogik texnologiya bu ta’lim jarayoniga “tizimli uslub” asosida yondashuvdir. Ana shu tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani boshqa yondashuvlardan farqlaydigan asosiy belgisidir.69 Ayrim mualliflar pedagogik texnologiyani fan va san’at bilan bog‘liq deb ko‘rsatsalar, boshqalari esa texnologiyani loyihalashtirish bilan bog‘liq, deb hisoblaydilar. O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida pedagogik fikrlarning ustuvor yo’nalishlari Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish, “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” g’oyasini yoshlar ongiga singdirish Ta’lim-tarbiya jarayonida inson omiliga e’tiborni kuchaytirish Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil ta’lim ustuvorligiga erishish Xorijiy tillarni bilish media madaniyatni rivojlantirish Xalqaro ilg’or tajribalardan unumli foydalanish Iqtidorli yoshlarni maqsadli tayyorlashga erishish Oila tarbiyasi muammolarini hal etish Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi haqida fikr yuritgan professor N.Saidahmedovning ta’kidlashicha, o‘tgan asrning 30-yillarida “Pedagogik texnika” tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘ladi va u o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan usul va vositalar yig‘indisi sifatida qaraladi. 40-50 yillarda o‘quv jarayoniga o‘qitishining texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtiriladi. 60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarida keng muhokamaga tortiladi. 1961-yildan boshlab AQShda “Pedagogik texnologiya”, 1964-yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim”, Yaponiyada esa 1965-yildan “Pedagogik texnologiya” jurnallari chop etila boshlandi. 1971-yilda xuddi shu nomdagi jurnal Italiyada ham chiqarila boshlandi. Pedagogik texnologiyaning o‘ta dolzarbligi hisobiga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq etish maqsadida maxsus muassasalar tuzildi. Chunonchi, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya “Milliy Kengashi” tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” jurnali chop etila boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham pedagogik texnologiya muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus “Kommunikatsiya va texnologiya assotsiatsiya” si faoliyat ko‘rsata boshladi. Yaponiyada bu muammo bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universietlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar” jurnalida yirik olimlarning ilmiy ishlari e’lon qilinmoqda. Mamlakatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish borasidagi islohotlarning samarali bo‘lishiga erishish, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash muammolari bilan chambarchas bog‘liqdir. Biz pedagogik texnologiya prinsiplari deganda “loyihalangan o‘quv-tarbiyaviy jarayoni”ni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun rioya qilinadigan umumiy me’yorlar va talablarni tushunamiz. Demak, u yoki bu pedagogik hodisa prinsip bo‘lishi mumkin, biroq uni o‘quv jarayonida hisobga olish (rioya qilish) zarur bo‘lsa, ya’ni unga tayanilsa.70 Professor M.Ochilov ta’lim-tarbiyadagi xilma-xil yondashuvlarni tavsiflar ekan, texnologik yondashuv haqida shunday deydi: • O‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni; • Ta’limdan mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; • Loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi. Bu yondashuv asosan reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir. O‘zbek xalqi ham boshqa xalqlar kabi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘ziga xos tarbiya tizimiga ega. Shu jihatdan xalq pedagogikasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda o‘ziga xos tamoyillarga tayanadi. Tadqiqotchilar bu tamoyillarni: • Oilaning muqaddasligi; • Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro mehr-muhabbat va sadoqatga asoslanganligi; • Bolajonlik va serfarzandlilik; • Bolalarni yoshlikdan oilaviy mehnat muhitida tarbiyalash; • Ota-ona va boshqa katta yoshlilarga hurmat kabilarda deb ko‘rsatadilar. Bu tamoyillar har bir oila a’zosining qon-qoniga singib ketgan va vatanparvarlik g‘oyasi bilan uyg‘undir. Bundan tashqari o‘zbek oilalarida oila a’zolarining bir-biriga, keksalar, qarindoshlar, beva-bechoralarga mehr-oqibat, muruvvat ko‘rsatishi farzandlar ongiga singib ketgan. Ayniqsa, halol turmush tarzi, haromdan hazar qilish, oila sha’ni uchun kurash, o‘z farzandlarini halol luqma bilan boqish ham bolalikdan tarkib toptiriladi.71 Oila tarbiyasi tizimida mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yuqorida qayd etilgan tamoyillar xalq pedagogikasining asosi sifatida xizmat qiladi. Oilaviy ta’lim tizimida xalq pedagogikasi mazmuni asosida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosini keng ko‘lamda M.Mahmudova tadqiq etdi. Uning xalq pedagogikasi asosida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga bag‘ishlangan tadqiqot ishida respublikada talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani xalq qadriyatlaridan, bu boradagi xalq qadriyatlaridan o‘rinli va unumli foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, republikamizda nikoh munosabatlari yosh jihatidan bir muncha erta boshlanmoqda. Ayniqsa, qizlarning jismoniy, ruhiy, ma’naviy-jinsiy jihatdan oilaviy hayotga tayyor emasligi natijasida qator salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda: • Ajralishlar aksariyat erta qurilgan oilalarda sodir bo‘lmoqda; • Farzand ko‘rish yoshi juda erta boshlanib, oraliq masofa qisqarib bormoqda. Bularning barchasi 17-20 yoshgacha bo‘lgan ayollar salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda; • Turmush darajasining pastligi tufayli kech oila qurish hollari ham yuz bermoqda. Bundan tashqari yigit va qiz tarbiyalangan oilalarning o‘zaro nomuvofiqligi ham kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Natijada, kech yoki erta oila qurish holatlari oilaning barqarorligiga putur yetkazmoqda. Shu bilan bir qatorda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, asosan, qizlarga e’tibor berilib, yigitlar e’tibordan chetda qolmoqda. Shuningdek, tadqiqotchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Bular: • Turmush qurayotgan yoshlarning oilalari o‘zaro muvofiq bo‘lishiga e’tibor berishga yoshlarni odatlantirish; • Yoshlarni oila a’zolari bilan o‘zaro muomala madaniyatiga o‘rgatish; • Yoshlarni huquqiy jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash; • Yoshlarni psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash; • Yoshlarni oilaviy hayotga fiziologik-gigienik jihatdan tayyor bo‘lishlarini ta’minlash; • Yoshlarni farzand tarbiyasi sohasidagi pedagogik bilimlar bilan qurollantirish; • Yoshlarni oilaviy hayotga estetik munosabatda bo‘lishga tayyorlash; • Yoshlarni oila iqtisodini to‘g‘ri yuritishga o‘rgatishdan iborat.72 Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy-gigienik asoslari haqida tadqiqot olib borgan D.Sharipova yigit-qizlar balog‘at yoshiga yetganda ularda jismoniy rivojlanish va jinsiy yetilish yuz berishini qayd etar ekan, jinsiy tarbiyada quyidagi masalalarga e’tiborni qaratish lozimligini uqtiradi: • Bola yoki o‘smirning qaysi jinsga mansub ekanligi va jinsiy tarbiyaning jamiyat uchun ahamiyati; • Oilaviy munosabatlarning bolalar, qarindosh-urug‘ va jamiyat uchun ahamiyati; • Zurriyot qoldirish; • Jinsiy munosabatga oid masalalar jismoniy tarbiya yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarkib toptirish yo‘lida xizmat qilmog‘i lozim: 1. O‘zga jinslar bilan bo‘ladigan munosabatlarda insonni jamiyatdan ajralgan holda talqin etmaslik lozim. Negaki, har bir inson u hoh o‘smir, hoh yigit bo‘lsin, hoh qiz bola bo‘lsin o‘z muomalasi, hatti-harakati bilan jamiyat oldida ma’suldir. 2. Yoshlarning mustahkam va inoq oila qurib, kelajakda o‘z farzandlarini ham ota-onasini e’zozlovchi, jamiyat oldida o‘z burchini his etuvchi komil inson sifatida tarbiyalashi; 3. O‘zgalar bilan muomala qilganda ularni faqat inson sifatidagina emas, balki ayol yoki erkak jinslarining vakili sifatida hurmat qilish, ularning istak va qiziqishlarini hisobga olish; 4. O‘g‘il bolalarning faqat o‘z tengqurlarigagina emas, balki qizlarga nisbatan ham mehr-shafqatli, muruvvatli, e’tiborli bo‘lishi, ularni bo‘lajak ona sifatida hurmat qilishi; 5. Yoshlarni nafaqat o‘zining, shuning bilan birga o‘zgalarning sog‘ligi uchun ham ma’sul ekanligi hamda barvaqt jinsiy aloqa qilish organizm uchun zararli ekanligi, o‘g‘il bolalarning qizlarga, qizlarning esa o‘g‘il bolalarga nisbatan ma’suliyatsiz va yengiltaklik bilan qaramasligi; 6. Erkak bilan ayolning o‘zaro munosabatida bir-biriga nisbatan xudbinlik qilmaslik, ahloqsiz va andishasiz bo‘lmaslik, bir-birini kamsitmaslik, faqat o‘zini o‘ylamaslik, boylik ortidan quvmaslik va boshqa yomon illatlarga o‘rganmaslik kabilarni tushuntirishdan iborat. Tadqiqotchi olimamiz yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning muhim jihatlarini yoritganda jinsiy munosabat gigienasi haqida ham nazariy, ham amaliy mulohazalar bildirib o‘tadi. Ayniqsa, olimaning “Oilaning salomatlik sirlari” risolasi oilaning 10 ta sirini juda ommabop, tushunarli va ifodali tilda ta’sirchan bayon etadi. Bu sirlar – oila salomatligi, gigienaga oid tushuncha, kasallikning tarqalishi, sanitariyaga zid holatlarni tugatish, kasalliklarning oldini olish, suvning qadri, axlat, chiqindilar masalasi, hojatxona, salomatlik sirlari, xonadon sanitariyasi kabi masalalardir. Mazkur masalalar faqat matn bilangina emas, balki rangli illyustratsiyalar vositasida ommabop qilib yoritiladi. Bu ixcham va mazmunli risola oilada sanitariya va gigiena talablarini qanday bajarish to‘g‘risida g‘oyatda qulay va foydali qo‘llanmadir.73 Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida oila tarbiyasi keng yo‘nalishda tadqiq etila boshlandi. Lekin oila tarbiyasida yosh avlodni eng kichik yoshdan boshlab, mustaqil hayot qurguniga qadar bo‘lgan davrda ta’lim muassasalarida har tomonlama oilaviy hayotga tayyorlashning yaxlit tizimini yaratish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, mustaqillik yillarida pedagogikaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. XULOSA Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari bo’yicha biz quyidagi xulosalarga keldik: O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, kishilar ongidagi o’zgarishlar, pedagogik tafakkurning o’zgarishi pedagogik fikrlarning rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratdi. Jamiyatimizda yangilanish jarayoni kechayotgan bir davrda pedagogikaning metodologik asosi, metodlari, maqsad va vazifalari, yangi yo’nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa muammolarni hal etishga, “O’zbekiston kelajagi-buyuk davlat” g’oyasi va milliy mafkura asosida yangicha yondashadi. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-axloqiy asarlargacha, shuningdek, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod etgan ma’rifatparlar ilgari surgan ilg’or g’oyalar mustaqillik sharoitida ta’lim-tarbiya muammolarini hal etishda asosiy manba bo’lib xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda ta’lim ustuvor soha sifatida qaralar ekan, ta’lim-tarbiyaga doir fikrlar taraqqiyotida ilmiy bilimlarni egallash, zehn va zakovatni tarbiyalash, tafakkurni rivojlantirish, xulq-odob me’yorlarini tarkib toptirish, jismonan sog’lom avlodni shakllantirish, badiiy tasavvur, e’tiqod va qarashlarga doir fikrlarni tarkib toptirish bilan birga hozirgi davrning ilg’or tehnologiyalaridan ham foydalanish samarali natijalar berdi Amalga oshirilgan tadqiqotlarda barkamol shaxsni shakllantirish – milliy istiqlol mafkurasini asosiy g’oyalaridan biri ekanligidan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish, demokratlashtirish, defferentsiallashtirish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tub mohiyati bilan yangilanayotgan pedagogik fikrlarda yangiliklar, izlanishlar, muammolar mavjud bo’lishiga qaramay ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalar joriy etildi va bu ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga yordam berdi. Mustaqillik hozirgi davr jamiyay taraqqiyotida yangilangan pedagogik fikrlarning rivojlanish istiqbollarini belgilashga yo’l ochdi. Bu esa o’z navbatida pedagogik tizimni takomillashtirish, shu asosida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishga yo’lladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qitishning an’anaviy usulidan, texnologik, ijodiy, izlanuvchan usulga o’tish ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv imkonini berdi. Bu esa o’quv jarayonini demokratik tamoyillar asosida boshqarish, ta’lim oluvchilar faoliyatini rag’batlantirish, tahabbuskorlikni qo’llab –quvvatlash, hamkorlikda faoliyat yuritishga asoslanadi. Yangilangan pedagogik fikrlar istiqboli shaxsga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim tizimiga o’tish asos bo’ladigan ta’limiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy talablarga mos holda ta’limni dolzarblashtirish, fundamentallashtirish, insonparvarlashtirish orqali ta’lim tizimini takomillashtirib borish, uni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga moslashtirish, shu orqali o’zgaruvchan hayot sharoitlariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo’naltiriladi. Biz tadqiqot ishimizda quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik. Uchinchi Renesans poydevorini qurish jarayonida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan fundamental ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib boorish; Ta’lim jarayonini erkinlashtirish, liberallashtirish va gumanitarlashtirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish; “O’zbekiston kelajagi-buyuk davlat” g’oyasi asosida yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini rivojlantirish; Ta’lim tizmini milliy an’analar va zamonaviy xorijiy tajribalar asosida mazmunan va uslubiy jihatlardan yangilash; Uzluksiz ta’lim tizimini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash sifatini oshirish va bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirish; Pedagogik kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy-umummilliy, psixologik-pedagogik jihatdan kompetensiyaviy yondashuv mazmunini takomillashtirishga doir ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni rivojlantirish; Download 440.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling