Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari


III-BOB. YANGI DAVR PEDAGOGIK FIKRLARINING AMALIYOTGA TADBIQ ETILISHI


Download 440.72 Kb.
bet11/17
Sana18.06.2023
Hajmi440.72 Kb.
#1593544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
MDI 2023 M.M.

III-BOB. YANGI DAVR PEDAGOGIK FIKRLARINING AMALIYOTGA TADBIQ ETILISHI.
3. 1. Yangi davr pedagogik fikrlarini ilmiy-tadqiqot ishlari mazmunini aks etishini tahlil etish.
O‘zbekistonda jamiyat ma’naviyatini rivojlantirish, aholining ijtimoiy onglilik darajasini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, bozor ishlab chiqarishiga asoslangan munosabatlarning qaror topishi sharoitida mehnat faoliyatiga nisbatan yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy harakatlar mustaqillik yillarida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar, islohotlarning asosini tashkil etadi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar o‘z navbatida pedagogik fikrlarning yanada rivojlanishi, ularning yangi, ilg‘or g‘oyalar bilan boyishiga olib keldi.

O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida pedagogik fikr g’oyalarining takomillashishi



Pedagogika fani metodologik g’oyalarining takomillashuvi

Yangicha ta’limiy qarashlarning rivojlanishi



Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik tasvirining kuchayishi

Pedagogik bilimlar ijtimoiy-g’oyaviy asoslarining boyishi



Pedagogik kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning yangi tizimiga asos solinishi

Shaxsni ijtimoiylashtirish



Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yilishi

Mustaqillik yillari ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi pedagogik fikrlarning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochdi. Bu imkoniyatlarning eng muhimlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:


1. Jahon ta’limining ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida zamonaviy talablarga javob bera oladigan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi.
2. Ta’lim mazmunida demokratik va insonparvarlik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishiga erishildi.
3. Erkin mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, ijodkor, o‘zida eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon eta oladigan barkamol shaxsni tarbiyalash uzluksiz pedagogik jarayonning maqsadi va natijasi etib belgilandi.
4. Ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarning tadbiq etilishi natijasida o‘quv jarayonini tashkil etishga nisbatan noan’anaviy yondashuv qaror topib, o‘quvchi (ta’lim oluvchi) o‘quv jarayonining asosiy, yetakchi sub’ektiga aylandi.
5. Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiya qaror topdi, natijada ishlab chiqarish avvalgidek kadrlar tayyorlash jarayonida iste’molchigina bo‘lib qolmay, balki “asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi” sifatida ishtirok eta boshladi.
6. Barkamol shaxsni tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga mustaqil davlat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining istiqbol, taraqqiyot va rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslarini singdirishning ilmiy-pedagogik tizimi ishlab chiqildi.
7. Ilg‘or pedagogik qarashlar va texnologik yondashuv asosida ta’lim oluvchi erkin fikrlash, mustaqil bilim olishga bo‘lgan rag‘batni shakillantira oluvchi yangi avlod darsliklari yaratildi.
8. Ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un holatda uzluksiz ta’lim tizimining barcha sohalarida ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha yangi o‘quv predmetlari yoki kurslarining o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, “Ijtimoiy pedagogika”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Pedagogik texnologiya”, “Milliy iqtiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari”, “Iqtisodiy bilimlar asoslari”, “Menejment asoslari” kabi o‘quv fanlari va kurslarining o‘qitilayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi.65
Yuqorida qayd etib o‘tilgan imkoniyatlar o‘z navbatida rivojlanishning yo‘nalishlarini aniq belgilab olishga yordam beradi. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda pedagogik fikrlarning mazmuni bilan tanishish, ularda yillari so‘ralgan g‘oyalarni umumlashtirish asosida ularning quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanganligiga ishonch hosil qilindi.

Download 440.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling