Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari


V.Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi


Download 440.72 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi440.72 Kb.
#1593544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
MDI 2023 M.M.

V.Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi:
1. Yosh avlodni tarbiyalashda oila, ta’lim muassasalari va mahallalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka erishish.
2. Tarbiya jarayonini tashkil etishda ijtimoiy tashkilotlar (jumladan, yoshlar tashkilotlari)ning faol ishtirokini ta’minlash.
3. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyani tashkil etishdagi ta’sirchan rolini kuchaytirish.
4. Yoshlar o‘rtasida ko‘zga tashlanuvchi salbiy holatlar (voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchiligining oldini olish, tamaki mahsulotlari, narkotik moddalar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, noto‘g‘ri jinsiy hayotni tashkil etish hamda SPID ) ga qarshi kurashishda keng jamoatchilik ishtirokiga erishish va ta’sirini kuchaytirish.
VI. Pedagog kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning yangi tizimiga asos solinishi:
1. Mintaqalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, shuningdek, ta’lim muassasasining ichki talabi hamda yuzaga kelgan ijtimoiy-pedagogik zaruriyatni inobatga olish asosida pedagog kardlarning ikkinchi mustaqil yo‘nalishda qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
2. Ta’lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagok kadrlarning kasbiy malaka va mahoratini yanada oshirish, mavjud bo‘limlarni ilg‘or pedagogik qarashlar bilan boyitib borish maqsadida uzluksiz ravishda ularning malakasi oshirilib borildi.
VII. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi.
1. Pedagog kadrlarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirishlari uchun zarur shart-sharoitini yaratish.
2. Talabalarning o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha chet ellarda ta’lim olishlarini tashkil etish.
3. Uzluksiz ta’lim tizimida xalqaro donor tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish.
4. Xorijiy mamlakatlarining ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ta’limiy dasturlarning bajarilishi uchun shart-sharoitlarini yaratish.

Download 440.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling