Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi
Download 440.72 Kb.
|
MDI 2023 M.M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
- Ish tuzilmasining tavsifi
- Yangi davr islohotlari jarayonida pedagogik fikrlarning tutgan o’rni.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Kuzаtish metodi, stаtistik ko’rsаtkichlаr, tаhlil vа sintez metodlаri.Tadqiqot mavzusi bo‘yicha falsafiy, psixologik-pedagogik, sotsiologik va boshqaruv adabiyotlarini nazariy tahlil qilish; tadqiqot mavzusi bo‘yicha ta'lim muassasalari tajribasini o‘rganish va umumlashtirish; hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish; bevosita, bilvosita va ishtirokchi kuzatish;
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Yangi davr pedagogik fikrlari rivojlanishining yo‘nalishlari aniqlanib, uning istiqbollarini belgilash. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘qitishda yangi davr pedagogik fikrlarining yo‘nalishlari va uning xususiyatlaridan mavzu bo‘yicha ma’ruzalar matnini tuzishda, seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalaniladi. Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya kirish, 3 ta bob va paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va 73 sahifadan iborat.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining maqsadi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va o‘zini o‘zi rivojlanishi uchun sharoit yaratish, yangilangan hayot sharoitlarida mustaqil holda o‘ziga yo‘l topa olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish ta’lim tizimida muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ta’lim sohasida o‘zgarishlar qilish quyidagi sabab bilan asoslanadi. 1.Ta’lim totalitar ta’lim tizimidan demokratik ta’lim tizimiga o‘tish. 2.Shaxsning o‘ziga xos qiziqishlarini hisobga olib, ta’limni insonparvarlashtirishga intilish. 3.Ta’lim tizimi va jamiyatni yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish ehtiyoji. 4.O‘quvchilarning bilimlari sifatli o‘zlashlashtirishini ta’minlaydigan o‘quv-biluv jarayonini tashkil etishga sharoit yaratish. Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo‘layotgan “Innovatsion yondashuv”, “Innovatsion faoliyat”, “Innovatsion pedagogika” tarzidagi tushunchalar yuqoridagi ehtiyojlar asosida kelib chiqqan bo‘lib, ularning pirovard maqsadi ta’lim sohasida o‘quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o‘zgarish, yangilanishlar kiritishdan iboratdir.13 “Innovatsiya” so‘zi ( ingliz tilida innovation) - yangilik kiritish, tizim ichida o‘zgartirishlar yaratish degan ma’noni anglatadi. Innovatsiya tushunchasi dastlab XIX asrda madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda paydo bo‘lib, bir madaniyat turini ikkinchi bir madaniyat turiga kiritish tushunilgan. XX asrga kelib esa yangi soha yangilik kiritish haqidagi fan paydo bo‘ladi. Bu fan doirasida moddiy ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklar kiritish qonuniyatlari o‘rganila boshlandi.14 Yangiliklar kiritish haqidagi fan - innovatika firmalar faoliyatida yangicha xizmat ko‘rsatish g‘oyalarini tadbiq etishga qaratilgan ehtiyojdan kelib chiqqan. 30 yillarda AQShda “firmalarning innovatsion siyosati”, “innovatsion jarayon” terminlari shakllanadi. 60-70-yillarda G‘arb mamlakatlarida firmalar va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan yangiliklardan empirik tadqiq etishga qaratilgan izlanishlar keng tarqaladi. Dastlab, innovatika predmeti ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish va qo‘llashning iqtisodiy va ijtimoiy qonuniyatlarini o‘rgangan. Ko‘p vaqt o‘tmasdan innovatikaning o‘rganish sohasi kengayib, u falsafa, psixologiya, sotsiologiya, boshqarish nazariyasi, iqtisod va madaniyatshunoslik (kultorologiya) fanlari o‘rtasidagi oraliq fanga, 70-yillarga kelib yangiliklar kiritish haqidagi fan (наука о нововведениях) murakkab ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 50-yillarda innovatsion pedagogik jarayonlar G‘arb olimlarining maxsus izlanish predmetiga aylansa, 80-yillarda rus olimlarining tadqiqot ob’ekti bo‘ldi. Yangilanishlarni pedagogika faniga qo‘llaganda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish va uning natijalarini yaxshilashga qaratilgan pedagogik tizim ichida o‘zgarishlar,yangilanishlar kiritish tushuniladi. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida esa, innovatsiyalarni o‘rganish, uni ta’lim jarayoniga tadbiq etish ta’lim tizimini isloh qilish masalalari bilan bog‘liq ravishda tayyor axborotlarni berishga asoslangan an’anaviy o‘qitish turidan, o‘quvchilarning o‘zlarini izlanishga, ma’lumotlarni o‘zlari izlab topishga o‘rgatadigan ta’lim tizimiga o‘tish yo‘lidan harakatlar bilan asoslaniladi. Shunga ko‘ra, yangi bilimlarga ehtiyoj, yangilik, innovatsiya, innovatsion jarayonlar kabi tushunchalar mohiyatini anglashga ehtiyoj kuchayadi.15 Mustaqillik yillarida pedagogik fikr rivojlanish ustuvor sohalari Ta’limning ustuvorligi Ta’limning demokratlashuvi Ta’limni ijtimoiylashuvi Ta’limni insonparvarlashuvi Ta’lim va tarbiyaning uzviy aloqadorligi Ta’limni milliy yo’naltirilganligi Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular uchun imkoniyatlar yaratish “Yangilik kiritish” (innovatsiya) tushunchasi yangiliklarda ham, ushbu amaliyotga tadbiq etish jarayoni sifatida ham tushuniladi. Yangilanish jarayoni, uni amalga oshirish shartlari va vositalari, natijalari pedagogik yangilanish ob’ekti sanaladi. Yangilash ta’lim jarayonining qaysi bo‘lagida o‘zgartirish kirishishni aniqlashdan boshlanadi.16 Pedagogik yangilanish predmeti - yangilanish jarayoni samaradorligi va ularni aniqlovchi omillar orasidagi bog‘liqlik, shuningdek, o‘zgarishlar samaradorligini oshirish maqsadida shu omillarga ta’sir etish usullari innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi: 1. Yangi g‘oyalarning tug‘ilishi va yangilanish konsepsiyasining paydo bo‘lishi bosqichi. Bu shartli ravishda fundamental va amaliy izlanishlar natijasi tarzida yangilik yaratish deyiladi. 2. Yangilik bosqichi. Muayyan ob’ektda amalga oshirilgan yangilik moddiy yoki ma’naviy namuna. 3. Yangilik kiritish bosqichi. Yaratilgan yangilik amaliyotga tadbiq etiladi, qayta ishlanadi. Bu bosqich kiritilgan yangilikdan yuqori samaraga erishish bilan yakunlanadi. So‘ng yangilikning mustaqil harakatlanishi boshlanadi. Yangiliklar qo‘llanilish jarayonida yanada bosqichlarga ajraladi. 4. Yangiliklarning hayotga tadbiq etilishi bosqichi. Yangiliklarni boshqa sohalarga ham teng qo‘llashda namoyon bo‘ladi. 5. Muayyan sohada yangilikning xizmat qilish bosqichi.17 Yangilikni qo‘llash davomida yangilik o‘zining yangilik hususiyatini yo‘qotib boradi. Mazkur bosqich yangilik o‘rniga undan ham samarali yangiliklarni tadbiq etish bilan yakunlanadi. Bir yangilik o‘rnini undan ham samaraliroq yangilik bilan almashtirish maqsadida yangiliklar masshtabini qisqartirish bosqichi. Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar ikki turga bo‘linadi: 1. Stixiyali ravishda amalga oshadigan innovatsiyalar. Innovatsion jarayonni amalga oshirish shartlari vosita va yo‘llari tuzilishini to‘liq anglamagan yoki uni tug‘dirgan ehtiyojga bog‘lanmagan holda amalga oshiriladi. Bu tarzdagi innovatsiyalar ko‘pincha ilmiy asoslar bilan bog‘liq bilmay, empirik asosda vaziyat talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunday innovatsiyalarga novator o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar faoliyatlarini misol keltirish mumkin. 2. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, ilmiy ishlab chiqilgan fanlararo faoliyat natijasi hisoblanadi. Innovatsion jarayon bir necha bosqich va vositalar yig‘ini yordamida ilmiy yangilik yoki g‘oya, ijtimoiy yangilikka shu qatorda ta’lim yangiligiga aylanadi. Bunda yangilik kirish innovatsiyasi natijasi sifatida qaraladi, innovatsion jarayon esa, umumiy tarzda quyidagi uch bosqich rivojlanishi tarzida tushuniladi: g‘oyalarni berish (ilmiy yangilik ochish), g‘oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish. O‘zbekistonda mustaqillik sharofati bilan pedagogik fikrlar taraqqiyotining ham nazariy ham amaliy poydevori yaratildi. Bu davrda jamiyat kishilar ongida yangi pedagogik tafakkurni shakllantirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi. Zero, pedagogik fikrlarning rivojlanishiga o‘z mavqeini mustahkamlab borayotgan tarixiy sharoitda bir tomondan mustabid tuzumning mafkurasi ta’siri asta-sekin kishilar ongidan siqib chiqarilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, milliy g‘oya va milliy mafkura kishilar ongi va qalbiga singib borayotgan edi.18 Ana shunday tarixiy shartoitda O‘zbekistonda taraqqiyotning yangi qirralari namoyon bo‘la boshladi. Mustaqillik yillarida yosh demokratik davlatni barpo etish, uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy rivojlanishi asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqildi va hayotga jadal sur’atda tadbiq etila boshlandi. Lekin, insonning ma’naviy kamoloti, qobiliyati, iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarish, uni amaliyotda namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan edi. Bunday shart-sharoitlardan biri va eng muhimi kishilar uchun moddiy imkoniyatlarini, ya’ni milliy boyligimizni ko‘paytirish orqali ularning sharoitini yaxshilash va ijtimoiy muhofaza etish omillaridan bo‘lgan barqaror iqtisodiyotni barpo etish, insonni huquqiy davlat yo‘li bilan himoya qilishdan iborat edi. Mustaqillikning madaniy-ma’rifiy yuksalishining ikkinchi muhim negizi uning siyosiy asoslarini yaratishdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklaratsiyasi” da davlat mustaqilligining asosiy qoidalari, shartlari, talablari, tamoyillari ifodalangan bo‘lib, ayniqsa, O‘zbekiston xalqining istiqlol tufayli dunyoga, jahonga chiqishi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday talab va tamoyillar fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ularning o‘zaro totuvligini saqlab qolish, aholini ijtimoiy himoyalash bilan birga har bir kishining siyosiy, huquqiy, ahloqiy, madaniy kamol topishida muhim shart-sharitlar yaratishdan iborat edi. Zero, jamiyatda inson qay darajada qadrlansa, ilm-fan, madaniyat shu darajada yuksala boradi, inson qobiliyati, iste’dodi, intellektual salohiyati ham zamon talabi darajasida rivojlanadi.19 Xullas, mustaqillik in’om etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy shart-sharoitlar va imkoniyatlaar asosida, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida rivojlanib borayotgan pedagogik fikrlar “O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu ko‘rsatmalari mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatida o‘z ifodasini topdi. Zero, mustabid tuzum davrida ta’lim sohasi ham ilg‘or rivojlangan davlatlarda amalga oshirilgan ilg‘or tajribalar va o‘z tarixiy ildizlaridan uzilib qolgan edi. Shunga ko‘ra, 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun respublikaning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat va oila va davlat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.20 Mazkur qonun jahon fani va madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan, insoniyat yaratgan ma’naviy-ma’rifiy boyliklaridan bahramand bo‘lgan avlodni shakllantirish pedagogika sohasida shaxsning o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon eta oladigan, uni jamiyatning faol ishtirokchisiga aylantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan pedagogikaga doir tadqiqotlarga quyidagi sohalar asos qilib olinishi maqsadga muvofiq deb topildi: Yosh avlodni mustaqillik, milliy g‘oya ruhida tarbiyalash; Shaxsning ilmiy salohiyatini rivojlantirish; O‘z oldidagi burch va ma’suliyatini his etadigan barkamol shaxsni shakllantirish; Ahloqan pok, jismonan baquvvat, vatanparvar, tashabbuskor shaxsni shakllantirish; Har bir shaxsda o‘z bilimini hayotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarbiyalash; Yosh avlodni yangilanayotgan jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan fuqaro sifatida tarbiyalash va hokazolar. Bu muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari ham belgilab berilgan edi. Bular: Ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratik xarakterda ekanligi; Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi; Uning ilmiyligi hamda dunyoviyligi; Ta’limda umuminsoniy hamda milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; Davlat ta’lim standartlari doirasida hammaga ta’lim olish uchun imkoniyat yaratilganligi; Tayanch (9 sinf hajmidagi) ta’limning majburiyligi; Ta’lim, ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimdon va iste’dodlarni rag‘batlantirish; Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rganish; Din tarixi va jahon madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish; Ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarining ta’siridan holi bo‘lishi; Tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash; Pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash; Amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi ta’lim muassasasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilligidan iborat edi. Qonunda ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari ham belgilab berildi. Bu yo‘nalishlarga: Ta’lim, mazmunini umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy madaniyatimiz asosida takomillashtirish; Ta’limni rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarish; O‘quv rejalari, dasturlar va darsliklarning variativligini ta’minlash; Ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi texnika va texnologiyalarni kiritish; O‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning zamon talablari darajasida bilimlarga ega bo‘lishlariga erishish; Ta’lim islohotini bosqichma-bosqich amalga oshirish; Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish va boshqalar. Ta’lim islohotlari vazifalarini yuqoridagi yo‘nalishlar asosida hal etish shaxsni bir butun yaxlit holda shakllantirishdek muhim talabni kafolatlash bilan belgilanadi. Zero, pedagogika insonni ma’lum jamiyatda faoliyat ko‘rsatishga tayyorlash bilan bog‘liq holda uning ongiga yangilangan tafakkurni singdirish vazifasini ham qo‘yadi. Shunday ekan, islohotlar samarasi ilmiy asoslangan yangi pedagogik g‘oyalar, fikrlarga, ularning ta’lim jarayoniga real kirib borishiga bog‘liq. Bu borada o‘quvchiga beriladigan bilim hajmi, uning tafakkuri, fikrini mudroq holatdan uyg‘otuvchi ta’limni tashkil etish uslublarini izlab topishda eski, bir xil qolipdan xalos etib, ilg‘or innovatsion ta’limni joriy qilish, ta’limning ilmiy-metodik ta’minotini yaratishda yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, o‘quvchi-yoshlarni erkin, ijodiy fikrlashga yo‘llash ta’lim islohotlarini amalga oshirishda pedagog olimlar oldida turgan muhim vazifalaardan etib belgilanadi21. Ma’lumki, ta’lim – insonni jamiyatdagi faoliyatga tayyorlaydi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekiston hukumati ta’limga ustuvor soha sifatida e’tibor berdi. Ta’limning jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rnini hisobga olgan holda 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunni yangilashga ehtiyoj paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, Qonunga asosan ta’lim sohasida mustaqillikning dastlabki yillarida katta ishlar amalga oshirilgan edi. Chunonchi, 1996-1997 o‘quv yilidan boshlab birinchi sinflarda o‘qish yangi alifbo asosida olib borildi. Asta-sekin yangi alifboda o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratila boshlandi. Yangi universitet va institutlar ochildi. Oliy va o‘rta bilim yurtlariga kirishda test sinovlari joriy qilindi. Yangi o‘quv muassasalari: biznes maktablari, tadbirkorlik, menejment va marketing markazlari, kollej tarmoqlari, oliy o‘quv yurtlari huzurida ixtisoslashgan litsey va gimnaziyalar tashkil etildi. Lekin, hali ham ta’lim tizimi eski mafkuraviy qarashlardan qutula olmagan, o‘rta maktabni bitirgan yoshlar mehnat faoliyatiga tayyor emasdilar. Hali ham eski qolipda, mustabid tuzum mafkurasi asosida yozilgan darsliklardan foydalanilar, o‘quv jarayoni o‘quvchilarning mustaqil va erkin fikrlashiga yo‘l qo‘ymas edi. Ta’limda barcha o‘quvchilarga bir xil munosabat “o‘rtamiyona” o‘quvchining ko‘payishiga olib kelib, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash imkoniyati yo‘q edi. Oliy ta’limni bitirib chiqqan mutaxassislar ham zamon talablariga javob bera olmas edilar. Shunga ko‘ra, mamlakat miqyosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga zaruriyat paydo bo‘ldi va 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda ta’lim ustuvor soha sifatida e’lon qilinadi. Qonunning asosiy maqsadi “Fuqarolarga ta’lim- tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan”,- deb ta’kidlanadi.2223 Qonunda, shuningdek, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari ham belgilab beriladi: Ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi; Ta’limning uzluksizligi va izchilligi; Umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishini tanlashning ixtiyoriyligi; Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirishdan iboratligi belgilab qo‘yiladi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda ta’lim tizimida o‘zgarishlar bo‘lib, uning turlari maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb hunar ta’lim, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim sifatida tuziladi. Bu esa o‘z navbatida tayanch umumta’lim bosqichini tugatgan o‘quvchi ikki turdagi uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’limni majburiy-ixtiyoriy davom ettirishga imkon yaratadi. Bular o‘rta maxsus (akademik litseylar) hamda kasb-hunar o‘quv yurtlari bo‘lib, ularning birinchisida o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimini oshirish va muayyan oliy o‘quv yurtiga kirish uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan fanlarni mukammal o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingisi – o‘rta-maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari (kollejlar)da o‘quvchilar o‘zlari tanlagan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilim oladilar va kasb- hunar o‘rganadilar hamda kamida 2-3 ta zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘ladilar.24 Shuning bilan birga “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunni amalga oshirishning murakkab tomonlari hisobga olinib, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Chunki 12 yillik umumiy va o‘rta maxsus ta’limga o‘tish murakkab jarayon bo‘lib, bu davlat tomonidan kafolatlanadi. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar ijtimoiy himoya qilinishi zarur edi. Shuningdek, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, bilim yurtlarini o‘sha hududlarning o‘zida tashkil etish va eng muhimi, zamonaviy o‘quv yurtlariga mos zamonaviy bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlash va o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmunini belgilash hamda ularni maxsus dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar bilan ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Ana shu zaruriyatdan kelib chiqqan holda, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinadi.25 Dasturni qabul qilishdan asosiy maqsad “Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir”, - deb ta’kidlanadi. Bu muhim maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur edi: kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv - ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash. ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatdagi yangilanish va demokratik, huquqiy davlat qurilishi jarayoniga moslash; kadrlar tayyorlash muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va pedagogik faoliyati nufuzini oshirish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda isloh qilish; yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish; ta’lim, kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatida baho berishning xolis tizimini joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va boshqalardan iborat qilib qo‘yiladi. Yuqorida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi. Agar, birinchi bosqichda (1997-2001 yillari) hozirgi zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, ta’lim standartlarini yaratish va ular asosida yangi o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, uzluksiz ta’lim tizimiga asos bo‘ladigan ishlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa (2001-2005 yillar) barcha ta’lim tizimidagi muassasalarda o‘quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilmagan ta’limga o‘tish hamda ularni maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalarining moddiy - texnika va axborot bazasini mustahkamlash o‘quv jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari hamda ilg‘or pedagogik mahoratlar bilan ta’minlash tizimini axborotlashtirish nazarda tutilgan. Uchinchi bosqichida esa (2005 yil va undan keyin) to‘plangan tajribalar umumlashtirilib jamiyat taraqqiyoti va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Yuqorida qayd etilgan vazifalar ta’lim-tarbiya sohasida ayniqsa dolzarblik kasb etadi. Zero, har bir inson ongini dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirmasdan turib yangilanayotgan jamiyat fuqarosini - har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash milliy modeli”da “Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy – ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi, - deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Republikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi. 26 “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunining yangi tahririda ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar etib quyidagilardan iborat: ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. Ta’lim olish shakllari Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. Masofaviy ta’lim: Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.27 Dual ta’lim: Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish: Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi. Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.28 Inklyuziv ta’lim Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari: Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.29 Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega: -o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; -o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish; -zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish; -kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish; -o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish; -davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; -ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish; -ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; -kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish; -o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish; -o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish; -davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun); -ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish. -Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. -Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish ta’qiqlanadi.30 Download 440.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling