Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o‘rni
Download 440.72 Kb.
|
MDI 2023 M.M.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o‘rni
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. Buyuk yunon olimi Aristotelning «Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi», degan so‘zlari bor. Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bir o‘ylab ko‘raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va ta’limga qaratilgan ulkan e’tibor tufayli emasmi? Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, kuni kecha tasdiqlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga mualliflik dasturi va o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi. Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, “Uchinchi Renessans”ning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi. Men yuqorida Aristotelning fikrlarini bejiz eslamadim. Hammangizga yaxshi ma’lum, antik davrda Yunonistonda yongan ilm mash’alasi to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi. «Islom madaniyatining oltin asri» deb e’tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar butun musulmon olamining faxr-iftixori va cheksiz g‘ururi hisoblanadi. O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi. Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.31 Bir o‘ylab ko‘raylik, ajdodlarimiz bunday yuksak cho‘qqilarga qanday erishganlar? Ular, eng avvalo, jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini bashariyat yaratgan ilm-fan yutuqlarini chuqur o‘rganish va boyitishga bag‘ishlaganlar. Tan olish kerakki, biz ana shunday bebaho merosga ko‘pincha faqat tarixiy yodgorlikka qaraganday munosabatda bo‘lib kelmoqdamiz. Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tadbiq etishda beparvolik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros kamdan-kam xalqlarga nasib etgan. Birgina Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir qo‘lyozmalarga dunyo ahli havas qiladi. Biz bu haqiqatni har tomonlama teran anglashimiz zarur. Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli ulamolarimiz bu ma’naviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur. Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Musulmonlar idorasi, Xalqaro Islom Akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish, shuningdek, uni o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qo‘llash chora-tadbirlarini ko‘rsin. Yana bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman: ming afsuski, o‘n oltinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyo zaminida ichki urush va nizolar, hokimiyat uchun kurash avj oldi. Ayirmachilik va mahalliychilik kuchaydi, ma’rifat o‘rniga jaholat ildiz otdi. Natijada bir paytlar gullab-yashnagan o‘lkamizda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi. Ilm-fan va tafakkur mash’ali so‘na boshladi. Yurtimizning o‘n to‘qqizinchi asrga kelib qaramlikka tushib qolishida ayni shunday salbiy holatlar asosiy sabab bo‘lgani hammamizga yaxshi ayon. Ko‘pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o‘ylayman: mamlakatimizda “Uchinchi Renessans”ni yigirmanchi asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoiy va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar. Ular « ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas » degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar. Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa yana yuzlab ulug‘ insonlar milliy uyg‘onish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turdilar. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirishga qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etdilar.32 Ming afsuski, jadid bobolarimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo‘l bermadi. Ma’rifat fidoyilari o‘sha davrning turli johil kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. Avval chor hukumati, keyinchalik sovet hukumati ularni ayovsiz quvg‘in va qatag‘on qildi. Shu tariqa milliy uyg‘onish va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon bo‘lib qoldi. Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-ma’rifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun bugun ham beqiyos ahamiyatga ega. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotining har bir davrida davlat va jamiyat o‘zining bosh g‘oyasidan kelib chiqib, ma’lum maqsadni belgilaydi va ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ta’lim tizimi oldiga muayyan vazifalarni qo‘yadi. O‘zbek xalqining tarixiy rivojlanish bosqichiga nazar tashlasak, yosh avlodni ilmli, bilimli, ma’rifatli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratib kelinganligiga guvoh bo‘lamiz. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim sohasini tubdan isloh qilishni takomillashtirish natijasida ta’limga yangicha munosabat va yondashuvlar qaror topib bormoqda. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktabi o‘quvchilari va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilab o‘tilgan: mamlakat taraqqiyoti uchun tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarni tayyorlash; ta’lim tashkiloti bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish; dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish; ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish; ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish va shu kabilar.33 O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishi Pedagogika fani oldiga shaxsni rivojlantirishga yangicha yondashuv, ta’lim, shaxs takomili sohasidagi ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlariga “Pedagogik hamkorlik” konsepsiyasi asosida munosabatda bo‘lishining zamonaviy yo‘nalishlarini belgilovchi ilmiy pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirish vazifalarini qo‘ymoqda. Yangi davr pedagogikasining maqsadi shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini nazariy, metodik, amaliy jihatdan ishlab chiqish orqali komil inson modelini yaratishdan iborat. Ushbu model yangi O‘zbekistonni rivojlanish sur’ati, jamiyatning zamonaviy ehtiyojlariga mos shaxsni shakllantirishga qaratilishi nazarda tutilgan. Buning uchun pedagogik tadqiqot metodologiyasi va metodikasini takomillashtirish, uning samaradorligini, insonshunoslik fanlari bilan hamkorligini oshirish, shaxsni bir butunlikda yaxlit o‘rganish va uni shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish talab etadi. Bu esa pedagogik fikrlarning quyidagi yo‘nalishlarini dolzarblashtirishni taqozo etadi: Download 440.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling