Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari


Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili


Download 440.72 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi440.72 Kb.
#1593544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
MDI 2023 M.M.

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili: Ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar taraqqiyotida jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, ahloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiyaga doir fikrlar rivojlanishida hozirgi davrning eng ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish yo‘llariga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi davrda ta’limga ustuvor soha sifatida qaralar ekan, uni pedagogik fikrlar rivojlanishi va taraqqiyotisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bir qator filosof olimlar I.Mo‘minov5, J.Tulenov6, M.Xayrullayev7, Sh.Shermuhammedov, E.Yusupovlar ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi-barkamol shaxs tarbiyasi masalalari haqidagi fikrlarini bayon etgan bo‘lsalar, psixolog olimlar M.Davletshin8, E.G‘oziyev9, B.H.Qodirov, V.Karimova, G‘.B.Shoumarov va boshqalar insonni kamolotga yetkazishda uning tabiatini , ijtimoiy hayotga munosabatini , o‘z-o‘zini anglash, shaxs qobiliyatini shakllantirishda yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish muammolariga yechim topib berganlar.
Mustaqillik sharofati bilan milliy pedagogikamiz nazariyasi va tarixini atroflicha o‘rganish pedagog olimlar S.Nishonova, K.Hoshimov, O.Hasanboyeva, A.Zunnunov, R.Mavlonova, H.Hamidov, U.Nishonaliyevlar tomonidan mustaqillik yillari davriga oid darsliklar, dasturlar, qo‘llanmalar yaratilgan.
Shuningdek, R.Jo‘rayev, O.Musurmonova10, O‘.Aleyov, J.Yo‘ldoshev, M.Quronov, S.Nishonova, Safo Ochilov, M.Inomova, E.Seytxalimov, R.Safarova, H.Ibragimov, B.Adizov, F.Yuzlikayev, N.Saidahmedov, U.Tolipov, A.Choriyev, R.Axliddinov, S.Turg‘unov, N.Egamberdiyeva, O.Jamolliddinova, B.Xodjayev, B.Abdullayeva, N.Erkabayeva11, M.Haydarovlar tomonidan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida muhim pedagogik muammolar yechimiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahriri, Pedagogik ta’lim Konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari hamda shu asosida yaratilgan “Milliy yuksalishdan milliy taraqqiyot sari” risolasi, Sharq va G‘arb falsafiy tafakkurida barkamol shaxs tarbiyasi va bilimga oid ta’limotlar, yangi davrda shakllangan ilg‘or pedagogik fikrlar va Respublika hukumati va vazirliklarning ta’limga oid me’yoriy hujjatlari12.

Download 440.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling