Yangi davr pedagogik konsepsiyasining xususiyatlari va istiqbollari
I. Pedagogika fanining metodologik g‘oyalarini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirish
Download 440.72 Kb.
|
MDI 2023 M.M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Yangicha ta’limiy qarashlarni rivojlantirish.
- III. Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi
I. Pedagogika fanining metodologik g‘oyalarini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirish.
1. Eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo‘lgan pedagogika tarixini, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr mezonida tahlil qilish, undan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini takomillashtirish. 2. Yangi davrning ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalarning pedagogik qarashlarda o‘z ifodasini topishiga erishish. II. Yangicha ta’limiy qarashlarni rivojlantirish. 1. Ta’lim va tarbiyaga shaxsning ijtimoiy va kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlovchi asosiy qadriyat sifatida qarash. 2. Shaxsiy erkinlik, burch, majburiyat kabi qadriyatlarni har bir insonning o‘zi va yashayotgan jamiyatdagi odamlar tomonidan tan olinishi, ya’ni har bir inson uchun qadriyatga aylanishi. 3. Ta’lim-tarbiyaga aksiologik yondashuv asosida qadriyatli ong, munosabat xulq-atvorini shakllantirish. III. Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi. Bugungi kunda pedagogika fani O‘zbekistonda shaxs manfaati va ta’lim-tarbiya ustuvorligini e’tirof etgan holda barkamol shaxsni tarbiyalash qonuniyatlari, yoshlarni global ijtimoiy hayotga moslashtirishning, ularni jahon miqyosida sodir bo‘layotgan shiddatli o‘zgarishlar jarayonida to‘g‘ri va aniq mo‘ljal olishning shakllari va metodlari, mazmun va prinsiplarini bir butun yaxlit holda o‘rganishni talab etadi. Bugungi kunda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” ni qabul qilinishi tom ma’noda jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini hal etishni ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqardi. “...aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish” kabi vazifalarni amalga oshirish orqali yoshlarda yoshiga mos ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosini qo‘ydi. Bugun O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanish bo‘lishlari, tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishning nazariy, amaliy, uslubiy asoslarini bilishlari talab etilmoqda.34 Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, yoshlarda tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari, mahallarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi. Chunki, bugungi kunda Vatanga sadoqat, burch, ma’suliyat, vijdon kabi ahloqiy qarashlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketib, ularning hulq-atvorida odatga aylanib bormayotganligi natijasida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tushuncha tasavvurlari bilan amallari o‘rtasida tafovutni keltirib chiqarib, yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlarning o‘z xulq-atvorlarini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyatga tayyorlash hamda fikriy jarayonlarni tashqi va ichki ta’sirlar birligi asosida boshqarish orqali ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirib borish zarur. Yoshlarning ma’naviy-ahloqiy qiyofasini shakllantirishda aniq metodologik yoshdashuv va nazariyalarga asoslanish, tarixiy-falsafiy, milliy, pedagogik-psixologik omillarning yaxlitligi va birligini inobatga olish zarur. Zero, “tarbiya-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon” dir. Download 440.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling