Янги информацион технология


Axborot texnologiyalari – zamon talabi


Download 265 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1548996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Янги информацион технология

Axborot texnologiyalari – zamon talabi


Prezidentimizning 2005 yil 8 iyulda qabul qilingan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimiz idora va muassasalarida axborot almashinuvining, ish yuritishning elektron shakllari qo‘llanilmoqda.
Mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan huquqiy baza shakllantirilib, bugungi kun talablari asosida takomillashtirilmoqda. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ish yuritishning tezkor, iqtisodiy tejamli usuli tobora ommalashib borayotir.
Jizzax davlat pedagogika institutida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi hamda “UzINFOCOM” markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalliy hokimliklar, idora va tashkilotlar rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, idoralararo axborot almashinuvining zamonaviy usullari, qog‘oz sarfini kamaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Jizzax viloyatidagi qator idoralarda elektron hujjat aylanishini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Viloyat hokimligining boshqarma va bo‘limlaridagi kompyuterlar o‘zaro ichki hamda korporativ tarmoq orqali shahar va tuman hokimliklari bilan ulangan. Shuningdek, davlat soliq, statistika boshqarmalari tizimlarida ham axborot yoki hujjat almashishda ularning elektron shaklidan keng foydalanilayotir.
Viloyatda qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida maxsus ishchi guruhlari tashkil etilgan. Ushbu guruhlar davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini qayta ishlash korxonalariga topshirish ishlarini nazorat qilib, monitoring olib borayotir. Bu tadbirlar samarasida qog‘oz va telefon so‘zlashuvlari xarajatlari sezilarli darajada kamaymoqda.
– Ammo ana shu qulay usuldan barcha korxona, tashkilot va muassasalar ham samarali foydalanayotgani yo‘q, – deydi Jizzax viloyati hokimligi kompyuterlashtirish markazi direktori Tolibjon Ergashev. – Shuning uchun viloyat hokimligi joriy yil oxirigacha hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarning yarmida elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqdi. Kelgusi yil esa viloyatdagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar shu tizimda ishlashga o‘tishi mo‘ljallanmoqda.
Bu esa har bir xodimdan kompyuter bo‘yicha savodxonlikni, axborot- kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Shu maqsadda qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida, kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Seminarda ishtirokchilar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini bildirdilar. Qatnashchilarga elektron imzo infratizimini rivojlantirish, himoyalangan elektron pochta, elektron hujjat almashish, internetdan foydalanish samaradorligini oshirish, qog‘oz tejamkorligiga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling